Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə20/33
tarix20.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#165515
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Qiyosiy grammatika UMK

ata

apa

taay

kadit

kelen

g‘ayin

oltoy

ata

apa

dayы

katыn

kelin

qay(y)n

boshqird

ata

apa

dayы

qatыn

kelin

qay(ы)n

qozoq

ata

apa

dayы

qadыn

kelin

qayыn

qoraqalpoq

ata

apa

Tay

kadыn

kelin

qayыn

qirg’iz

ata

apa

dayы

katыn

kelin

qayыn

qo‘miq

ata

apa

dayы

xatыn

kelin

qayыn

no‘g’ay

ata

apa

tayu

kadыn

kilen

qayin

tatar

ata

opa

dayы

xatыn

delin

qayin

turk

ata

apa

dayы

xotin

gelin

qayin

turkman

ota

opa

toga

xotin

kelin

gayыn

o‘zbek

ata

apa

toga

xatin

kin

qayin

uyg’ur

ata

apa

tdayi

hatun

kelin

qay(ы)n

hakas

Ada baba

appa

Tay

-

kinnit

qayыn

chuvash

atte

-

taay

-

kiyit

xatash

yoqut

-

-

dayыka

karы

gelin

kыlыn

gagauz

ata

uchba

daay

kat

-

qayыn

tuva

apa

apa

toga

xotin

gelin

kayыn

Qon-qardoshlik, ota va ona urug‘iga ko‘ra qarindoshlik nomlari asosan qadimgi shakllarini saqlab qolgan, bu leksik qiyoslashning asosini tashkil qiladi. Bunda shunga ham e’tibor berish kerakki, bu sohadagi atamalarning ayrimlarida (acha//әщe, apa//aba, aga, urug, yegen, bala, er, kadыn//xotun, quda kabi) hozirgi turkiy tillarda ham o‘z o‘tmishdoshi mo‘g‘ul tillari bilan aloqadorlik sezilib turadi. Masalan, boshqird tilidagi (yeyenser < yeyen - nevara, bulәsәr < bulla -amaki so‘zlaridagi) -sar//-ser mo‘g‘ul tili elementlarining ayrim turkiy tillardagi qoldiqlaridir.
Turli hayvon, jonivor, parrandalar va ularning anatomik a’zolari atamalari eng qadimturkiy nomlar bo‘lib, ularning har biri, bir tomondan, tur, jins, yosh xususiyatlariga ko‘ra rang-baranglikka ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davrlar o‘tishi bilan fonetik va semantik xususiyatlariga ko‘ra ham turli ayrimliklarni kasb etgan. Shubhasiz, bunga turli turkiy tillarga noturkiy tillarning ta’siri ham sabab bo‘lgan.
Umumturkiy at (ot)//yilqi so‘zi qadimturkiy tilda kelib chiqish jihatidan mo‘g‘ul, tungus-manchjur tillari bilan aloqador bo‘lgan јont so‘zi bilan qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik turli nom va ma’nolarga ega bo‘lgan. Tarkibidagi unlining talaffuzdagi ayrim farqlarini hisobga olmaganda ko‘p turkiy tillarda bir xil: ozarb., oltoy, balqar, boshqird, gagauz, qozoq, karaim, qoraqolpoq, qirg‘iz, qumiq, no‘g‘oy, tatar, turk, turkman, uyg‘ur, hakas, yoqut. at, tuva. a’t, o‘zbek. ot, chuvash. ut kabi.
Turkiy tillarda shu ma’noda at so‘zidan tashqari begіr, lasha, yilqi so‘zlari ham qo‘llanadi. Lasha va begіr so‘zlari chuvash va turk tillaridagi aynan yuqoridagi ma’noda qo‘llangani holda, yilqi (іlqі) so‘zi o‘ziga xos semantik ayrimligiga ega bo‘lib, umuman at ma’nosi bilan birga tabun (ot podasi), urg‘ochi ot ma’nolarini ham beradi va ko‘p turkiy tillarda at so‘zi bilan parallel qo‘llanadi: ozarb. іlxі, tuva, hakas. chіlgі, yoqut. sіlgі, boshqa hamma turkiy tillarda yilqi kabi.
Turkiy tillarda tur va boshqa belgilariga ko‘ra ot ma’nosini anglatadigan yana ko‘plab so‘zlar mavjud: ozarb. bado, turkman. bәdәv < arab. badav, gagauz. chіl, qirg‘iz. qaңgil, no‘g‘ay. argimoq, tatar. јalger, turk. eshkin; ozarb., o‘zbek, uyg‘ur. axta// akta, qozoq, qirg‘iz. aqta, turkm. agta; boshqird, qumiq, tatar. alasha, no‘g‘ay. alasa, chuvash. lasha, ozarb., turkman alasha; ozarb., oltoy, boshqird, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, qumiq, no‘g‘ay, tatar, turkman, o‘zbek, uyg‘ur. aygir, balqar. azir, gagauz. xangir, tuva. asqir, hakas. asxir, chuvash. aјar, yoqut. atir va b.
Sыgыr - boshqard. Niјіr, gagauz. sir, qozoq, karaim, qoraqalpoq, qumiq, no‘g‘ay, tatar. sыyыr, o‘zbek. sigir, turkman. sыgыr, uyg‘ur. siyir; ozarb., o‘zbek, uyg‘ur. inak, oltoy, gagauz, qirg‘iz, tuva, turkman, hakas. ine, yoqut. inax kabi.
Ayrim parrandalar nomi:
Turna - tuva. duruna, ozarb. durna, turk. turna, qozoq. tыrna, q.qalpoq. tыrna, qirg‘iz, qumiq. turna, turkm. durna, oltoy. turna, boshqird. tarna, no‘g‘ay. turna, tatar. torna, uyg‘ur, hakas. turna, chuvash. tarna, shor. turuna, yoqut. turuya;
G‘oz - tuva. kas, ozarb. gaz, altay. kas, boshqird. qaz, qozoq. qaz, q.qalpoq. gaz, qirg‘iz. kaz, qumiq. kaz, nag‘oy. kaz, tatar, turk. kaz, turkman. gaz, o‘zbek. goz, uyg‘ur. gaz, hakas. xas, chuvash. xur, shor. kas, yoqut. xaas.
O‘simlik nomlari va ularning a’zolariga oid atamalar har bir turkiy xalq yashaydigan hudud va shu hudud tabiatiga muvofiqlashgan o‘simliklar, xalq xo‘jaligining asosini tashkil qiladigan ekin nomlari bilan ko‘proq bog‘liq. Ma’lum bir o‘simlik u yoki bu xalqning mehnat sharoiti bilan, ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lmasa, bunday o‘simlik nomlarini u xalq tilida uchratmaslik yoki o‘zlashtirma so‘z-nomlar sifatidagina uchratish mumkin: Masalan: O‘rta Osiyo madaniy o‘simliklari nomlarini Sibir xalqlari tillarida, sovuq o‘lkalarda o‘sadigan ayrim o‘simliklar nomlarini bu yerlik xalqlar tillarida kam uchratish mumkin.
Rus tilidan olingan “roj ” so‘zi tatarcha arыsh so‘zi bilan qo‘llanib, boshqird, oltoy, o‘zbek tillarida uchramaydi, chunki chuvash va oltoy xalqlari yaqin davrlarga qadar faqat chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, o‘zbeklar dehqonchiligi ham yaqin yillarda paydo bo‘lgan. Shuning uchun bu kabi so‘zlar turli turkiy tillarda turli nomlar bilan qo‘llanadi: tatar. arыsh, qozoq. qara bыday, ozarb. chavdar, turk. javdar, o‘zbek. suli kabi. Bunday holda qiyoslanayotgan so‘zlarning hamma hozirgi turkiy tillar uchun umumiyligiga e’tibor kuchaytiriladi.
Daraxt po‘stlog‘i o‘zbekcha qobiq, ozarb. gabыx, qozoq, qoraqalpoq. qabыq, qirg‘iz. kabыk, tatar. kabыx, turk. kabuk, turkman tillarida gabыk shaklida qo‘llanilgani holda chuvash. xupa, tatar. kayrы, hakas. kastыrыx, haknas, chuvash. xuyar, yoqut. xatыrыk, o‘zbek, uyg‘ur. po‘st, oltoy. chobыrga, chobra, qirg‘iz. kыrtыsh, tuva. shasda, chovuree shakllarida ham qo‘llangan. Yuqorida aytilganidek, bir tushunchani ifodalovchi so‘zlarning turli turkiy tillardagi boshqaligiga sabab, bir tomondan, shu so‘zlarning turli davrlarga mansubligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ayrim tillarning boshqa noturkiy tillar bilan yaqin aloqasi bo‘lgan.
Yana qiyoslang:

Tabiat hodisalarini anglatuvchi atamalar:
Havo - bir necha turkiy tillarda arab tilidagi “havo” so‘zidan olingan bo‘lib, turli fonetik shakllariga ega.
Ozarbayjon, boshqird, qoraqalpoq, qumiq, tatar, turk, turkman, o‘zbek, uyg‘ur tillarida xava//havo, yozuvdagi shakllari ozarb., uyg‘ur, tatar. hava, boshqird. haua, qumiq. gava, turkm. xova, o‘zbek. havo, qozoq, qirg‘iz, no‘g‘ay tillarida ava kabi.
Ayrim turkiy tillarda havo so‘zi mo‘g‘ul tilidan olingan xiy (havo) so‘zining turli fonetik shakllari orqali ifodalangan: hakas. kii, oltoy. key, tuva. xey.
Tuva tilida mo‘g‘ulcha agaar varianti ham bor. Shor tilida chel (yel), chuvash. sыvlash, yoqut. sыvlash, yoqut. salgыn kabi qo‘llangan.
Shamol - qoraqalpoq, qirg‘iz, turkman, o‘zbek, uyg‘ur tillarida shamol shaklida qo‘llangan bo‘lib, boshqa turkiy tillarda (ozarb. boshqird. qoraqalpoq, qumiq, no‘g‘ay, tatar, o‘zbek, uyg‘ur, hakas) yel, jel, yel shaklida, hakas. chil, chuvash. jil, yoqut. tыal, tuva. xat, turk. ruzgar shakllarida qo‘llangan.
To‘lqin so‘zi ham shunday murakkabliklariga ega. Bir necha turkiy tillarda “to‘lqin” so‘zi shu ma’noda turli xil fonetik ko‘rinishlarda shakllanadi: boshqird, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, qumiq, nog‘ay, tatar, turkman, o‘zbek, uyg‘ur, yoqut tillarida to‘lqin, tolqыn, tolkun, to‘lqin, tolkun, dolgun shaklida, ayrim turkiy tillarda esa oltoy. tolku, shor. tolkug, ozarb. dalga, tuva. chalgыg, hakas. salgah, oltoy. kom, chuvash. xum, oltoy. chapqыn, turkm. mavj, yoqut. balxan shaklida qo‘llangan.
Gulduros, momoqaldiroq so‘zining qo‘llanishi bundan ham murakkabroq. Bu so‘zlar hamma turkiy tillarda ham taqlidiy o‘zak so‘z asosida shakllangan, so‘z qanday ifodalangan bo‘lishidan qattiy nazar tarkibida taqlidiy asos bor. E’tibor bering: ozarb. qurultu, oltoy.
kukurt, boshqird. kuk kukreu, qozoq. kukereu, qirg‘. kurkuroe, qumiq. ko‘kyurev, nog‘ay. ku’otirev, turk. gok gurultusu, o‘zbek. momoqaldiroq, uyg‘ur. guldurme, hakas. kugurt, chuvash. aslati, yoqut. chagыlgan kabi.
Yashin so‘zining asosi ham - aslida taqlidiy so‘z. Ildыrыm, jыldыrыm, yildirim, yashыn, jasыn, yashin, yashen, chagыlgan, chaqmoq, chaqыn, chagыn, chagыlgыn, јalkыn, nayzagay, ayыndыrыk, chaqnыx, shimshek, tegri nalыjы kabi qo‘llangan.
Qor so‘zi deyarlik hamma turkiy tillarda bir xil: qar, har, qor shaklidadir.
Ayrim jo‘g‘rofiy va samoviy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ham eng qadimiy so‘zlardir. Shuning uchun bo‘lsa kerakki, bunday so‘zlarning ko‘pchiligi ham ifoda, ham qo‘llanish jihatidan deyarlik barcha turkiy tillarda unchalik farqlanmaydi:
oy - o‘zbek tilida oy, yoqut tilida ыy, boshqa barcha hozirgi turkiy tillarda ay shaklidadir. Turk, uyg‘ur tilida arabcha qamar shakli mavjud;
yer - hamma turkiy tillarda ayrim fonetik farqlar bilan deyarli bir xil qo‘llanadi: uyg‘ur. yer, qozoq, qoraqalpoq. jer, oltoy. d’er, tuva, shor. cher, yoqut. sir, chuvash. ser, boshqalarida yer, faqat turk tilida arabcha arazы (al arzu) shakli mavjud;
ko‘l - ayrim fonetik farqlar bilan bir xil: kѳl (ozarb., oltoy, qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, qumiq, no‘g‘ay, turkman, o‘zbek, hakas, shor) gѳl (turk), xol (tuva), kul (tatar, boshqird), kuol (yoqut), kule (chuvash) kabi.
Leksikada o‘zlashgan qatlamning paydo bo‘lishi ham doim bir xil usulda yuz bermaydi, o‘zlashtirish sabablari xarakteri jihatidan har xil bo‘ladi:
1. Noqarindosh ellar va tillarning tengligi asosida. Bu o‘zaro aloqadagi xalqlarning hududiy yaqinligi, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va kundalik turmush sharoitlarining umumiyligi asosiga quriladi, bularning barchasi tilda o‘z ifodasini topadi, juda uzoq tarixiy jarayonda aloqadagi tillar o‘rtasida leksik olinmalar o‘sib, rivojlanib boradi, tillar tarkibida yangi - o‘zlashgan qatlamni shakllantiradi. Masalan, o‘zbek tili leksikasi tarkibidagi tojik-fors so‘zlari o‘zbek va tojik xalqlarining, ozarbayjon tili tarkibidagi tojik-fors so‘zlari ozarbayjon va kurd (eron) xalqlarining, uyg‘ur tili tarkibidagi xitoy, mo‘g‘ul elementlari uyg‘ur va xitoy, mo‘g‘ul xalqlari, Oltoy va Sharqiy Sibir turkiy tillari tarkibidagi mo‘g‘ul elementlari shu xalqlarning va tillarning azaliy aloqalari natijasidir. Buni uyg‘ur tili tarkibidagi xitoycha ban > bang - e’lonlar taxtasi, jar solish, bong urmoq: chjan > zang//jang (chalmoq): sziche > jiche - mashina, parovoz; chafan > chafang - choyxona; chanchen > changchang - buyuk xitoy devori; chesze > chezi - xarva, arava; xuar > xuargul - gul: dahan’szi > daxanza - uzun odam: szincha >singchay - ko‘k choy: shan’szi > shanzi - yelpugich: qapyao > qapыya -qashqar puli: gunshi > gonshi - elchi: lyanmyan > lengmen - lag‘mon; li >li - uzunlik o‘lchovi; myanszi > meniz - yuz, aft; yuanbio > yambu -oltin, kumush quymasi kabi misollar orqali izohlash mumkin.
2. Noqarindosh qavmlar va xalqlar o‘rtasidagi tashqi ziddiyatlar, o‘zaro bosqinchilik urushlari, g‘olib va mag‘lub qavm va xalqlarni, mamlakatlarni vujudga keltiradi. G‘olib mamlakatlarning mag‘lub mamlakatlar ustidan hukmronligi mag‘lub mamlakat elat va xalqlarining ijtimoiy turmush sharoiti, urf-odat va madaniyatiga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Bu dastavval g‘olib va mag‘lub xalqlar tillarida o‘z aksini topadi, chunki g‘olib mamlakat hukmronlari bosib olingan xududlarda o‘z tilini hukmron til darajasiga ko‘tarishga, davlatni boshqarishni o‘z tillarida olib borishga, yozuv va yozma hujjatlarni o‘z tili hisobiga o‘zgartirishga intiladi. Natijada bir til leksikasida ikkinchi til leksikasiga oid yangi so‘zlar, dubletlar paydo bo‘la boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan tobora kengaya boradi, mag‘lub tillar leksikasida o‘z qatlami bilan yonma-yon o‘zlashgan qatlam vujudga keladi.
Hozirgi turkiy xalqlar va turkiy tillar ham xuddi shunday tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan. Turkiy va noturkiy xalqlar va ularning tillari o‘rtasidagi munosabat uzoq tarixiy jarayonda hamma xalqlar va tillar uchun bir xil bo‘lmagan. Agar hozirgi turkiy tillar leksik olinmalar qatlamiga nazar tashlansa, Sibir turkiy tillari tarkibida ko‘proq Xitoy, mo‘g‘ul, rus so‘zlarini, O‘rta va Markaziy Osiyo turkiy tillarida arab, fors-tojik va ruscha so‘zlarni, turk tili tarkibida arab, eron, Volga bo‘yi tillarida asosan arab va rus, qisman eron, Shimoliy Kavkaz turkiy tillarida esa, asosan arab va rus so‘zlarini uchratish mumkin. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, hozirgi turkiy tillarning o‘zlashgan qatlami tarkibidagi xo‘jalik, siyosiy-iqtisodiy turmush va ishlab chiqarish bilan bog‘liq atamalar; diniy, madaniy-maishiy va ilmiy atamalar; mavhum tushunchalarni nomlovchi atamalarning ko‘lami jihatidan ham bir xil emas.
Turkiy va noturkiy tillar o‘rtasidagi ana shu munosabatlar va leksik olinmalarning xususiyatlariga ko‘ra ularni quyidagicha tasnif qilish mumkin.
1. Turkiy tillar va mo‘g‘ul, xitoy tillari.
2. Turkiy tillar va arab tili.
3. Turkiy tillar va fors-tojik tillari.
4. Turkiy tillar va rus tili. Turkiy tillar va mo‘g‘ul, xitoy tillari Hozirgi turkiy tillar leksikasining o‘zlashgan qatlamining ma’lum qismini mo‘g‘ul tilidan olingan so‘zlar tashkil qiladi. Bunga asosiy sabab, bir tomondan, o‘tmishda turk, mo‘g‘ul, tungus-manjur urug‘ va qabilalarining ginetik (kelib chiqish) birligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, keyingi davrlarda turkiy qabilalar uyushmalari va elatlari yashaydigan deyarlik butun hududlarning mo‘g‘ullar tomonidan iste’lo qilinishidir.
So‘z qabul qilishda mo‘g‘ul tilining nufuzi hamma turkiy tillarda bir xil emas, hamma turkiy tillarni nazarda tutganda, mo‘g‘ul til elementlari nisbatan, qirg‘iz, uyg‘ur, oltoy, tuva, yoqut va hakas tillarida ko‘proq saqlanib qolgan deyish mumkin, chunki bu xalqlar mo‘g‘ul va turkiy qabila hamda elatlarning alohida urug‘ va qabilalar uyushmalari sifatida ajralib chiqishidan keyin ham mo‘g‘ul urug‘ va qabilalari uyushmalari bilan ham hududiy, ham iqtisodiy turmush sharoitlariga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan. Shuning uchun boshqa turkiy tillarda mo‘g‘ul tiliga xos ayrim etnonim va toponimlar saqlanib qolgani holda mo‘g‘ullarga yaqin turkiy tillarda kishilarning kundalik hayotida uchraydigan so‘zlarni ham ko‘p uchratish mumkin. Masalan: mo‘g‘ulda tal (cho‘l) - qirg‘iz. tala; oltoy. chool; tuva. shol; uyg‘ur. chѳl. Mo‘g‘ulda tenger (osmon) - tuva. deer; uyg‘ur. tengri; hakas. tigіr; shor. tegri; boshqa turkiy tillarda ko‘k, osmon. Mo‘g‘ulda mѳs// mѳsѳn (muz) - qirg‘iz. mѳz; no‘g‘ay. buz; hakas. pus; shor. mus; yoqut. muus; boshqa turkiy tillarda muz//buz kabi.
Mo‘g‘ul va deyarlik barcha turkiy tillarda xara//qara, altan//altыn, aјran// ayran, axa//oga, ara//aral, baltu//bolta, zil//jыl//yыl, alag//ala, bayan//boy, sara//sarы, misgon//ming (1000) kabi ko‘plab so‘zlar parallel holda qo‘llanadi, lekin bu so‘zlarning hammasini mo‘g‘ul tilidan turkiy tillarning olinmalari deb emas, balki bu kabi so‘zlar o‘tmishda mo‘g‘ul va turkiy urug‘ va qabila tillarida bir vaqtda va bir xil paytda bo‘lgan deb qaralishi kerak.
Hozirgi turkiy tillar lug‘at tarkibida u qadar ko‘p bo‘lmasa ham, xitoy tilidan olingan so‘zlarni ham uchratish mumkin. Xitoy va turkiy tillar o‘rtasidagi aloqa ham juda qadimiy bo‘lib, hali qadimgi ko‘chmanchi turkiy qabila va elatlar g‘arbga tomon siljimasdan oldin, mo‘g‘ul va turkiy qabilalar xitoyliklar bilan bevosita aloqada bo‘lgan paytlarda mavjud bo‘lgan. Hozirgi turkiy tillarda uchraydigan zang < xitoy јapd, choy < xitoy cha, taysha (xon) <
xitoy tai tsu, chanaq (idish) < xitoy chan, gonshi // qonshi // qo‘shni < xitoy gunshi, yombi < xitoy yuanbao kabi olinmalarga shunday deb qarash kerak.
Turkiy tillar va arab tili
Arab tili leksikasi barcha turkiy tillarning o‘zlashgan qatlami sifatida X asrlardan boshlab butun turkiy hududlar arablar tomonidan bosib olingandan keyin yoppasiga kirib kela boshladi. Bu davrlarda arab tili faqat arablarning o‘zi uchun emas, balki barcha arab davlatlari hamda arablar tomonidan bosib olingan yerlar xalqlari uchun ham din, fan, maktab va mahkamalar tiliga aylanib qolgan edi.
Arab tili dunyodagi o‘zlashtirilishi eng og‘ir bo‘lgan tillardan biri edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, arablar o‘zlari bosib olgan davlatlar yerli aholisini majburan islom diniga kiritdi, muqaddas Qur’on tilini bosib olingan yerlardagi barcha mavjud maktab va madrasalarda ona tili o‘rnida asosiy davlat tili sifatida o‘qitishga va o‘rgatishga erishdi.
Arab tili leksikasini o‘zlashtirish hamma joyda ham bir xil kechmadi. Turkiya, Qozon, Astraxan, Qrim xonliklari, Ozarbayjon va Eron kabi o‘z yozuvi, yozma adabiyoti mavjud bo‘lgan va fan taraqqiy etgan xududlarda arab tili leksikasi asosan yozuv va yozma nutq orqali o‘zlashtirilgan bo‘lsa, o‘z yozuviga ega bo‘lmagan xalqlar o‘zlashtirishning og‘zaki shaklidan foydalandilar. Ba’zi tillar arab tili leksikasini bevosita arablarning o‘zidan qabul qilgan bo‘lsa, qozoq, qoraqalpoq tillariga o‘zbek va tojik tillari orqali qabul qilindi.
Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar hamma turkiy tillarda ko‘lami jihatidan ham bir xil emas, chunki X-XI asrlardayoq Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy kabi buyuk allomalar o‘z ilmiy asarlarini arab tilida yaratgan bo‘lsalar, ayrim tillarda arab tiliga oid ayrim so‘zlargina mavjud bo‘lib, arablar tomonidan istilo qilinmagan, islom dinini qabul qilmagan Sharq turkiy tillarida arabcha so‘zlar deyarlik yo‘q edi.
Hozirgi turkiy tillarda arab tilidan olingan so‘zlarni ma’nolariga ko‘ra quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
diniy tushunchalarni anglatuvchi atamalar: oxirat, akыrat, axыrat, agыrat; Olloh, Alla, Allah; amin, omin, aumin, avmin; tahorat, daret, teret, teret; imon, iman, iyman, ыyman; masjid, machit, mechet, islom, islam kabi;
ilmiy abstrakt atamalar: aqlli // akыllы // agыllы; odil // adil // edil; adab // ajap // ajayыp, ahvol // auxal // axual; abjad // abjat, ebdjit; olam // elam // alam; gayrat // gayrat // kayrat; davlat // davlet; ta’m // tam // dem // deme // demi; dunyo // dunyo // dunya // duyna; qodir // kedir // qadir; xayr // xayir // qayыr; ma’no // mәni //manы //meni //mene; taqdir // tagdыr // taqtыr; vaqt //uag uaqt // ugagыt // uaq // uat // uaxt; shafoat // shappat // shapaat // shapagat;
iqtisodiy-ishlab chiqarish atamalari: qassob//qassap; mol//mal; mehnat//miynat; foyda//payda;
ijtimoiy-siyosiy atamalar: ariza//arza//arzы;garib//garыb:jamiyat//jamiyat; zolim//zalыm//zulum;
grammatik ma’no ifodalovchi atamalar: va//ve; aslo//asla//xasla; algaraz//algarez; albatta//albette kabi;
aniq atamalar: arab. bәden - ozarb. va q.qalpoq. bedәn, beden; turk. beden; turkman. beden; o‘zbek. badan; uyg‘ur. bәdәn; boshqa turkiy tillarda tәn//tana//dene. Arab. sumbule - ozarb. sumbul; turk. sumbula; turkm. sүmmүl; boshqa tillarda boshoq//masaq//bash. Arab. havo - o‘zbek. havo; ozarb., boshqird, q.qalpoq, tatar, turk, uyg‘ur. hava; turkman. xava; qumiq. gava; qozoq, qirg‘iz, no‘g‘ay. ava. Arab. sahro - ozarb. sehra, turk. sahra; turkm. sәhra; o‘zbek. sahro; qozoq. sahara; q.qalpoq. saxra, boshqa tillarda cho‘l//dala. Arab. g‘oil (ayol) - qoraqalpoq. hayal; turkman ayal; o‘zbek. ayol; qozoq. eyel; qirg‘iz. ayal; uyg‘ur. ayal. Arab. avrat (ayol) - ozarb. arvat, er - avrat. Arabcha za’if, za’ifa so‘zlari ham shu ma’noda ayrim turkiy tillarda qo‘llaniladi.
Turkiy tillar va tojik-fors tili
Turkiy tillar (xususan, o‘zbek, ozarbayjon) va tojik-fors tillari o‘rtasidagi munosabat juda qadim zamonlardan boshlangan, chunki Markaziy va O‘rta Osiyo, Eron Ozarbayjoni (qurdlar)da turkiy o‘zbek va ozarbayjonlar fors va tojiklar bilan birga yashab kelgan.
Turkiy va tojik tillari o‘rtasidagi aloqa tenglik va tinchlik asosida yuz bergan, shubhasiz, yashash hududlari bir bo‘lgan o‘zbek (qisman qaraqalpoq, turkman), ozarbayjon, fors va tojik xalqlarining iqtisodiy turmush sharoiti, ishlab chiqarish, fan va madaniyati, san’atida ham umumiylik bo‘lgan, bu ularning urf-odatlari, oilaviy munosabatlarida ham o‘z ifodasini topgan.
Turkiy tillardagi fors-tojik olinmalarining manbai asosan rivojlangan fors-tojik adabiy tili bo‘lgan. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan davrida Qoraxoniylar va Xorazm davlatlari adabiy tili, undan keyin esa Oltin O‘rda va Temuriylar davlati adabiy tili hamda ilmiy-adabiy aloqalari turkiy tillar leksikasi tarkibidagi fors-tojik olinmalarining asosi bo‘lgan.
Turkiy xalqlar va tojik-fors xalqlari, turkiy tillar va tojik-fors tillari o‘rtasidagi azaliy aloqa va munosabatni faqat o‘zbek va tojik xalqlari, o‘zbek va tojik tillari o‘rtasidagi munosabatlar orqali yaqqol izohlash mumkin. Ma’lumki, Tojikistonning butun janubiy hududlari (Vaxsh va Kofarnihon vodiylaridagi Qo‘rg‘ontepa, Kabadiyon, Jiliko‘l, Shahartuz nohiyalari) va Leninobod viloyatida, O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Namangan, Termiz kabi markaziy shaharlari va Buxoro, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysining ko‘pgina hududlarida o‘zbek va tojiklar birga yashashadi. Bu birlik asosidagi o‘zbek va tojik o‘zaro og‘zaki muloqoti Buxoro, Samarqand (XIV-XV asrlardayoq Hirot, Isfahon, Qandahor, Balx) shaharlarida o‘zbek va tojik ikkitilliligini shakllantirgan bo‘lsa, ko‘p asrlar davomidagi buyuk mutaffakkirlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy, Muqimiy va Muhyi, Sadriddin Ayniy va Oybeklar o‘rtasidagi ilmiy-adabiy hamkorlik va zullisonaynlik, Temuriylar davri va keyinchalik Buxoro, Qo‘qon xonliklarida davlat-idora ishlarining ikki tilda olib borilishi, shubhasiz, har ikki tilning ham fonetik, leksik-grammatik ravnaqiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun tojik-fors tilining o‘zbek tiliga ta’sirini faqat hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasida emas, balki uning tovushlar tarkibida, grammatik qurilishida ham ko‘rish mumkin.
Fors-tojik olinmalari hamma turkiy tillarda bir xil emas, asosan o‘zbek, uyg‘ur, ozarbayjon tillarida uchraydi, qoraqalpoq, qozoq, turkman tillari ham mavjud olinmalarni bevosita tojik-fors tillari orqali emas, balki o‘zbek, uyg‘ur tillari orqali qabul qilgan.
Fors-tojik olinmalari oltoy, qumiq, nog‘ay, tatar, tuva, hakas, chuvash, yoqut tillarida hech uchramaydi, boshqird, turk tillarida faqat bir martadan qayd qilinadi, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida ham kam.
Turkiy tillar va rus tili
Rus tili va turkiy tillar munosabati, o‘zaro aloqasi haqida gap borganda, rus tili bilan barcha turkiy tillar aloqasini umumiy tavsiflash imkoniyati yo‘q. Chunki bu jarayon ham davr xususiyatiga ko‘ra, ham har bir turkiy xalqning rus xalqi bilan aloqasiga ko‘ra turli xususiyatlarga ega.
Bir necha misollar:
1.Turk xalqi bilan rus xalqi qadim zamonlardan yondosh yashagan bo‘lsalar ham, turk tili bilan rus tili o‘rtasida yaqin aloqalar bo‘lmagan. Shuning uchun hozirgi turk tilida ruscha olinmalarga nisbatan arab, ingliz, fransuz va boshqa Ovro‘pa tillaridan qabul qilingan so‘zlar ustunlikni tashkil qiladi.
2. Rus xalqi Volga bo‘yi xalqlari (tatar, chuvash, boshqird) bilan uzoq asrlar ijtimoiy-iqtisodiy aloqada bo‘lib kelgan. Bu tatar, boshqird tillari va rus tili munosabatida ham o‘z ifodasini topgan.
3. Ruslar tomonidan Sharqiy Sibirning ilk asrlarda o‘zlashtirilganligi uchun o‘sha joylar yerli xalqlari tiliga rus tili juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu shu darajada bo‘lganki, XX asr o‘rtalarida qariyb yoqut va rus, hakas va rus ikkitilliligining shakllana boshlashiga ham sabab bo‘lgan.
4. Gagauz tili juda murakkab jarayonni boshdan kechirgan. Gagauzlar XVII asr oxiri va XIX asr boshlarida alohida turkiy etnik guruh sifatida hozirgi Ukraina, Bolgariya, Moldaviya hududlarida yashagan. Kelib chiqishi noaniq bo‘lsa ham, til xususiyatiga ko‘ra o‘g‘iz guruh tillar qatoriga kiritilgan gagauzlarning uzoq asrlar bolgarlar bilan, XIX asr boshlaridan Bissarabiyada Moldavanlar bilan, XIX asr oxirlarida ruslar bilan, 1918-1940 yillar Bissarabiya Ruminiya tomonidan bosib olingach, ruminlar bilan va nihoyat 1940 yildan yana ruslar bilan birlashishi gagauz“ikkitilliligi” emas, balki gagauz “ko‘ptilliligini” yuzaga keltirgan. Shuning uchun gagauz tili leksik tarkibida turkiy o‘z qatlam bilan birga rus, bolgar, rumin, moldavan tiliga xos o‘zlashgan qatlam mavjud. Lekin e’tirof qilish kerakki, shunday murakkab tarixiy jarayonda gagauz tilining o‘z mustaqilligini saqlab qolishini haqiqiy qahramonlik deyish mumkin.
5. Tuva o‘lkasi 1940 yilda sobiq Ittifoq tarkibiga kirguncha Mo‘g‘uliston hukmronligida bo‘lgan. Shuning uchun tuva tilida yaqin yillargacha o‘zlashgan leksik qatlamni, asosan, mo‘g‘ul tili elementlari tashkil qilgan. Tuva tiliga rus tili olinmalari 1940 yildan so‘ng Tuva o‘lkasida lotin grafikasidagi yozuv va orfografiyaning tashkil qilinishi, maktab va maorifning rivojlanishi, dastlab maktab darsliklari chop etilishi, hukumat qarorlari, fan-texnikasiga doir ayrim ilmiy adabiyotlarning paydo bo‘lishi natijasida yoppasiga kirib kela boshladi va juda qisqa vaqt ichida tuva tilidan mo‘g‘ul olinmalarini siqib chiqarib, rus tili va rus tili orqali boshqa Ovro‘pa tillaridan kiritilgan olinmalar tuva tilining asosiy leksik olinmalar qatlamiga aylanib qoldi.
6. Ozarbayjon va ruslar o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar XIX asrda ham mavjud bo‘lib, eski ozarboyjon tilida ham rus tili olinmalari ma’lum o‘rin olgan, lekin Shimoliy Kavkaz o‘lkasidagi boshqa turkiy tillar (qorachoy, balqar) va hozirgi ozarbayjon tiliga rus tili olinmalari 1920-1930 yillardan boshlab kirib kela boshlagan.
7. Bu jarayon o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq va oltoy tillarida ham o‘ziga xos xususiyatiga ega. XIX asr II yarmida O‘rta Osiyo va Oltoy o‘lkasining ko‘p qismining Rusiya qaramog‘iga o‘tishi va o‘sha davr xonliklarida Rusiya bilan qisman iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarning yuzaga kela boshlashi, o‘zbek, qirg‘iz tillariga iqtisodiy munosabatlar va ishlab chiqarishga doir ayrim ruscha so‘zlar (zavod, ginaziya, bo‘lis, pristav, guberna kabi) kirib kela boshlagan, lekin oltoy, turkman va qoraqalpoq tillarida ruscha olinmalar 1930 yillardan keyingi davr mahsulidir.
Hozirgi turkiy tillarda rus tilidan olingan so‘zlar ikki usulda qabul qilingan:
1. Ruscha so‘zlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z shaklini o‘zgartirmagan holda. Masalan, tuva tilida kray, rayon, oblast, institut, stadion, gimnastika, traktor, plug, samolyot, kostyum, zavod, elektr va boshqalar.
2. Kalka (rus tilidagi murakkab birikmalarni o‘z tiliga aynan yoki qisman tarjima qilish) usulida. Masalan, tatar: akt tѳzu, viza salu; qumiq: maska giydirmak, sitat geltirmag; ozarbayjon: annotasiya yazmak, gaz chakыgы; qirg‘iz: akt tuzүү, annotatsiya tuzүү; qozoq: kolleksiya jinau, maska kidiru; o‘zbek: annotatsiya yozmoq, viza qo‘ymoq; turkman: akt duzmak, sitata gedirmak; chuvash: viza xur, maska taxan; tuva: akt turguzar, viza salыr; uyg‘ur: akt yazmak, viza qoymak; hakas: akt pas salarga, maska salarga; turk: maska qoymak kabi.
Hozirgi turkiy tillarda rus tilidan qabul qilingan so‘zlar asosan otlar bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalarini anglatuvchi so‘z va atamalardir. Bular hozirgi o‘zbek adabiy tili misolida:
1. Kundalik turmush bilan bog‘liq so‘z va atamalar: choynak, stakan, banka, kostryul, lampa, gaz, elektr, stol, stul, shkaf, etajerka, divan, karavot, kastryul, kostyum, palto, botinka, galstuk, tort, konfet, pechene kabi.
2. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq so‘z va atamalar: traktor, kombayn, plug, dizel, brigadir, zavod, fabrika, kombinat, elektrostansiya, avtokolonna, avtozapravka, vodxoz, lesxoz kabi.
3. Fan, xalq ta’limiga doir so‘z va atamalar: arifmetika, algebra, geografiya, astranomiya, plyus, minus, fonetika, morfologiya, leksika, akademiya, dissertatsiya kabi.
4. San’at, madaniyat, sport bilan bog‘liq so‘z va atamalar: teatr, kino, klub, spektakl, premera, muzika, konsert, ansambl, radio, televizor, roman, poema, dramaturg, futbol, tennis, stadion, gimnastika, shaxmat, shashka, chempion, grossmeystr kabi.
5. Ijtimoiy-siyosiy atamalar: respublika, demokratiya, kapitalizm, krizis, materiya, konstitutsiya, dekret, budjet, blokada, inflyatsiya kabi.



  1. Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin