Undoshlarning yonma-yon kelishi O`zbek tilida Fors-tojik tilida St Ost, ust Sht Go`sht, musht Lt Yilt, milt Xt Daraxt, baxt Rt To`rt, turt, qurt Rg Barg OHANG VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI Nutq ketma-ket kelgan tovushlar yig`indisi yoki zanjirsimon ulanishdan iborat bo'lib, u talaffuz davriga
ko`ra oldinma-keyin kelgan fonetik birliklarga bo`linadi. Bunday bo‘linuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og`zaki nutqimiz faqat segment
birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo`linuvchanlik xususiyatiga
ega bo`lgan tovushlar qatori ustiga qo`yilgan ustsegment (supersegment) birliklaga ham ega bo`ladi va
bu birliklar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.
Segment birliklar Nutq tovushlari, bo`g`in
Ustsegment birliklar Urg`u, to`xtam (pauza), nutqning emotsional bo`yog`i (darak, so`roq, buyruq,
his-hayajon)
Og`zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o‘zaro munosabatidan iborat
bo‘ladi. Ko`pincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qo`shilib, nutqimizni yana ham ta’sirli, bo`yoqdor qilishga
xizmat qiladi.
Nutqiy aloqaning eng sodda, eng boshlang`ich shakli bo`lgan ikki bo`lakning sintaktik munosabati
sintagma (takt) deb ataladi. Sintagma bir so`zdan, so`zlar guruhidan va butun bir gapdan iborat bo`lishi
mumkin.
Sintagmaning bo`laklari 1. Biri ikkinchisini aniqlab kelish yo`li bilan
bog`langan ikki so‘z
Qiziq xat, xat yozdim, chiroyli yozdim. 2. So`zning
morfologik
qismlari,
morfemalar,
morfemalaming birikuvi
Suv+chi, talaba+man, bog`bon+siz 3. Gapning bir bo`lagi bo`lib kelgan so'z birikmalari “Og`riq tishlar”ni ko`rdik. Qo`l uchi bilan ishlaydi. Ayrim hollarda sintagma bilan so`z birikmasini tenglashtirish hollari ham uchraydi. Lekin nutq jarayonini
kuzatish sintagma va so`z birikmasini aynan bir narsa emasligini, har doim ham bir-birga teng
kelavermasligini ko`rsatadi. Masalan,
“Biz yoshlar, mustaqil Vatanimizni sevamiz” gapida 3 ta sintagma va
2 ta so`z birikmasi mavjud.