Turan international university


Talabalarning tanishuv amaliyot jarayonida bajargan



Yüklə 103 Kb.
səhifə8/13
tarix17.10.2023
ölçüsü103 Kb.
#156439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-KURS KUNDUZGI DASTUR BT MT

Talabalarning tanishuv amaliyot jarayonida bajargan
ishlarini hisobga olish.
Malakaviy amaliyot davrida talabalar olib borgan o‘quv-tarbiyaviy ishlari, kuzatishlari bo‘yicha kundalik daftar yuritadilar. Unda amaliyot dasturi bo‘yicha olingan topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar, o‘quv-pedagogik tavsifnomaga taalluqli ma‘lumotlar ifodalanadi. Amaliyot yakunida hisobotlar tayyorlashda talabalar daftardan foydalanadilar. Malakaviy amaliyot yakunida talabalar guruh rahbariga belgilangan tartibdagi hujjatlarni topshiradilar:

  1. Kafedraning amaliyot yakuni bo‘yicha yig‘ilish qarori.

  2. Pedagogik amaliyot Nizomi.

  3. Kundalik.

  4. Mashg‘ulot-ishlanma ( ko‘rgazmasi bilan)

  5. Pedagogik jarayonlarni kuzatish va tahlil qilish daftari.

  6. Pedagogik kengash qaroridan ko‘chirma.

  7. Hisobot.

  8. Albom

Amaliyot rahbari maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasining o‘qituvchilaridan iborat komissiya taqdim etilgan hujjatlar va tavsifnomaga asosan talaba bajargan ishlarga baho qo‘yadi. Talabalarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga asosan baholanadi. Pedagogik amaliyotining yakuniga bag‘ishlab makatabgacha ta’lim tashkilotida yig‘ilish, institutda esa yakuniy konferentsiya o‘tkaziladi.

Tanishuv amaliyotning kalendar-tematik rejasi







Bajariladigan ishlarning mazmuni

Soatlar

1.

O’quv amaliyotini o’tkazishga oid o’quv amaliyoti oldi konfrensiya o’tkazish va o’quv amaliyoti mazmuni bilan tanishtirish

6

2.

Tayanch umumiy o’rta ta’lim maktabini sharoiti bilan tanishish maktab direktori va ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari,biriktirilgan sinf rahbari bilan tanishish,suxbatlashish

6

3.

Biriktirilgan sinf rahbari faoliyatini kuzatish va ish xujjatlarini o’rganish

6

4.

Biriktirilgan sinf rahbari dars jadvali asosida o’tilgan darslarini kuzatish

6

5.

Dars jadvali asosida o’tilgan darslarini kuzatish, o’rganish va solishtirish va tahlil etish

6

6.

Biriktirilgan sinf rahbari bilan hamkorlikda ma’naviy tadbirlarni o’tkazish

6

7.

Biriktirilgan sinf rahbari jadval asosida o’tilgan to’garaklarini kuzatish

6

8.

Texnika xavfsizlik qoidalari va malakaviy amaliyotni o‘tkazish qoidalari bilan talabalarni tanishtirish.

6

9.

Tanishuv amaliyot ish rejasi bilan tanishish

6

10

Fan o’qituvchilarning dars jarayonlarini kuzatish.



6

11

Darslarni qurilishini kuzatish va o’rganish

6

12

Ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini kuzatish

6

13

Biriktirilgan sinf rahbari bilan turli kechalar uyushtirish

6

14

Biriktirilgan sinf rahbari hamkorligida dars mashg’ulotlarini tashkillashtirishga ko’rgazmalar yasash

6

15

O’quv amaliyotini yakuni bo’yicha konfrensiya o’tkazish va o’quv amaliyoti yuzasidan xujjatlar taqdim etish

6





Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin