7-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar
Milliy va umummadaniy kompetensiya vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga etiqodli bolish, badiiy va sanat asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va soglom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz, Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi, Manaviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:
O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning motabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
Boburnoma ni 1826 yilda ingliz tiliga tarjima qilgan V.Erskin hamda Djon Leyden Boburga baho berarkanlar Biz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari zukko va talantli kishilarni kamdan-kam uchratamiz. Undagi aqlning aktiv faoliyati, xushchaqchaq, sovuqqonlik, bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan saxiylik, mardligi, istedodiligi, fanga, sanatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta ham podshoh topaolmaymiz, - deb yozadilar.