Tut daraxti bargining tuzilishi va ipakchilikdagi axamiyati. Tut bargi daraxtning muxim organi bo’lib, unda fotosintez, gaz almashinishi, suvning bug’lanishi (transpiratsiya) kabi marakkab fizik, bioximik va fiziologik jarayonlar ro’y beradi. Tut bargi ipak qurtiga asosiy oziq bo’lgan ligi uchun xam juda katta xo’jalik axamiyatiga egadir. Bargda ipak qurtining extiyojiga kerakli bo’lgan oqsillar, qand, moy, suv va xar xil vitaminlar kerakli miqdorda mavjuddir.
Voyaga yetgan bir tup tut daraxti barglarining satxi 60-80 m ni tashkil etadi. Shu sababli barglar orqali xavodan olingan karbonat angidridi, ildiz sitemasi orqali tanaga o’tib turuvchi suv va mineral moddalarni sintez qilish xisobiga ko’plab organik moddalar (shakar, kraxmal, oqsillar) xosil bo’ladi. Bargning yana bir asosiy vazifasi tuproqdan surilgan suvlarni xavoga bug’lantirishidir. Suvning juda oz (10% gacha) qismi fotosintez jarayoni va ko’pi (90 % dan oshikrogi) transpiratsiya xodisasi ro’y berganligi tufayli tana orqali yuqoriga ko’tariladi va o’simlikning barcha tirik xujayralari u bilan to’la ta’minlanadi. Shu bilan birga bu jarayon o’simlikni yoz jaziramasi paytida qizib ketishdan xam saqlaydi. Tut daraxtining barglari katta so’rish kuchi (10-16 atmosfera)ga egadir.
Tut bargi oddiy tuzilgan bo’lib, u barg shapalog’i, barg bandi va barg yonligidan iborat. Barg shapalog’i barg bandi orqali novdaga tutashib, uni quyosh nuriga tik (perpendikulyar) xolatda yo’naltiradi xamda shamolning barg shapalog’iga urilish kuchini susaytirib turadi.
Tut barg shapalog’ining katta-kichikligi uning tur yoki naviga, novdada joylanishiga, ipak qurtini boqish uchun bargli novdalarni kesib turilishiga, quyosh nurining kam yoki ko’p tushishiga, tuproqdagi namlik va oziq moddalarning miqdoriga bog’liqdir. Masalan, Sovuqqa chidamli, «O’zbekskiy» va «Golodnostep-6» navlarining bargi, jaydari tutlar va ayniqsa Xasak tutnikidan yirik, novdaning o’rta qismida joylashgan barglari yirikroq, ostki va ustki qismidagilarniki maydaroq; oldingi yilda xosil bo’lgan novdalar va yon shoxdagi barglar kichikroq, ko’klamgi qurtga kesilgandan keyin yozda o’sgan novdalardagi barg satxi kattaroq bo’ladi (A.I.Federov, 1954; M.I.Grebinskaya, 1968). Soyada o’sgan tutlarning bargi katta, lekin yupqa, serquyosh yerda o’sgan tutning bargi qalin, ammo kichikroq bo’ladi. Unumdor, sernam va o’g’itlangan (ayniqsa azot bilan) xamda yaxshi ishlov berilgan yerda o’sgan tutlarning barg shapalog’i quruq yerda, O’g’itlanmagan va yaxshi parvarish qilinmagan tutlarnikiga nisbatan 1,3-1,8 baravar kattaroq bo’ladi.
Umuman tut daraxtining barg shapalog’i katta-kichikligi jixatdan: mayda (Xasak tut - bo’yi 8x7 sm, o’rtacha «O’zbekskiy» navi- 18,5x 15,1 sm) xamda yirik «Pobeda» navi -30x26 sm) xillarga bo’linadi.
Tut bargi shapalog’ining kertikligi bo’yicha bir, ikki, uch, to’rt kertikli xamda ko’p kertiklikka (qaychi) bo’linadi. Agar barg shapalog’ining qirrasi kertiksiz bo’lsa yaxlit barg, kertikligi barg asosiy (markaziy) tomirining yarmigacha borsa qisman kertiklik, asosiy tomirgacha yetsa, qaychi barg deb yuritiladi.
