Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə25/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:

  • O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo’’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.

  • Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.

  • “Boburnoma” ni 1826 yilda ingliz tiliga tarjima qilgan V.Erskin hamda Djon Leyden Boburga baho berarkanlar “Biz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari zukko va talantli kishilarni kamdan-kam uchratamiz. Undagi aqlning aktiv faoliyati, xushchaqchaq, sovuqqonlik, bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan saxiylik, mardligi, iste’dodiligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta ham podshoh topaolmaymiz”, - deb yozadilar.


Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin