Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


-mavzu: Ipak qurti biologiyasi - 2 soat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə30/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

8-mavzu: Ipak qurti biologiyasi - 2 soat.
Reja:

  1. Pillachilikning qishloq xo’jaligidagi axamiyati.

  2. Tut ipak qurtining xayvonot olamida tutgan o’rni.

  3. Ipak qurtining turlari.

  4. Tut ipak qurtining rivojlanish davri.

Tayanch iboralar: Pillachilik, pilla, ipak qurti, tabiiy tola, ipak qurti turlari, yovvoyi qurtlar, madaniy ipak qurti, qurtning rivojlanishi, ipak qurti biologiyasi.
Pillachilik qishloq xo’jaligining muxim tarmoqlaridan biri bo’lib, to’qimachilik sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydi.
Respublikamiz xalq xo’jaligi va axolining turmush darajasi yaxshilangan sari uni tabiiy ipakdan to’qilgan turli kiyimlarga bo’lgan extiyoji xam ortib bormoqda. Tabiiy ipakdan qimmatli, pishiq gazlamalar to’kilib, undan aviatsiya, kosmonavtika sanoatida, tabobatda, radiotexnika va boshqa soxalarda keng foydalaniladi. Shuning uchun
Respublikamizda ipakchilikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.
Hozirgi zamon ipakchiliining vatani janubi-sharqiy Osiyodir. Xitoyda eramizdan qariyb 3000 yil ilgariroq tabiiy ipak tayyorlash bilan shug’illanilgan. O’rta Osiyo ipakchilik 4 asrda kirib kelgan. Ammo keyingi yillardagi tekshirishlarga qaraganda Movarounnaxrda ipakchilik juda qadimdan (eramizdan oldin) mavjudligi tasdiklanmoqda.
Ipak qurtining bir necha turlaridan ipak olinadi. Bu turlardan xonakilashtirilgani tut ipak qurti faqat tut bargi bilan oziqlanadi va uzunligi 1000-1500 m dan ortiq ingichka toladan iborat pilla o’raydi.
Yuqori sifatli va rang-barang shoyi matolar dunyoda, ayniqsa Sharqda qadim zamonlardan mashxurdir. Shoyi Xitoydan Markaziy Osiyo orqali Yevropa mamlakatlariga xam olib borilgan. Natijada keyinchalik «buyuk ipak yo’li» deb atalgan savdo va madaniy aloqalar yo’li- madaniyati birlashtiruvchi yo’l vujudga keladi.
Buyuk Amir Temur xokimlik qilgan davrda davlatning butun xududida, ayniqsa Markaziy Osiyoda «Buyuk ipak yo’li» buylab joylashgan Samarqand, Shaxrisabz, Buxoro, Turkiston shaxarlari va Farg’ona vodiysida pillakashlik, ipakchilik va shoyi matolar to’qish sanatining rivojlanib, kiyim bosh uchun ipakka zar va kumush iplar aralashtirib to’qilgan shoyi gazlamalar paydo bo’lgan . Bunday kiyimlar «Buyuk ipak yo’li» orqali Yevropa mamlakatlariga tarqalgan.
XX asrning boshlarida Yaponiya xom ipak tayyorlashda dunyoda birinchi urinni egalladi va ikkinchi jaxon urushi boshlanishi oldidan 360-375 ming tonna xom pilla tayyorlashga erishdi.
Ipakchilik deganda pilla yetishtirish uchun zarur bo’lgan murakkab jarayonlar majmuasi tushunilib, tutzorlar barpo qilish, qurt urug’ini ochirish (urug’ni jonlantirish), qurt boqish; naslchilik ishlari; qurt urug’ini tayyorlash (qurt urug’i yetishtirish); pillaga dastlabki ishlov berish; (G’umbakni uldirish va pillani kuritish); ipak qurti kasalliklari, zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqiladi.
2007 yilda mamlakatimizning xamma viloyatlarida tut ipak qurti boqilib respublikamizda 16600 tonnadan ortiq sifatli pilla tayyorlanib, davlat rejasi ortiqi bilan bajarildi.
Pillachilik qishloq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri - paxtachilik bilan juda uyg’unlashib ketgan. Tut daraxtlari ipak qurti uchun oziqa manbai bo’lishi bilan birga paxtazorni, G’o’zalarni garmsel va boshqa ta’sirlardan ximoyalaydi, sug’orish kanallarining qirg’oqlarini mustaxkamlaydi.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ida fermer xo’jalikning ko’paytirish ipakchilikni yanada rivojlantirish imkoniyatini tug’diradi.
Ipak qurti biologiyasi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin