O‘zbekcha
Mo‘g‘ulcha
Bo‘lak, yarim, jar, to‘y
Bo‘lak, djarim/zarim, djar/ zar, toy
Shuningdek, mo‘g‘ul tilidan ham turkiy tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham bir
qancha so‘zlar o‘tgan:
Mo‘g‘ulcha
O‘zbekcha
Aymag, g‘urun, guna megeje, gun j/in
xoroo/n
Aymoq,
gurung,
gunon,
megajin,
g‘unojin, ko‘ra
O‘z navbatida o‘zbek va tungus-manjur tillarida ham leksik parallellar uchraydi.
O‘zbekcha
Tungus-manjurcha
Chechan, elchi, tanglay, sog‘moq, tuz,
cho‘g‘, so‘ra o‘tov, qopoq, kir, taxta
orqa, qirov
Chechen, elchin, tanalay, sag‘a, to‘s,
chau, sura atau, kapkak, kiri, takto,
arqon, kirou
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik tan olgan nazariya bu-
oltoy nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra oltoy tillari o‘zaro genetik qarindosh deb
ko‘rsatiladi hamda shu asosda altanstika fani vujudga keldi va rivojlandi.
Altanstika fani tillarni qiyosiy va qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganadi. Ushbu
metod asosida turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi fani shakllandi.
Ma’lumki, turkologiyaning markaziy muammolaridan biri turkiy tillar tarixini
shu xalq tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Bu muammoni hal etishi turkiy
tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi va lug‘atlarini yaratish uchun zamin
yaratadi. Shu bilan birga, turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti, ularning
o‘zaro bir-biriga ta’siri, munosabati masalasi ham turkologiyaning aosiy
muammosi hisoblanadi.
Turkiy tillarni tarixiy aspektda shrganishda yozma yodgorliklar
ma’lumotlariga tayanamiz.
Turkiy tillarni qiyosiy planda ilk bor tadqiq etgan olim M.Qashg‘ariydir
N.V.Baskakov Turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishning birinchi pioneri deb e’tirof
etadi.
1
M.Qashqariy o‘zining “DLT” asari orqali V
1
ana shu davrda yashagan
butun bir turkiy urug‘ kabilalar tilning xususiyatlarini batafsil yoritib bergan. Shu
bilan birga unda turkiy xalqlarning tarixi, geografiyasi, urf-odatlari, ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli, etnagrafiyasi, madaniyati, adabiyoti haqida ham qimmatli faktik
materiallar mavjud. Shuning uchun ham bu asra turkologiya tarixida alohida o‘rin
tutadi, va qomusiy asar sifatida hozirgi turkiy tillarni o‘rganish va qiyosiy-tarixiy
grammatikasini yaratishda eng muhim qimmatli manba hisoblanadi.
Prof A.Nurmonov tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning X
/
X
asarda paydo bo‘lganligini hamda uning asoschilari sifatida F.Bopp, Rasmus Rask
va Yakov Grimmlarning e’tirof etilganligini ta’kidlagani holda buning sababini
quydagicha izohlaydi: “Buning sababi shundaki, G‘arb olimlari M.Qashg‘ariyning
“Devoni” bilan XX asrning birinchi choragiga qadar tanish bo‘lmagan. Agar tanish
bo‘lganlarida edi, uning tilshunoslikdagi xizmatlari oldida tizcho‘kkan va qiyosiy-
tarixiy tilshunoslik, lingvogeografiya singari tilshunoslik yo‘nalishlarning otasi
sifatida M.Qashg‘ariyni e’tirof etgan bo‘lardilar.”
2
darhaqiqat, M.Qashg‘ariyning
tilshunoslik oldidagi xizmatlari beqiyosdir. U uzoq muddat davomida qishloqma-
qishloq, ovulma-ovul yurib turkiy tillarga xos xususiyatlarni o‘rgandi, aniqladi,
turkiy tillarni o‘zaro qiyoslab, o‘xshash hamda farqli jihatlarini belgiladi va tansif
etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. M.Qashg‘ariy bu asari orqali tilshunosligi tarixida
chog‘ishtrma-qiyosiy metodga asos soldi. Bugungi kunga qadar bu asar
turkologiya tarixida muhim manba sifatida o‘rganilib kelinmoqda.
Turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishda M.Zamaxshariyning “Muqaddimat-ul-
adab” asari ham qimmatli manba hisoblanadi. Asar arab tili va tilshunosligi tarixini
o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki asarda ko‘pgina arabcha
so‘zlarning forscha, mo‘g‘ulcha tarjimalari bilan birga turkiycha tarjimasi ham
berilgan.
