Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi.
O‘simlikshunoslik fani umumkasbiy fan hisoblanib, to‘rtinchi semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan botanika, qishloq xo‘jalik ekinlari ekologiyasi, umumiy dexqonchilik, tuproqshunoslik, matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Respublikamiz iqtisodiy tarmog‘i asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. Bu sohada bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlariga tayanamiz. SHunday ekan qishloq xo‘jalik ekinlari: paxta, arpa, bug‘doy, makkajo‘xori, sholi, kartoshka kabi ekinlardan olinadigan mahsulotlar hamda xom-ashyolar ishlab chiqarish bo‘g‘inining asosiy qismini tashkil etadi. Bu ekinlarning umumiy xususiyatlari va etishtirish texnologiyalarini bilish zarur masala hisoblanadi. SHuning uchun ham ushbu fan umumkasbiy fan hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
O‘QUV VA MATERIALLAR
O‘simlikshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Madaniy o‘simliklar va ularning kelib chiqishi. O‘simlikshunoslik fanining rivojlanish tariхi. Madaniy o‘simliklarning tasnifi. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari. O‘simlikshunoslik fanining botanika, dehqonchilik, tuproqshunoslik, agrokimyo, urug‘chilik, seleksiya вa boshqa fanlari bilan bog‘liqligi. O‘simlikshunoslik fanining tadqiqot usullari. Dala tajribalari, vegetatsion tajribalar va laboratoriya tajribalari.
Donli ekinlar
Donli ekinlar-qishloq ho‘jaligining asosidir. Donli ekinlarning umumiy tavsifi. Donli ekinlarning guruhlanishi. Donining kimyoviy tarkibi. Dunyo va mamlakatimiz dehqonchiligidagi ekiladigan asosiy don ekinlari (ekin maydonlari va hosildorligi). Donli ekinlarning umumiy tavsifi. Donli ekinlarning o‘sishi va rivojlanish fazalari. Donli ekinlarning formalari Kuzgi va bahorgi don ekinlarining ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: |