«tuproqshunoslik»


Kungaboqar Xalq xo‘jaligidagi axamiyati



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə15/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

Kungaboqar
Xalq xo‘jaligidagi axamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy xosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson xazm bo‘ladi. YOg‘i oziq-ovqat sanoatining xamma soxalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo‘llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan xayvonlar uchun oziq tayyorlanadi. Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo xisoblanadi. Poyasi yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi. Undan sovun pishirishda, shisha sanoatida va boshqa soxalarda ishlatiladigan potash olinadi. Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o‘tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar urug‘ini tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo‘ladi. Moyidagi 62% gacha biologik aktiv lipoya kislotasi, A, D, E, K vitaminlari uning sifatini oshiradi.
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin xisoblanadi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy rayonlaridir. Evropaga ispanlar XVI asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada krepostnoy dexqon Bokorev D.S yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965 yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan, urug‘ini Rossiyadan olib borishgan.
Dunyoda 9,4 mln.ga erga ekiladi. Xosildorligi 14 sga teng ilg‘or xo‘jaliklar 29 s dan xosil etishtirishgan.
Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl). Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ kungaboqarga.
Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak massa bilan to‘lgan bo‘ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 0,6-2 mm ni tashkil etadi. Silosli sortlari 2,5-4,5 m bo‘ladi. Bargi yuraksimon-oval shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan. Barglar soni xar xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35 ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat. Savatchaning diametri xar xil (10-20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta savatchaning gullashi 7-10 kun davom etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o‘simlik. CHanglanishi asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari uyalari olib kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin