I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrantlarga bolalar adabiyotining istiqlol yillaridagi taraqqiyoti tendensiyalari, rivojlanish omillari, ijodiy-uslubiy izlanish nazariyalarini o’rgatish hamda egallangan tizimli bilimlarni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi –magistrantlarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, o`zbek bolalar adabiyoti rivojida kuzatilgan hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Ushbu dasturning avvalgi dasturlardan farqi shuki, unda qayd etilgan mavzular ularning mazmuni ilg‘or xorijiy tajribalar jumladan, o‘quv modullari nomi, muvofiq ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzulari mantiqan o‘zgartirildi hamda uning tarkibiga ayrim yangi mavzular kiritildi. Avvalgi fan dasturlarida mavjud bo‘lgan mavzular bilan bir qatorda quyidagi yangi mavzularni ochib berish ko‘zda tutildi:
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1-mavzu. O`zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yaratilishi. G‘afur G‘ulom – bolalar shoiri va nosiri. Ilyos Muslim, Qudrat Hikmat, Po‘lat Mo‘min va Zafar Diyor she’riyatining muhim tamoyillari
2-mavzu.O`zbek bolalar adabiyotining yangilanish omillari Bolalar adabiyotida janriy va shakily izlanishlar. Badiiy tafakkur yangilanishining asosiy manbalari. Bolalar adabiyotida poetik tafakkur ifodasi.
3-mavzu.Istiqlol davri bolalar she’riyati Davr bolalar she’riyatining yetakchi xususiyatlari.Adabiy jarayon va badiiy tafakkurdagi evrilishlar. Bolalar she’riyatining ma’rifiy, ijtimoiy-estetik xususiyatlari.
4-mavzu. Istiqlol davri o`zbek bolalar she’riyatidagi o`ziga xoslik: shakliy izlanish, geometrik va alifbo she`rlar Istiqlol davri bolalar adabiyotining o‘ziga xos xuxuxiyatlari. Kavsar Turdiyeva- bolalar shoiri va dramaturgi. Dilshod Rajabov- bolalar shoiri.
5-mavzu. Bola ruhiyatini yangicha idrok etish usullari Bola obrazining realistik, hajviy, ramziy majoziy talqini. Bola obrazida milliy, umuminsoniy qadriyatlar.
6-mavzu. Bolalar she’riyatida ijodiy-uslubiy izlanishlar An’anaviy mavzularga yangicha yondashuvlar. Bolalar she’riyatida janriy-uslubiy takomil. Bolalar she’riyatida falsafiy va lingvokreativ xususiyatlar.
7-mavzu. Istiqlol davri bolalar nasri va dramaturgiyasidagi izlanishlar O‘zbek bolalar nasrining ayrim tamoyillari va janriy xususiyatlari. Istiqlol davri bolalar qissa va hikoyalarining mavzuviy-g‘oyaviy mundarijasi, ifoda usullari hamda badiiy-kompozitsion ahamiyati.
8-mavzu. Zamonaviy bolalar hikoyalarining xususiyatlari Bolalar hikoyalarining mavzu-mundarijasi. Bolalar hikoyalarida makon va zamon ifodasi. Bola obrazining va ruhiyatining yangilanishi.