II. BoB 1.O’simliklarni klonal ko’paytirishning ahamiyati va uning bosqichlari va uslublari In vitro hujayra texnologiyalarini qo’llash o’simliklarning tirik kolleksiyalarini yaratish, saqlash va kengaytirishga yordam berib, kamyob va yo’qolish arafasidagi o’simliklar genofondini muhofaza qilishga imkon yaratadi. (6) Fransiyada gulli o’simliklarning 94 foizi to’qima kulturasi usulida yetishtiriladi. AQShda 100dan ortiq tijorat korxonasi manzarali, dorivor, oziq-ovqat, sabzavot, mevali va boshqa o’simliklarni klonal ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Magarachda (Rossiya) bir kurtakli tok qalamchasidan 4 oy mobaynida 8000 o’simlikni mikroklonal ko’paytirib olish usuli ishlab chiqilgan. 40 oilaga mansub 200dan ortiq daraxt turlari mikroklonal ko’paytiriladi. O’simliklarni klonal ko’paytirishning afzalliklari:
1.Ko’paytirishning yuqori ko’rsatkichi
2.O’simliklarni sog’lomlashtirish (virus va patogen mikroorganizmlardan tozalash)
3.Seleksion jarayonlarni tezlatish
4.Qiyin va umuman vegetativ ko’paymaydigan o’simliklarni ko’paytirish
5.Qari individdan yosh o’simliklarni olish
6.O’simliklarni yil mobaynida ko’paytirish mumkin.
1-rasm
1.Yangi istiqbolli o’simliklarni tezda ko’paytirish
2.Geterozis gibrid o’simliklarni olish
3.Virus va patogenlardan holi bo’lgan o’simlik ko’chatlarini olish
4.Kamyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlarini saqlab qolish
5.Vegetativ usulda ko’paytirish qiyin, juda sekin jinsiy ko’payadigan o’simliklarni ko’partirish
6.Suniy urug’lar olish
7.Genofondni saqlash (kriokonservatsiya)
O’simliklarni mikroklonal mikroko’paytirish jarayonini 4ta bosqichga bo’lish mumkin:
1- donor o’simlik tanlash, epsplantlarni ajratish va yaxshi o’suvchi steril kultura olish;
2-maksimal miqdorda meriklonga erishilgandan so’ng xususiy mikroko’paytirish;
3-ko’paytirilgan novdada ildiz hosil qilish, ularni tuproq sharoitida o’sishiga ko’nikma hosil qilish;
4-o’simliklarni issiqxona gaaroptida o’strish va ularni dalaga ekishga tayyorlash.
Klonal mikroko’paytirishning bir qancha usullari mavjud. Adabiyotlarda berilgan uslublardan kelib chiqљan holda quyidagi yo’llar bilan bu jarayonni amalga oshirish mumkin. O’simlikda mavjud bo’lgan meristemani faollashtirish; eksplant to’qimalarida adventiv kurtaklarning paydo bo’lish induksiyasi; somatik embriogenez induksiyasi; birlamchi va qayta ekiluvchi kallus to’qimasi adventiv kurtaklarning differensiatsiyasi. O’simliklarni klonal mikroko’paytirishda o’simlikda mavjud bo’lgan meristemalarni faollash uslubi keng qo’llaniladi. Bu ikkita yo’l bilan amalga oshiriladi: a) poyaning yuqori meristemasini olib tashlash va In vitro garmonsiz muhitda novdalarni mikroqalamchalash
6) bachki novdalarni rivojlantirishni indutsirlash uchun ozuqa muhitga sitokinin kabi ta'sirli moddalarni qo’shish. Sitokinin sifatida 6-benzilaminopurin (BAP) yoki 6-furfuril-aminopurin, (kinetan) shuningdek 2-izopenteniladenin (2 ip) va zeatindan foydalaniladi. Shunday tarzda olingan novdalar onalik eksplantlardan ajrati la di va bachki meristemalardan novdalarning ko’proq hosil bo’lishi uchun yana yangi tayyorlangan muhitda o’stiriladi. Hozirgi vaqtda bu uslubdan foydalanib, qishloq xo’jaligi o’simlikmari, texnik o’simliklar, sabzavot-mevalar, tropik va subtropik o’slmlpklar, dekorativ o’simliklarning virussiz ekish materiallari olish ishlari yo’lga qo’yilgan. Ba'zi qishloq xo’jalik o’simliklari masalan kartoshka uchun klonal mikroko’paytirish texnologiyasi ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi. O’simlikda mavjud bo’lgan meristemaning aktivatsiyasi usuli kartoshkaning bitta meristemasidan yuz mingdan ko’proљ o’simlik olish imkonini beradi. Texnologiya asosida probirkalarda xo’jalik ahamiyatiga molik qimmatli uruђlik materiallar - mikrotuganaklar yaratilmoqda.