Tushuntirish xati



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə59/67
tarix02.01.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#46035
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
8-sinf Sinf soati

MMIBDO‘: ______________________

Sinf rahbar: ______________________

29-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Vatan siylar Vatanini sevganlarni!”



Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`tganlar ruhini shod etmoqlikka, tinch kunlarga shukronalikka, tiriklar qadriga yetmoqlikka o`rgatish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Vatan tanlanmaydi, Vatan ardoqlanadi! Vatan saralanmaydi, Vatan siylanadi! Vatanning issiq-sovug`idan ozorlanmaydilar aksincha uning sarhadida ogoh turib, tinchligini saqlaydilar, dalayu dashtiga oro beradilar! Shundan cho`llarida bahorlar kuladi!” Zaminida duru gavharlar unadi!”.

“Tarixdan saboq olib, zamon bilan hamqadam bo`lib yashash – bugungi hayotning o`tkir talabi” degan chiqishi bilan O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 2012-yil 9-may kuni Poytaxtimiz Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarar ekan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahonda va yon-atrofimizdagi mavjud vaziyat haqida o`ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdi.

Davlatimiz rahbarining bu chiqishi, uning barcha nutq va ma’ruzalari kabi, o`zining dolzarbligi, keng qamrovi, teran mantiqiy asosi, amaliy xulosa va takliflar bilan xalqimiz, jamoatchiligimiz o`rtasida katta qiziqish uyg`otdi.

Mazkur suhbatda, avvalo, xalqimizning fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga munosib hissa qo`shgani alohida ta’kidlab o`tildi.

“Agarki ana shu dahshatli urushda 1,5 million yurtdoshimiz qatnashganini, shundan taxminan 500 ming vatandoshimiz halok bo`lganini inobatga oladigan bo`lsak, bu fojia O`zbekistondagi birorta xonadonni chetlab o`tmagani ayon bo`ladi”.

Darhaqiqat, bu raqamlarning mag`zini chaqadigan bo`lsak, ular xalqimiz boshiga tushgan cheksiz qayg`u-alam va iztiroblardan dalolat berishi o`z-o`zidan ravshan bo`ladi.

“Oradan yillar o`tadi, zamonlar o`tadi, lekin xalqimizning ko`ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi,- dedi davlatimiz rahbari. – Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o`z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg`ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko`rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o`z o`g`lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning oxirati obod bo`lishini Yaratganimizdan so`raydi”.

O`tganlar xotirasini o`z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo`lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi.

Xotira maydonida jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan suhbatda tarixiy xotira tushunchasiga har tomonlama ilmiy va hayotiy asosda ta’rif berildi.

“Tarixiy xotira – bu umr mazmuni, avlodlar o`rtasidagi vorislik tuyg`usini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog`lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to`g`ri yo`l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo`l qo`ymaslik, ularni ko`z qorachig`idek asrash demakdir ”

Vatanbizning qimmatimiz, nomusimiz, orimiz. Shu bois unga g`animlar tajovuz qilganida or-nomusli, g`ururli farzandlar oyoqqa turishgan.

Hammamizga ma’lumki, Vatanimizning janubiy sohasi – Surxondaryo hududlariga 2000 yil avgust oyida terrorli jangarilar suqulib kirdilar. Dushmandga qarshi kurashda jasorat va matonat ko`rsatganlar ancha. Ulardan bir nechtasi Vatan uchun, xalq osoyishtaligi uchun jonlarini qurbon qildilar.

Kim agar jon tikib vatan yo`lida

Millat orzusi deb yelsa – yugursa

Adolat yo`lida, iymon yo`lida,

Har doim bir tomon – xalqqa intilar,

Uni unutmagay ozod bo`lgan xalq

Olam-olam gullar atri boshimda,

Mangu uyqudaman yigit yoshimda,

Quyosh yarqiraydi marmar toshimda.

Netayki, shod kunlar bo`lmadi nasib,

Ko`z yumdim mardlarcha elga munosib.

Surxondaryo hududlaridagi jangda Alisher, Elomon, Abduhalim, Yunus, Doniyor, Qahramon, Ulug`bek, Mahmudjon, G`afurjon, Boburjon, Marufjonlar mardlarcha halok bo`ldilari.Bunday vatan fidoyilarining xotirasi hech qachon xalq yodidan ko`tarilmaydi. Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o`zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarimizni urug`lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli va iztirobli sana o`zimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida vatan va yurt uchun g`urur va iftixor tuyg`ularini uyg`otishga xizmat qiladi.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin