Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Mavzu:   TURKIY TILLARNING SINTAKTIK



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix21.03.2023
ölçüsü389,5 Kb.
#88952
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mavzu: 
 TURKIY TILLARNING SINTAKTIK 
QURILIShI (4 soat) 
 
R e j a : 
1. Turkiy tillarning sintaktik qurilishi 
2. Turkiy tillarda so`z birikmasi 
3. Turkiy tillarda gap strukturasi
 
Turkiy 
tillarda 
ham 
sintaksisning 
tekshirish 
ob'ekti 
sintaktik 
konstruktsiyalardir. Sintaktik konstruktsiyalar mazmuni va fikriy tugalligiga ko`ra 
ikki xil: 1) nomustaqil yoki ochik konstruktsiya: kanalning qazilishi, kitobning 
o`qilishi kabi. 2) mustaqil yoki yopiq konstruktsiya: kanal qazildi. Kitob o`qildi. 
Ochiq 
konstruktsiyalarda 
fikr 
tugallanmagan 

ochiq 
qolgan, 
yopiq 
konstruktsiyalarda esa fikr tugallangan bo`ladi. Sintaktik konstruktsiyalarining bu 
xususiyati ularni ikki aspekt so`z birikmasi sintaksisi va gap sintaksisi aspektida 
tekshirishni taqozo ztadi. Bu xil sintaktik konstruktsiyalarni farklashda ularni 
tashkil etgan komponentlarning mikdori emas, balki bu konstruktsiyalarning 
bajarayotgan funktsiyasi nazarda tutiladi. So`z birikmasi fikr ifodalamaydi, u 
nominativ funktsiya bajaradi. Gap esa fikr ifodalaydi - kommunikativ funktsiya 
bajaradi. So`z birikmasi nutq ob'ekti emas, u birmuncha passiv holatda bo`lib, gap 
arkibida uning materiali sifatida harakat qiladi. 
Turkiy tillarda so`z birikmasi. Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning 
grammatik-semantik munosabatidan tashkil topib, bir murakkab tushuncha 
anglatadigan nominativ xarakterdagi ochiq konstruktsiyalar so`z birikmasi 
sanaladi. 
Turkiy tillarda so`z birikmalarining ikki katta guruxi bor. Bulardan birinchisi 
ot so`z birikmalari bo`lib, uning komponentlari ot, sifat, son, olmosh kabi so`z 
turkumlaridan xosil bo`ladi. Masalan, ozarbayjon tilida mavi ko - moviy osmon, 
besh gmz, bu keche; tatar tilida ak at, krk avl - qirq ovul, ain atas; qozoq tilida kok 
orman, os k'z; oltoy tilida dash ulus - yosh avlod, tun-ikki kecha, onsh bichigi - 
uning xati; chuvash tilida chapl sho`v - ulkan daryo, ikkemesh uyx - ikkinchi oy, 
ku tel - bu joy kabi. 
Ikkinchisi esa fe'l so`z birikmasi bo`lib, uning komponentlari ravish, 
ravishdosh, sifatdosh va fe'llardan bo`ladi. Masalan, tatar tilida tugan il, tuvin tilida 
tutkan kiji - to`q odam, o`zbek tilida o`tgan yil, qorachoy-bolkar tilida bishchen yet 
- pishgan go`sht, shor tilida ushkan agash, yiqilgan daraxt, qoraqalpoq tilida tuvgan 
bala - tug`ilgan bola, qozoq tilida kelgen kese - kelgan kishi, no`g`oy tilida at'lgan 


oq - otilgan o`q, xakas tilida atxan ancho` - otgan ovchi kabi. 
Tobelanish asosidagi birikmaning turkiy tillarda ko`p tarqalgan formalaridan 
biri aniklovchi-aniklanmish munosabatidir. turkiy tillar aniklovchi-aniklanmish 
munosabatidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Aniklovchi qaratqich kelishigi 
formasidagi so`z bo`lganda aniq emish doim egalik affiksi bilan qo`llanadi: bizim 
kitobo`miz, tatar ilida ano`q atas, qoraqalpoq tilida menen atm, no`g`oy tilida onp 
soze, turkman tilida menin ishim, oltoy tilida onin bichigi - uning xati. 
Qaratqich kelishigi paydo bo`lgangacha bu xil birikmaning yoki tilidan kabi 
modeli (min at - mening otim) ko`llanilgandir (56:250). 
Turkiy tillarda sifatlovchi sifatlanmishga bitishuv usuli bilan tobelanadi: qoq 
orman - yashil urmon (qozoq). ak at (tatar), a:r tanak-ogir chana (shor), xura laja - 
qora ot (chuvash), dash ulus - yosh avlod (altoy), kuchli ot (o`ebek) kabi. 
Bu xil birikmalar hamma turkiy tillarda mavjud. Boshqa tip tillarning kuchli 
ta'siriga uchragan qaraim tilida sifatlovchi bnlan sifatlanmishning o`zaro 
moslashuvi onda-sonda uchraydi (43:274). 
Turkiy tillarda aniqlovchili birikmaning izofa turi mavjud. Uning uch tipi 
bordir: 
Biriichi tip izofada bosh so`z ot bilan tobe so`z sifat bilan ifodalanadi: zengek 
ko`k - zangori osmon (tatar), kara deniz (turk). Birinchi tii izofa xar doim 
ad'ektivatsiyalashgan (boshqa turkumga oil so`zlarning sifatga ko`chishi) bo`ladi. 
Masalan, ozarbayjon tilida demir gapo`-temir darvoza, tatar tilida agash kashik, 
qozoq tilida ay jaro`k kabi. 
Ikkinchi tip ieofada bnrikmaning ikkinchi komponenti uchinchi shaxs egalik 
affiksini qabul qiladi: avl xo`jalo`go`. - qishloq xo`jaligi (tatar), deniz yalo`so` - 
dengiz qirg`og`i (turk). 
Ko`mik, tilida birinchi tip izofa tipik saialsa, chuvash tilida ikkinchi tip 
ko`iroq ko`llaiiladi. 
Uchinchi tip izofada birikmaning birinchi komponenti karatqich kelishigi 
ko`shimchasini qabul qilgan bo`ladi: babano`n yevi (turk), menin kozim 
qrraqalpoq, bizni yel - bizning el kabi. 
Xullas, turkiy izofa tashqi ko`rinishidan o`rni almashtirilgan forsiy izofani 
eslatadi. Ayrim sonlar ot bilan birikma xosil qilib, keyinchalik bir so`z xoliga kelib 
qolgan: beshta (besh daxa). durtz (to`rt daxa) - qishloq nomi. Formal belgilari 
bo`lmagan bu tipdagi birikmalar tilning zng qadimgi ko`rinishlaridir (37:16). Bu 
tip birikmalar Xorazm shevasida keng tarqalgan: yashulli - yoshi ulug`, yashulkan 
kabi (24:74). 
Turkiy tillarda gap strukturasi. Turkiy tillarda gap bo`laklari mustaqil so`zlar 
va so`z birikmalari bilan ifodalanadi. Ganni bo`laklarga ajratishda so`zlarshshg 
gapdagi funktsiyasi, boshqa so`zlar bilan munosabati, grammatik shpkli kabi 
xodisalar xisobga odinadi. Bunda intonatsiyani xam roli katta. Masalan, Rais 
korxona tarixidan gapirib kstdi gapida gapirib ketdi, kssim (harakatning 
kutilmaganda ro`y berganligi); biroq gapirib so`zidan oldin pauza qilinishi unn 
(ganirib) xol, keyingi so`zni (ketdi) kesim holatga tushiradi. Yoki aytgani-aytgan, 
degani-degan formasida takrorlar bir butun cho`ziq intonatsiya bilan aytilsa, bitta 
bo`lak kesim (harakating davomliligini), ajratuvchi pauza bilan )sa >ga na kesim 


munosabatiga o`tadi. Yaigi choy damladi gapida xam iki xolat bor: I ) mantikiy 
urg`u yangi so`ziga tushsa, xol; 2) choy so`ziga tushsa, yangi so`zi aniqlovchi 
bo`ladi. Bunda yangi va choy so`zlari bir butun intonatsiya bilan aytiladi. 
Ikki tarkibli gaplarning asosini ega va kesim o`rtasida tobelanishga 
asoslangan birikma tashkil qiladi. Predikativ aloqa (ega va kesim aloqasi) bayoniy 
aloqa bo`lib, inkor va tasdiqni o`z ichiga oladi: bular xarakat, xolat, belgi kabi 
tushunchalarni voqelik va zamon bilan bog`laydi, so`zlovchining ana shu 
voqelikka bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Masalan, Bola - sho`x gapida predmet 
va belgi tushunchalari ko`shilib sho`xlik belgisining bolada mavjud ekanligi xukm 
yo`li bilan tasdiqlangan, voqelik xozirgi zamon bilan bog`langan. 
Turkiy tillarda ega va kesim moslashuv yo`li bilan aloqaga kirishadi. Kesim 
egaga mos shakl olib shakllanadi. Bu moslikni kesimdagi shaxs-son affikslari 
ko`rsatadi: Men o`qiyman. Sen o`qiysan. U o`qiydi. Biz o`qiymiz. Siz o`qiysiz. 
Ular o`kitdilar. 
Ega va kesimdagi bu moslik kesimi ot bilan ifodalangan predikativ 
birikmalarda ham bo`ladi, bunda kesimlik affiksi olib moslashadi: Men 
o`kuvchiman. Sen o`kuvchisan, biz o`kuvchimiz. 
Demak ega va kesim shaxs-sonda moslashadi. Ega va kssimning shaxs-
sondagi mosligi turkiy tillarda umumiy qoida xisoblansa-da, shaxsdagi moslik 
mutlaq, sondagi moslik nisbiy sanaladi: Shoir g`azal o`qidi. Mashinalar o`tib 
turibdi. Otam ishga ketdilar (hurmat ma'nosida) kabi. Biroq ega va kesimning 
birlik va ko`plikda kelishi farqsiz emas. Masalan, qo`ylar o`tladi gapining kesimi 
ko`plikda berilsa, odatdagi norma buziladi. 
Turkiy tillarda gap bo`laklari o`zining muntazam joylashish tartibiga ega. 
Agar so`zlovchida gap tarkibidagi biron bir elementni ajratib ko`rsatish maqsadi 
bo`lmasa, odatda gapning boshida zga o`z sostavi bilan gapning oxirida kesim 
keladi. O`zbek tilida aniqpovchi va kesimning o`rni boshka bo`laklarga nisbatan 
qat'iy, turg`un janligini ko`rsatadi. Bu xrlatni xind-evropa tillari oilasiga kiruvchi 
tillarda uchratmaymiz. 
Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan yana bir tomoni shuki, 
bu tillarda ko`shma gapning ergashgan ko`shma gap tipidan tashkari, funktsional 
va struktural jihatdan boshqa til oilalaridagi ergash gapga teng keluvchi 
ravishdosh, sifatdosh oborotlari keng taraqqiy qilgan. Masalan, qozoq tilida 
Qo`tabo`ga kirletken bala kattn uyaldi -kitobini kirlatgan bola kattiq uyaldi. Men 
Salimning kecha Moskvadan kelganini eshitdim (o`zbek). 



Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin