Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi


Turkiy tillar taraqqiyotining yangi turk davri



Yüklə 60,88 Kb.
səhifə5/14
tarix17.01.2023
ölçüsü60,88 Kb.
#79451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi

Turkiy tillar taraqqiyotining yangi turk davri (XV–XX asrlar) turkiy elat va xalqlar yashaydigan butun hududlarda barcha turkiy elat va xalqlar, elat va xalq tillarining qo`shilishi va ajralishi natijasida yangi-yangi turkiy tillarning qat`iy qaror tipish davri bo`ldi.
G`arbda butun chuvash urug` va qabila uyushmalari yagona chuvash xalqini, qipchoq-bulg`or qabilalar uyushmalari tatar va boshqird xalqlari va xalq tillarini, qipchoq-poloves uyushmasi qozoq, qoraqalpoq, no`g`oy, karaim, qo`miq, qorachoy, balqor, Qrim tatarlari xalq va elatlari, xalq va elat tillarini tarkib toptirdi. Bundan tashqari g`arbda o`g`iz-bulg`or uyushmasidan gagauz va bolqon turklari tillari maydonga kelgan bo`lsa, o`g`izlardan turkman xalqi va turk, ozarbayjon burjua millatlari va millat tillari, qorliq birlashmasidan o`zbek va uyg`ur xalq va xalq tillari o`zlarining hozirgi qiyofasini topdi.
Bu davr sharqda ham barcha elat va xalqlarning hamda ularning tillarining o`ziga xos shakllanish va mustaqil takomillashish davri bo`ldi. XVII–XIX asrlarda qirg`iz, oltoy, yoqut, tuva, karagas, xakas xalqlari va xalq tillari maydonga kelib, mustaqil taraqqiyot boshladilar.
XV–XX asrlar g`arb, Markaziy va O`rta Osiyo arab, fors, qisman, rus, sharqda esa mo`g`ul va rus tillari bilan yaqin aloqa va o`zaro ta`sir davri ham bo`ldi.
Turkiy tillar taraqqiyotining eng yangi turk davrini shartli ravishda XX asr deyilsa ham, aslida bu davr turkiy tillar taraqqiyotini XX asrning II yarmi belgilaydi. Chunki barcha turkiy ellar Ikkinchi jahon urushidan keyin siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan ravnaq topib, mislsiz darajada tez rivojlana boshladi.
Hamma turkiy xalq va millatlar tili taraqqiyotining mezoni bo`lgan xalq og`zaki ijodiyoti va yozma adabiyoti ravnaq topdi. Sobiq Ittifoqdagi hamma xalq va millatlarning jahon adabiyotiga tanilgan Oybek, G`afur G`ulom, H.Olimjon, M.Avezov, Ch.Aytmatov, T.Kaipberganov, R.Hamzatov, Samad Vurgun, Berdi Kerboboev kabi o`nlab adiblari va fan mutafakkirlari yetishib chiqdi.
Bundan tashqari, turkiy tillarni tasnif qilganda areal lingvistika materiallaridan foydalangan holda tillarning distinktiv (har bir tilga xos) belgilarini aniqlash lozim bo‘ladi.Turkiy tillarning tasnifi XI asrda Mahmud Koshg'ariy tomonidan berilgan bolsa ham, XIX asrgacha turkiy tillarning mukammal tasnifi yaratilmadi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus va chet el olimlari tasnif qila boshladilar. Bu tasniflarda bir xillik yo'q edi. Ularning ba'zilari turkiy tillarni hududiy-jo'g'rofiy jihatdan tasnif qilsa, boshqalari tillarning bir xil lingvistik belgisiga asoslanadi, ba'zi bir xil tasniflarda turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha bog’lanmaydi.Turkiy tillar tasnif, muammosi bilan M.Koshg’ariy, I.N.Berezin, N.LIlngmimkiy, F. Ye.Korsh, A.N.Samoylovich,S. Ye.Malov, V.A.Bogorodskiy, I.A.Batmanov, N.A.Baskakov, F.B.Stralenberg, A.Balngbi, A.Remyuza, A.Palngmblada, G.Vamberi, X.Vinkler, K.Foy, G.Raxmatiy, R.Arat, T.Bangi o'gli, T.Tekin, L.Ligeti, l.Nemet, K.Derfer, K.Grenbek, M.Ryasyanen, G.Ramstedt, l.Bentsig, K.Menges, V.Shott kabi olimlar shug’u llanganlar.
Jahon tillarini qiyosiy o`rganish XVIII asrning birinchi yarmidan boshlandi. Yer yuzidagi qarindosh tillarni fonetik, leksik-grammatik jihatdan qiyoslash, bir tomondan, har bir til oilasi uchun asos bo`lgan bobo tilni aniqlashga urinishni maydonga keltirilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, tilshunoslik fanining ham fan sifatida shakllanishiga sabab bo`ldi.
XVIII asrning II yarmida Hindistondagi Kalkutta madaniyat institutining professori, ingliz tilshunosi Uilyam Jonz qadimgi hind yozma yodgorligi bo`lgan sanskrit (“sanckrta” ishlangan, takomillashgan) tili va yozuvini yangi hind tili bo`lgan prakrit (“prakrta” – oddiy, sodda) tili va yozuviga qiyoslash, qadimgi sanskrit yozuvini yangi hind yozuvi prakrit asosida transliteratsiya qilish (qayta ko`chirish) natijasida qadimgi sanskrit tilining grek, lotin va hatto fors tillari bilan ham faqat o`zak so`zlar jihatidan emas, grammatik shakllariga ko`ra ham bir o`zakdan tarqalgan tillar ekanligiga asos soldi. XIX asr birinchi yarmida esa Uilyam Jons tomonidan maydonga tashlangan bu fikr butun Yevropa olimlarining diqqatini tortib, butun asr davomida o`sha davr mashhur tilshunoslari Frans Bopp, Rasmusk Kristian Rask, Yakob Grimm, A.X.Vostokov va Vilgelm fon Gumboldt tomonidan hind-ovro`pa tillari oilasi tarkibidagi tillarning ma`lum tizim asosida o`rganilishi qiyosiy-tarixiy tilshunoslikka jahon tillarini qiyosiy o`rganishning bosh yo`nalishi sifatida asos soldi.
Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o`rganish nisbatan ancha keyin XIX asrning oxiri va asosan XX asrning birinchi yarmida hind-yevropa, fin-ugor va boshqa til oilalari qiyosiy grammatikalari manbaida vujudga keldi. Shunga ko`ra ham, turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o`rganish, ularning mukammal ilmiy-qiyosiy grammatikalarini yaratish hozirgi turkiy tillar tilshunosligi oldidagi hali to`la hal qilinmagan, hal qilinishi lozim bo`lgan eng muhim muammolardan biridir.

Tillarni qiyosiy o`rganish garchi XVIII–XIX asrlarda g`arb mamlakati tilshunoslari tomonidan asoslangan deyilsa-da, aslida bu Sharqda o`rta asrlardan boshlangan bo`lib, turkiy tillarni qiyosiy o`rganishning asoschisi XI asr mutafakkir tilshunosi Mahmud ibn Husayn Muhammad Koshg`ariydir. U Koshg`arda tug`ilgan, Koshg`ar, Samarqand, Buxoro, Marv, Nishopur, so`ngra Bog`dodda ta`lim olgan, mashhur arab tilshunoslari Xalil ibn Ahmad va Sibovayhiyning tilshunoslikka doir asarlari bilan tanish bo`lgan.


Mahmud Koshg`ariydan bizgacha “Javohir un-nahv fil-lug`atit turkiya” (Turkiy tillar sintaksisi javohirlari) va “Devonu lug`atit turk” (Turkiy so`zlar to`plami) asarlari yetib kelgan bo`lib, u bu asarlarida o`zi yashagan davr turkiy urug`, qabila va elatlarning tarixi, etnografiyasi, xalq og`zaki ijodi, xususan til xususiyatlari haqida ulkan meros qoldirgan.
Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`atit turk” asari taxminan 1071–1073 yillarda yozilgan bo`lib, uning Abu Bakr Damashqiy tomonidan 1265–1266 yillarda Koshg`ariyning asl qo`lyozmasidan ko`chirilgan nusxasi 1914 yilda topildi va shu asosda 1915–1917 yillarda Turkiyada “Devon” ning uch jildi nashr qilindi, 1928 yilda Vengriyada K.Brokkelman tarjimasida nemis tilida, 1939 yilda Turkiyada Basim Atalay tarjimasida turk tilida va nihoyat 1960–1963 yillar orasida Toshkentda o`zbek tilshunosi Solih Mutallibov tarjimasida o`zbek tilida nashr qilindi.
“Devonu lug`otit turk” ikki qism – muqaddima va lug`at qismlaridan iborat bo`lib, uning muqaddima qismida muallif o`sha davrda Shimoliy Xitoydan tortib butun Movarounnahr, Xorazm, Farg`ona, Buxorogacha yoyilgan katta hududlarda yashovchi urug`lar, qabilalar, elatlar va ularning tillari haqida, qabila va qabilalar uyushmalari tillarining fonetik va morfologik xususiyatlari haqida qimmatli ma`lumotlar beradi.

M.Koshg‘ariy «Devoni lug‘otit turk » asarida turkiy tillarning birinchi tasnifini bergan. U turkiy tillarni tasnif qilganda ikki tamoyilga asoslanib ish ko‘radi:


1) qabilaviy tillarining sofligiga (to‘g‘riligiga) ko‘ra;
2) qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra.
Mahmud Koshg‘ariy qabilaviy tillarning sofligi tushunchasi ostida turkiy bo‘lmagan tillar ta’siri darajasini tushunadi. Shunga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi:
a) sof, to‘g‘ri til;
b) aralashgan turkiy qabila tillari.
“Devon”da turkiy tilda so`zlashuvchi urug` va qabilalar ikki guruhga ajratiladi.
1. Faqat turkiy tilda so`zlashuvchi urug` va qabilalar.
2. Turkiy va boshqa tillarda so`zlashuvchi urug` va qabilalar.
Birinchi guruhga arg‘u, qirg‘iz, o‘g‘uz, to‘xsi, yag‘mo, chigil, jaruq kabi tillar kiritilib, yamak va boshqird tillarini ham bu tillarga yaqin deb ko‘rsatadi.Uning fikricha tillarning yengili o‘g‘uz tili, eng to‘g‘risi va yaxshisi yag‘mo, to‘xsi tillari. Itil, Irtish bo‘ylaridan uyg‘ur shaxharlarigacha bo‘lgan hududlardagi tillar ichida Hoqoniya o‘lkasida yashovchi qabillar tili (qoraxoniylar davlati tili) ni eng ochiq va ravon til deb baholaydi.
Ikkinchi guruhga Bolosog‘un, Taroz, Chin, Xo‘tan, Tibet shaharlari aholisining tili kiritilib, ularning sof turkiy tilda emas, balki boshqa tillardan ham foydalanib so‘zlashishlarni qayd etadi. Anglashiladiki, ikkinchi guruhga mansub urug` va qabilalar hali ham hududiy, ham siyosiy-iqtisodiy jihatdan Xitoy va mo`g`ullardan u qadar uzoqlashmaganligi sababli o`z muomalalarida ko`plab xitoy va mo`g`ul leksikasidan foydalangan bo`lishlari mumkin. Yil - jыl, yur-jur, men-ben, muz-buz, til-dil, tag-dash, to‘rt-do‘rt kabi.
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif qilishda tillarning geografik tarqalishi tamoyilini ham ko‘zda tutadi. U fonetik va morfologik mezonga asosan turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi:
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qorluq, uyqurlardan boshlab yuqori Chingacha bo‘lgan qabilalar tillari.(sharqiy)
.2. O‘g‘uz, argu, qipchoq, totor, yamaq, suvorin va Rusdan Vizantiyagacha (Rumgacha) joylashgan qabilalar tillari.(g‘arbiy)
Sharqiy va g‘arbiy turk qabilalari tillari orasida qator fonetik hamda morfologik farqlar mavjud.Umuman, Mahmud Koshgariy X1 asrdagi turkiy qabila tillarining tasnifi uchun 6 fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan. Bularning barchasi Mahmud Qoshgariyning turkiy tillarning asosiy xususiyatlarini, ularni orasidagi o‘xshash va farqlarni yaxshi tushuna olganligidan, uning chuqur va har tomonlama lingvistik bilimga ega ekanligidan dalolat beradi
“Devoni lug‘otit- turk”dagi 20 ta qabila nomlari
Turklar aslida 20 qabiladur. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor. Men bulardan asosini, ona urug‘larini yozdim, shahobchalarini tashladim.Bajanak, qifchoq, o‘g‘uz, boshqirt, yamak, basmil, qay, yabaqu, tatar. qirqiz. chigil, to‘xsi, yag‘mo. ig‘raq, jaruq, jumul, uyg‘ur, tangut, xitoy, tafqach.
Bulardan tashqari, yana bir qancha qabilap va elatlar nomi tilga olinib, ular haqida ham yo‘lyo‘lakay fikr bildirilgan: sug‘daq, kanjak, arg‘u, xo‘tan, tubut, bulg‘or, suvar, tojik.Qarluq, jikil, bo‘lak, kujo, xalach, turkman, bayat.O‘g‘uz guruhiga tegishli 22 urug‘ nomi ko‘rasatilgan – qiniq, qayig‘, bayundur, ifa/iva, yiva, salg‘ur, afshar, bektili, buktuz, boyot, yozg‘ir, aymur, qorabulluq, olquabuluq, igdar, urakir, yuragir, tutirqa, ulayundlug‘, tugar, bajanak, juvoldor, jabgt, jaruqlug‘.

Mahmud Koshg`ariy qiyoslanayotgan tillarning tovush tizimiga katta e`tibor bergan. Bu sohada u turkiy ifoda uchun nomuvofiq bo`lgan arab harflariga qo`shimcha belgilar kiritib, turkiy talaffuzga moslashtiradi, turkiy tillardagi turli fonetik qonuniyatlar haqida fikr yuritib, hatto turli turkiy qabila va elat tillaridagi tovush almashinish hodisalarini ham aniq tasvirlab beradi:


1) y~j: yil~jыl, yүr~jүr;
2) m~b: mәn~bәn, mүz~bүz;
3) t~d: til~dil, tash~dash;
4) y~z: ayaq~azaq, ayыg`~azыg`;
5) y~n: qanda~qayda;
6) g~y: teg~tiy, ѳgran~uyran kabi.
“Devon”ning lug`at qismida 7500 ta, ba`zi adabiyotlarda aytilishicha, 9 mingga yaqin turkiy so`zlar arabcha izohlanadi.

O`rta asrlarda turkiy tillarning qiyosi haqida asli Afrikadagi Berber qabilasiga mansub bo`lgan, Ispaniyaning Andalusiya viloyatida tug`ilgan, Bog`dodda ta`lim olgan va ijod qilgan arab tilshunosi Asiritdin Abu Hayyon al-Andalusiyning “Kitob al-idrok lison ul-atrok” (turklar tilini tushunish kitobi), arab sayyohi Jamolitdin ibn Muxannaning “Xayvat ul lison xalibatul bayon”, Jamolitdin at-Turkiyning “Bi lug`at al-mushtoq” va muallifi noma`lum bo`lgan “Kitob at-tuhfatuz zakiyati fil lug`atit turkiya” (Turkiy tillar zakovatlari haqida tuhfa) nomli asarlarida qorliq, o`g`iz va qipchoq guruh turkiy tillarning leksikasi, fonetik-grammatik xususiyatlari haqida boy material berilgan.


Urol, Oltoy, Sibir, qisman O`rta va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turkiy elat va xalq tillari, etnografiyasini o`rganish, bu davrdagi turkiy tillarni qadimgi yozma manbalar asosida qiyoslash XVIII–XIX asrlarda qizg`in pallasiga kirdi.
Turkiy tillarning mukammal qiyosiy grammatikalari asosan XX asrning II yarmida Rossiya fanlari akademiyasi Moskva va Sankt-Peterburg tilshunoslik institutlari olimlari tomonidan yaratildi. N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, N.Z.Gadjieva, A.M.Shcherbak, E.R.Tenishev, L.S.Leviskaya, L.A.Pokrovskaya kabi rus tilshunos olimlarining ko`p yillik samarali izlanishlari natijasida turkiy tillarning bir necha jildlik ilmiy tarixiy grammatikalari va monografiyalari yaratildi.

M.Koshg‘ariydan keyin turkiy tillarni o‘rganish va tasniflash, asosan, XIX asrdan boshlandi.1730 yilda XVIII asr boshlarida avval Paltava guberniyasi va Sibirda asirlikda yashagan shved zobiti Tabbert-Stralenbergni o`sha hududlarda yashovchi turkiy elatlar tilidagi yaqinlik qiziqtirib qo‘ydi. Stokgolmda Filipp Iogann Tabber Stralenberg “Yevropa va Osiyoning shimoliy va sharqiy qismlari” nomli asarida Sibirning tarixi, iqlimi, shaharlari, Sibirda, Osiyo va Yevropaning shimoliy va sharqiy qismida yashovchi 32 xalqni, ularning tilini o‘rganib, ota, ona, shahar, ko‘z kabi tushunchalarni ifodalovchi 60 ta so‘zni shu tillarga tarjima qilib, ularning bir-biriga munosabatini aniqlaydi. U Sibir o‘lkasidagi xalqlarni tatarlar deb nomlab, bu tillarni 6 guruhga ajratadi.


1. venger, fin, mordva, cheremis, permyak, votyak, ostyak;


2. turk, qrim-tatar, o‘zbek, qirg‘iz, turkman, tatar yoqut, va chuvash;
3. samodiy tillari;
4. mo‘g‘ullar-manjurlar- qalmiqlar, sanjurlar, tangutlar, kamasin.
5. tunguzlar, arinlar. Koryaklar. Qurillar.
6. avar, qumiq, kubachin, cherkas.
Stralenberg bu tasnifda bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, lekin uning ilmiy asosi to‘g‘ri, shuning uchun bu tasnif fan tarixiy ijobiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning asari Yevropada katta qiziqish bilan qarshi olingan: asar ingliz (1738), fransuz (1757), ispan tiliga (1780) tarjima qilingan.

Yüklə 60,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin