Tayanch iboralar: Tut, daraxt, Xitoy, Yaponiya, qoreya,
pillachilik, oziqa bazasi, barg ipak surtining asosiy ozig’i, barg sifati, oziq moddalar, tut, daraxt, ildiz, o’q ildiz, popuk ildiz, ildizning rivojlanishi, morfologik va anatomik tuzilishi, ildiz rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri, daraxt, tana, kunda, novdalar, ko’p yillik novdalar, bir yillik novlar, markaziy va skelet novdalar, po’kak qism, po’sti, kambiy to’qimasi, yillik halqalar, barg, fotosintez jarayoni, transpiratsiya, barg yuzasi, fizik xususiyatlari, biokimyoviy tarkibi, oziqalik sifati, aniqlash usullari. tut,gul, meva, urug’, to’p meva, ikki uyli, ayrim jisli, chetdan changlanish, qo’sh jinsli, urg’ochi gullar, erkak gullar, urug’, urug’ chiqimi, urug’larni saqlanuvchanligi.
Tut qadimiy daraxtlardan biri xisoblanadi. Xitoyda bundan 5000 yil muqaddam uning bargi bilan ipak qurti boqilgan. O’rta Osiyoda va Kavkaz orti davlatlarida tut bargi ipak qurtiga berila boshlaganiga 1500-2000 yil bo’lganligi taxmin qilinadi.
Tut daraxti uzoq umr ko’radigan o’simliklar qatoriga kiradi.O’rta Osiyoning ayrim rayonlarida 300 va xatto undan ortiq 500 yil yashagan juda katta tutlarni uchratish mumkin.
Tabiiy sharoitda ko’pchilik tut daraxtlarining shox-shabbalari keng tuxumsimon shaklda zich o’sadi. Shu bilan birga ayrim tutlar shox- shabbasining shakli to’garak (sharsimon), novdasi egri-bugri (Ilon tut) xamda pastga qarab o’sadiganlari (Majnun tut), ba’zan esa shox-shabbasi uzun piramida ko’rinishida uchraydi. Bunday tutlar juda kamxosil, bargi sifatsiz bo’lganligidan undan ipak qurtiga oziq sifatida foydalanilmaydi, asosan istiroxat bog’lari, maydonlar va ko’chalarga manzara berish uchun ekiladi.
Pillachilikning oziq bazasi sifatida ekiladigan tutlar serxosil, baland tanali yoki buta shaklda, ko’p kallakli qilib o’stiriladi.
Tut tez o’sadigan daraxtlar qatoriga kiradi, novdalari kesilganda u tezda yangidan novda xosil qiladi. Ammo, yil sayin tut daraxtlarining bargli novdalari ipak qurtiga oziq sifatida kesib turilganligidan 50-70 yoshga kirgach qariydi va xosildan qola boshlaydi.
Tut daraxtining hayot kechirishini shartli ravishda (M.I.Grebinskaya, 1961) uch davrga bo’lish mumkin: birinchi davr - urug’dan ungandan keyin mevaga kirguncha - 5 yoshgacha davom etib, bu vaqtda u juda jadal o’sadi; ikkinchi davr- 5-50 yoshgacha bo’lib, uning birinchi yarmida meva va hosil ko’payadi, bargli novdalar, tana va shoxlar o’sishi tezlashadi, uchinchi davrda novda va tananing o’sishi sustlashadi, meva va barg hosili kamayadi, shoxlari quriy boshlaydi va tananing o’zak qismi hamda uning atrofi chiriy boshlaydi. Bu davr 50 dan 100 yoshgacha davom etadi.
Qurt boqish uchun bargidan foydalaniladigan tutlar o’rta, baland bo’yli va butasimon ko’rinishida ko’p kallakli shakllanib o’stiriladi. Bu xildagi tutlarning yer ustki qismi tana, shox - shabba hamda bargli novdalardan iborat.
Shox-shabbalarning ko’rinishi sadasimon yoki supurgisimon,
piramidasimon, dumaloq (sharsimon) shakllarda, bargli novdalari siyrak yoki qalin joylashgan, har tomonga tarvaqaylagan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari pastga qarab o’suvchi ( Majnun tut) va egri-bugri novdali (Ilon tut) tutlar ham uchraydi. Bu xildagi tutlarning barg hosili juda oz bo’lib, ipak qurtiga deyarli ishlatilmaydi va ular manzarali daraxt sifatida ekiladi.