Malakaviy amaliyotining tashkiliy jihatlari. Malakaviy amaliyoti davrida talaba bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlanadi. malakaviy amaliyot shartnomalarga asosan 1-kursda umumta’lim maktablarida o’tkaziladi. Buning uchun ikki hamkor tashkilotlar o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Malakaviy amaliyot davrida “Ustoz-shogird” munosabatlariga amal qilinadi.
Talaba amaliyot jarayonida o‘z faoliyatini tahlil qiladi. Amaliyotga oid hujjatlarni (ilova qilinadi) tayyorlaydi va yakuniy anjumanda ishtirok etadi. Talabaning pedagogik amaliyot davrida ishtirok etishi, bajarishi va tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlari:
ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlash;
amaliyotga doir barcha hujjatlarni yuritib borish va yig’ish;
yakuniy anjuman ishida ishtirok etish.
Tanishuv amaliyot mazmuni va bajariladigan ishlar. O‘quv ishlari: - Ta`lim muassasasidagi o`quv –tarbiyaviy ishlar tizimini o`rganish;
- ta`lim va tarbiyani birligi tamoyilini amalda qo`llashga o`rganish;
- darsni ta`limiy rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi jarayon sifatida shakllantirish va o`quv materiali mazmunidagi asosiy tushunchalarni ajrata olishni o`rganish;
- fanlar bo`yicha darsdan tashqari ishlar tizimi orqali kasbiy-pedagogik malakalarni egallash;
- o`quvchilarga yakka holda yondashish ko`nikma va malakasini singdirishni amalga oshirishi; o`zlashtirishi zaif, kuchli iqtidorli va xulqi har xil o`quvchilar bilan ishlashning yo`l va usullarini o`rganish;
- darslar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar, fakultativ mashg’ulotlar, o`quv sayohatlari va boshqalarni o`tkazish usuli va texnologiyasini egallash;
- o`quv ishlarini o`quvchilarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil olib borish malakasini hosil qilish;
- kasbiy-pedagogik faoliyatga ijodiy yondashishni shakllantirish;
- muayyan ilmiy-uslubiy muammolari bo`yicha predmet o`qituvchilarining va o`quv-tarbiya muassasasining ilg’or pedagogik tajribalarini o`rganish;
- darslarni ilmiy-pedagogik, uslubiy jihatdan tahlil qilishni o`rganish.