Shuningdek, turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishda XIII-XV asrlarda yaratilgan
Abu Hayyonning “Kitob-ul-idrok li-lison at-atrok”, Abu Hayyon (qipchoq va
turkman tili qiyoslanadi) ibn Muhanna (o‘g‘uz tili boshqa turkiy tillarga
qiyoslanadi) Jamoliddin ibn Muxannaning “Xiliat-ul-inson va xolibat-ul-lison”,
Jamoliddin at-Turkiyning “Kitobu bulg‘ot al-mushtoq fon-l-lug‘oti at-turk va-l-
qifchoq” (qipchoq va turkman tillarini o‘rganuvchilar uchun), A.Navoiyning
“Muhakamat ul-lug‘atayn” (o‘zbek va for tili qiyoslanadi) asarlari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tillarning XVIII va XIX asrning birinchi yarmida qiyosiy planda
o‘rganilishida rus va yevropa olimlarining xizmatlar alohida o‘rin tutadi. Bu
sohada ilk bor Poetava jangida asrga tushgin Sibirga surgun qilinib, 12 yil Tobolsk
shahrida yetagan shved ofitseri T.I.Tabbert-Stralenberg “Evropa va Osiyoning
shimoliy va sharqiy qismlari” nomli asarida o‘zi o‘rgangan tillarni 6 ti guruhga
ajratadi va shu hududda yashovchi 32 xalqning tilida 60 ta so‘zni oladi va shu
tillarga tarnsima qiladi. Qiyoslash natijasida u ural-oltoy naxzariyasini yaratadi.
1
Н.ВБаскаков Тюрские языки. Москва 1960 ср.6.
2
А.Нурмонов –Ўзбек тилшунослиги тарихи Тошкент, “Ўзбекистон” 2002., 34-бет.
Yana bu sohada turkiy filologiyaning Qozon maktabi vakili A.Kazembekning
ilmiy faoliyati ham diqqatga sazovordir. U “Obщaya grammatika turetsko-
tatarskogo yazыka” nomli asarida turk tilini tatar azarbayjon, mo‘g‘ul tillari bilan
qiyoslaydi.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida
o‘rganish to‘la shakllandi. Bu sohada Peterburg turkologiya maktabi vakillari
Kastren M.X aslida fin-uguor tili mutaxassisi bo‘lgan. Lekin turkiy tillar bilan
shug‘ullangan. U ugar-fin, samodiy, turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manjur tillarini
qarindoshligi g‘oyasini ilgari surgan va qiyosiy o‘rganishni boshlab bergan.
O.N.Byotling asli sanskritolog bo‘lgan. Yoqut tilini o‘rgangan. U birgina
“Yoqut tili haqida” nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Bu asari orqali turkiy
tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganishning asosiy tamoyillarini bayon etgan.
Turkologiya fani taraqqiyotida o‘zining beqiyos xizmatlari bilan alohida
e’tibor qozongan turkolog olim V.V.Radlovdir. u o‘zining buyuk ilmiy faoliyati
bilan turkologiya faniga ulkan hissa qo‘shgan olim sifati e’tirof etiladi. Uning
“Shimoliy va turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi” nomli asarida yigirmadan
ortiq tillarni unli va undoshlar tizimini mukammal yoritdi hamda fonetik
hodisalarni tahlil qiladi. Unlilar tizimida singarmonizm hodisasiga alohida e’tibor
qaratgan. “Turkiy tillar lug‘atidan tajribalar” nomli asari 1893-1911 yillar
davomida 24 kitobga shaklida nashr etiladi.V.V.Radilovning ushbu asarlari turkiy
tillarni qiyosin-tarixiy metod asosida tadqiq etishning ilmiy asoslarini yaratib
berdi.
Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishida N.K.Katanov (Uryanxay tilini
o‘rganish tajribasidan. Qozon 1903), N.I.Ilminskiy (oltoy tili grammatikasi.
Qozon, 1969), P.M.Melkoranskiy (Qozoq-Qirg‘iz tilining qisqacha grammatikasi.
Peterburg, 1894-1897) A.S.Samoylovich “Krim-tatar grammatikasidan qisqacha
tajriba. Petrograd, 1916” kabi turkolog olimlarning xizmatlarini ham alohida
ta’kidlash lozim. Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy usulda o‘rganish ishida chet el
olimlaridan J.Deni, V.Bang, K.Brakelman, A.Emre, K.Gryonbek kabi olimlar ham
ishtrok etdilar. Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy usulda o‘rganishda A.K.Barovkov,
A.N.Kononov, E.V.Sevorten, V.M.Nasilov, B.A.Serebrennikov, N.A.Baskakov,
e.R.Tenshiev, A.M.Shcherbak, N.Z.Gadjieva, S.Ye. Malov kabi olimlarning
xizmatlari alohida tahsinga loyiq.
Keyingi yillarda turkiy tillar qiyosiy grammatikasiga bag‘ishlangan maxsus
asarlar maydonga keldi. Bunga N.A.Baskakovning “Turkiy tillar tarixiy-tipologik
marfalogiyasi (Moskva, 1979), A.Sh.Shcherbakning” “Turkiy tillarning qiyosiy
marfologiyasi ocherklari” (Lelingrad, 1977, 1981), B.A.Serebrennikov va
G.Z.Gadjievalarning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” (Moskva,
1986) kabi asarlarni keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, bu metod asosida turkiy qiyosiy-tarixiy tilshunoslik
shakllandi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik zaminida turkiy tillarning geneologik
tasnifi yaratildi.
Tillarni
qiyosiy-tarixiy
metod
asosida
o‘rganish
maxsuli
sifatida
tilshunoslikda geneologik tasnif vujudga keldi. Bu tasnifga ko‘ra, tillar bir umumiy
manbadan kelib chiqqanligi, o‘xshashligi, qarindoshligi jihatidan oilalarga
ajratiladi. Masalan, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tatar, azarbayjon, turk va
boshqa tillar birgalikda turkiy tillar oilasini tashkil etadi. Chunki ularning
geneologiyasi birdir.
Tillarning taraqqiyot tarixini o‘rganishdagi eng muhim masalaridan biri-
tasnifidir. N.V.Baskakovning aytishicha, tasnif ma’lum darajada tillar tarixini
davrlashtirish demakdir. Chunki, tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil
tamoyilga, ya’ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi.
Turkiy tillarni birinchi marta M.Kashg‘ariy tasnif etgan. Unadan so‘ng XIX
asr oxiri va XX asr boshlaridan turkiy tillarni tasnif qilishga qiziqish orti. Natijada
turkiy tillar tasnifi muammosi bilan I.N.Berezin, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich,
V.A.Bagoroditskiy,
V.V.RAdlo,
N.A.Baskakov,
N.F.Katanov,
V.Shatt,
G.Ramsted, G.Vamberi kabi olimlar shug‘ullandilar.
M.Kashg‘ariydan so‘ng ahmiyatli bo‘lgan tasnif 1820 yil Remyuza A.
Tomonidan amalga oshirilgan. U turkiy tillarni besh guruhga bo‘lib tasnif etadi; 1)
yoqut tili; 2) uyg‘ur tili (chig‘atoy, turkman tillari); 3) no‘g‘oy tili
(QrimAstraxan); 4) qirg‘iz tili; 5) turk tili (chuvashtilini kiritgan).
A. Myuller (1887) yoqut va chuvali tillaridan boshqa turkiy tillarni uch
guruhga bo‘ladi: 1) ishtimoiy turk tillari; 2) sharqiy turk tillari (qashqar, o‘zbek,
Buxoro, Xiva; Qrim-tatar Qozon tatarlari tili); 3) G‘arbiy turk tillari (Azarbayjon,
Eron turklari, usmonli turk va turkman tillari).
V.V.Radlov turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va qisman geografik
joylashuvidan kelib chiqib tasnif etgan. U turkiy tillarni to‘rt guruhga bo‘ladi.
1
1. Sharqiy turkiy tillar: oltoy, gulim tatarlari, karagas, xakas, shor, tuva tillari.
2. G‘arbiy turkiy tillar: qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari.
3. O‘rta Osiyo gruppasi: uyg‘ur va o‘zbek tillari.
4. Janubiy turkiy tillar: turkman, azarbayjon, turk, qrim-tatar tillari.
F.Ye.Korsh va A.N. Samoylovich hamda Bogorodskiy V.A. ham shu tarzda
tasnif etganlar S.Ye. Malov turkiy tillarni: eng qadimgi, qadimgi, yangi, eng yangi
turk tillariga ajratadi.
2
Turkiy tillarni ilk bor tasnif etgan olim M.Kashg‘ariy bo‘lsa, eng mukammal,
oxirgi tasnif N.V.Baskakovnikidir.
M.Qashg‘ariy turkiy tillarni tasniflashda ikkita tamoyilga asoslanadi.
1. Qabiloviy tillarning sofligiga ko‘ra;
2. Qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra.
Birinchi tamoyilga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: a) sof, to‘g‘ri til;
b) aralash til.
Sof, to‘g‘ri tilga fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan qabila tillarni
kiritadi (tuxsi, yag‘mo, irtish, Qolga daryolari bo‘yida yashovchi qabilalar tili).
O‘z navbatida aralash turkiy qabila tillarini ham ikki guruhga ajratadi: a)
sug‘d tili ta’sirida bo‘lgan qabilalar tili (sug‘dak, arg‘u, kanjak qabilalari); b) ikki
tilli bo‘lgan turklashgan xitoy-tibet xalqlari tili (xutonliklar, tibetliklar va tangutlar
tili).
1
И.Қўчқортоев, Б.Исабеков Туркий фонлологияга кириш. Тош. 1984. 108-109 бетлар.
2
Н.В.Баскаков. Тюрские языки Москва 1960, стр 93-94
M.Qashg‘ariy turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif
etishda tillarning geografik tarqalishi tamoyiligi asoslanadi. Bu jig‘atdan turkiy
tillarni ikki guruhga ajratadi.
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qorluq, uyg‘urlardan boshlab yuqori Chingacha
bo‘lgan qabilalar tili.
2. O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, tatar, yamak, suvorin va rusdan vizantiyagacha
joylashgan qabilalar tillari.
Shartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni g‘arbiy tillar
deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turk qabilalari tillari o‘zaro fonetik va
morfologik jihatdan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |