Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: “Fikrlar olami” mashqi



Yüklə 19,01 Mb.
səhifə28/39
tarix02.10.2023
ölçüsü19,01 Mb.
#151519
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

Topshiriq: “Fikrlar olami” mashqi. O’quvchilardan: Bugungi kunda fan-texnika qanday rivojlanmoqda? degan savol bilan o’rtoqlashamiz.
Izoh: O’qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o’quvchilarning o’zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo’lishlikka, faollikka, jon’uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil


23-Mavzu: Hamma kasblar kerak, hamma kasblar muhim!
Kun shiori: “Orzusiz inson bo’lmaydi, orzusiz yashab bo’lmaydi”
Maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o’z orzulari uchun harakat qila olishlikni, izlagan imkon topa olishini ular ongiga singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Intilganga tole yor, o’z orzularingiz, tanlagan kasbingiz yo’lida hech tolmang!”
O’qituvchi:
Kasbning eng yaxshisi kishining , o’z qo’li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir. Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar.
Har qanday inson hayotining mazmunli va samarali o'tishida u tanlagan kasb yoki biror-bir hunar muhim o'rin tutadi. Chunki qobiliyatiga mos bo'lgan biror-bir kasbni egallagan va shu qiziqishlar orqasidan izlanishlar olib borgan insonlar, albatta, hayotda o'z o'rinlarini topa oladilar. Bunday natijaga erishish uchun ta'limning ilk bosqichlaridayoq mustahkam bilim olish talab etiladi. Bu esa o'z o'rnida pedagog xodimlar zimmasiga bir qancha vazifalarni yuklaydi. Kasb-hunarga yo'naltiruvchi o'qituvchilar va psixologlar o'z vazifalarini sidqidildan ado etib, o'quvchilarga mavjud kasblar, hunarlar haqida to'liq va aniq ma'lumotlar berib borishlari zarur.
Kasbiy axborot berish o'quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblar, mehnat bozorining holati, xo'jalik majmuasining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojlari, kasblar bozori rivojlanishining mazmuni va kelajagi, kasblarning shakllari, kasb egasiga qo'yiladigan talablardan iboratdir.
Darhaqiqat,bu dunyoda kasblar juda xilma-xil. Kasblar orqali hamma o’zining yo’lini topib oladi va jamiyatda o’z o’rniga ega bo’ladi. Siz mustaqillik sharofati bilan, juda katta imkoniyatlar yurtida ta’lim olasiz.

Yüklə 19,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin