Tarbiyaviy ishlar: - o`quv –tarbiya muassasasida tarbiyaviy ishni rejalashtirish bilan tanishish va uni tashkil etishning uslubiy asoslarini egallash;
- o`quv- tarbiya muassasasidagi ijodiy faoliyati tizimini o`rganish;
- o`quv –tarbiya muassasalarini guruh rahbari tarbiyaviy ish rejasi, oliy o`quv yurtidagi guruh, kafedralar (ijtimoiy va maxsus fanlar kafedralari) va fakultativ rahbarlari ishi bilan tanishish;
- tarbiyaviy ishlarni o`quvchilarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil olib borish malakasini shakllantirish;
- psixologik- pedagogik uslublar yordamida o`quvchilarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish, psixologik-pedagogik tavsifnomalar tuzish;
- o`z munosabatlarini o`quvchilar , ularning ota-onalari va xamkasblar bilan to`g’ri o`rnak olish malakalarini shakllantirish
Tanishuv amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish Malakaviy amaliyotni fakultet dekani, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi boshchiligida tashkil qiladilar.
Fakultetlar amaliyot rahbarlari malakaviy amaliyot oldidan maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari bilan birgalikda, muqaddima anjumani o‘tkazadilar. Unda talabalarga o‘quv amaliyoti vazifalari, tartibi va mazmuni tushuntiriladi. Talabalar malakaviy amaliyoti oldidan gurux rahbari boshchiligida amaliyot davrida bajaradigan ishlarining rejalarini tuzib oladilar. Malakaviy amaliet yakuniy anjuman bilan tugaydi va unda amaliyot yakunlari chiqariladi.
Talaba - amaliyotchilarining huquq va burchlari. Talaba – amaliyotchi amaliyot dasturida belgilangan barcha turdagi ishlarni o‘z vaqtida bajarilishi, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni talabalarning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyalarini mushtarak tarzda olib borishi lozim.
Talaba amaliyot davrida o‘ziga ijobiy-ma‘naviy va axloqiy sifatlarni mujassamlovchi yosh mutaxassis, ishga va tarbiyalanuvchilarga, kasbga chuqur muhabbat bilan qaraydigan inson sifatida ko‘rsatishi; o‘quv–tarbiya tashkiloti jamoasi ishlarida faol ishtirok etishi lozim.
Talaba – amaliyotchilar amaliyot davrida vujudga keladigan barcha masalalar bo‘yicha universitet, fakultet, amaliyot rahbariga, o‘quv–tarbiya tashkiloti ma‘muriyatiga va o‘qituvchilariga murojaat qilishlari, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, amaliyotni tashkil etishga oid takliflar kiritishlari, anjuman va majlislarda qatnashishlari, muassasadagi kutubxona, kabinetlardagi o‘quv-metodik adabiyotlardan foydalanishlari mumkin.
Har bir talaba amaliyot davrida “Kundalik-hisobot” daftari yuritadi va unda kundalik kuzatishlarini, o‘quvchilar bilan olib borilgan o‘quv–tarbiyaviy ishlar tahlilini qayd etib boradi. Amaliyotchi o‘z faoliyatini o‘quv-tarbiya tashkiloti nizomidagi talablarga asosan tashkil etadi, ichki tartib-qoidalarga rioya qiladi, ma’muriyat farmoyishlarini va amaliyot rahbarlari ko‘rsatmalarini bajaradi. Amaliyotchi talaba dastur talablarini bajarmagan hollarda mazkur semestr o‘quv rejasini bajarmagan hisoblanadi hamda fakultet ilmiy kengashining qarori bilan unga universitetdagi darslardan ajralmagan holda pedagogik amaliyotni bajarish majburiyati yuklatiladi.
Malakaviy amaliyot davrida mazkur o‘quv-tarbiya tashkilotida amaliyotni o‘tayotgan talabalardan biri gurux tashkilotchisi etib tayinlanib, unga talabalarning davomatini hisobga olish, ishni umumiy tashkil etish, talabalarni umumiy maslahatlar, seminarlar rejasidan xabardor qilish, amaliyot rahbari tomonidan berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish vazifasi yuklatiladi.