Bargdagi bunday o’zgaruvchanlikni olimlar turlicha talqin etishadi. Masalan: A.Kerner, tut va qog’oz daraxtlari barglarining kertikli bo’lishi shox-shabbaning pastki qismida joylashgan barglarni quyosh nuridan tularoq baxramand bo’lishga yordam beradi, deydi I.N.Shavrov tut barg shapalog’ining kertikli darajasini bargli novdalarni ipak qurtiga oziq sifatida kesib turilishi bilan bog’laydi. Bu fikrga professor A.I.Federov (1954) to’liq qo’shilmaydi. Chunki, deydi A.I.Federov, ko’pchilik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, tut novdalarini kesib turilishdan qat’iy nazar ayrim daraxt va xatto bir novdada xar xil darajadagi kertikli barglar uchrab, bargni novdada pastdan yuqoriga qarab joylanishi bo’yicha kam kertikli barglar ko’p kertikli (qaychi barg) ga aylanadi va aksincha bu xildagi barglar yaxlit (kertiksiz) barg ko’rinishiga o’tishi mumkin. Yaxlit bargli tut novdalarining qurtga kesilishi tufayli yangi o’sganlarida xar xil darajadagi kertik barglar paydo bo’lishi mumkin. Shu bilan birga novdasi kesilishidan oldin va kesilgandan keyin xam yaxlit bargga ega bo’lgan tut daraxtlari uchraydi.
Bu masaladagi chigallikni xal qilish uchun I. S.Chirkov (1938) O’rta Osiyo Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti xo’jaligida maxsus tajriba olib borib, tut barg shapalog’ining kertikligi bo’yicha o’zgaruvchanligi uning nasliy xususiyatlariga, o’simlikning rivojlanish davriga, tashqi muxit va parvarish qilish darajasiga, daraxtning shakllanish usuliga va bargli novdalarni qurtga kesib turilishiga bog’liq degan xulosaga keldi. Masalan, tut nixolining dastlabki o’sish yili kertikli barglar paydo bo’ladi; katta daraxt novdasining xususiy yoshiga nisbatan olinganda, ildiz atrofidan chiqqan bachki novdadagi barglar ko’p kertikli, kallakda o’sgan novdadagi barglar kam kertikli va shox-shabbaning yuqori qismidagi novdalarda esa yaxlit yoki juda kam kertikli barglar uchraydi. Agar serkertikli bargga ega bo’lgan daraxtning novdalari kesilmay tabiiy xolatda ussa, keyinchalik kertiksiz, novdasi kesilgan taqdirda esa yana kertikli barglar hosil bo’ladi.
I.S.Chirkov (1938) tut bargi shaklini o’zgartirishga tashqi muxdt ta’sirini aniqlash maqsadida bitta ildizda o’sgan nixolning bitta novdasini tabiiy muxitda (ochik yerda) va ikkinchisini yopiq sharoitda o’stirdi. Bunda ochik yerda o’sgan novdadagi barglar serkertikli yopiq sharoitdagisi esa yaxlit (kertiksiz) bo’lib o’sdi.
N.P.Krenke (1940) tut barg shapalog’i kertikli darajasi va barg tubi burchagining o’zgarishini bargning xususiy yoshiga bog’liq deydi. Uning fikricha novdaning pastdan yuqoriga qarab ma’lum bir o’rta qismigacha joylashgan barglar yosh jixatidan kattaroq bo’lib, yaxlit ko’rinishdagi bargdan kertikli barg shakliga tomon uta boshlaydi va aksincha yuqoridan (ya’ni o’rta qismidan) pastga tushgan sari barglar yana yaxlit bargli ko’rinishga aylana boradi. Bu takrorlanish qonuniyati barg xususiy yoshining o’zgarishiga qarab butun bir daraxt doirasida xamda ayrim novdalar bo’yicha ro’y berishi mumkin. Ayrim vaqtlarda barg shapalog’ining o’zgaruvchanlik qonuniyati bir novdada 2-3 marta takrorlanishi mumkin. Bu jarayon xar bir ortostix (bir yo’nalishda joylashgan ikki kurtak oral^i) doirasida qaytariladi.
A.I.Fedorovning ta’kidlashicha ayrim tut daraxtlarda barglar doimo yaxlit (kertiksiz) shaklda bo’lib, u tutning yoshidan va novdalarning kesib turilishidan ka’tiy nazar o’z ko’rinishini o’zgartirmaydi. Gaz olib, xosilning ko’payishiga va oziqlik sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Barg shapalog’i tepa uchining asosi cho’ziqroq, keng burchaksimon yoki dumaloq shaklda ; tepa uchining uzunligi bo’yicha qisqa (3mm dan 7mm gacha), uzun (8 mm dan 20 mm gacha) bo’lib, ayrim xillarda ikki tepa uchli, Shotutda keng tepa uchli, Balxi tutda esa tepa uchsiz-dumaloq ko’rinishdadir.
Barg tubi kengroq, o’rtacha chuqur o’yilgan, o’yilmagan-tekis va doira shaklida bo’ladi. Barg tubi bilan barg bandi oralig’idagi burchak 25 dan 110 gacha bo’lishi mumkin. I.P.Krenke nazariyasiga asosan bu burchak qanchalik keng bo’lsa, bargning oziqlik sifati shunchalik yaxshi bo’ladi.
Barg shapalog’ining qirrasini shakliga qarab oddiy, arra, to’garak (dumaloq) tishlarga bo’linadi. Bundan tashqari oddiy bilan arrasimonlarni, oddiy, arra yoki dumaloq tishlilari aralash xolda, oddiy arrasimon va dumaloq tishlilarini birgalikda, pastki 3-5 barg qirrasi bir tekis tut («Toshkent» navi) ni uchratish mumkin.
Barg shapalog’ining sirti tekis (silliq), notekis va to’lqinsimon xamda xira yoki yaltiroq bo’ladi. Barg qalin-seret (qalinligi 200 mikrondan ko’proq), o’rtacha (120-180 mikrongacha) va yupqa (100 mikrongacha) etliga bo’linadi. Ular mayin, dag’al, shoyisimon (shaldiroq) bo’ladi. Barg shapalog’ining pastki sirti (asosan tomirchalar atrofi) tuksiz, kam tukli va sertukli (Shotutda) bo’ladi. Sertukli barglarni iste’mol qilish qiyin bo’lgani va oziqlik sifati pastligi uchun u bilan ipak qurti boqilmaydi.
Tutning navi, o’sish sharoiti, jumladan o’g’itlash va sug’orish darajasiga qarab bargning rangi och, o’rtacha va to’q yashil tusga egadir. Shu bilan birga oq tut turiga kiruvchi, bargi sarg’ish-oltin tusli ( M.alba var. aurea) tutning kenja turi mavjud bo’lib, u manzarali daraxt sifatida o’stiriladi va bargi qurtga berilmaydi.
Barg shapalog’ining ostki epidermasida juda ko’p kichik ( 1 mm da 1000-1500 dona) og’izchalar-labchalar ( ustitsalar ) bo’ladi. Bu labchalar orqali barg ichiga kislorod kiradi va undagi xavo xamda suv bug’lari tashqariga chiqib turadi.
Barg etidagi to’qimalarning xar bir xujayrasi ichida juda ko’p yashil uvoqchalar-xlorofill donachalari bo’lib, ular fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Bunda barg xavodan karbonat angidrid va yorug’lik energiyasini shimib, ularni ildizdan keladigan suv va mineral moddalar bilan birlashtirib, murakkab organik moddalarni xosil qiladi xamda xavoga erkin xoldagi kislorodni chiqarib turadi. Bu fotosintez jarayoni deyilib, xosil bo’lgan organik modda esa fotosintez maxsuloti deb ataladi. Fotosintez yashil o’simliklarda ro’y beradigan nafas olishning aksidir. Nafas olishda barg orqali xavodan kislorod shimilib, bu kislorod organik moddalarni (asosan qandni) oqsidlantiradi, natijada kislorod sarflanib, murakkab organik moddalar sodda mineral moddalarga aylanadi, xavoga qaytadan karbonat angidrid, suv va shu bilan bir qatorda energiya chiqadi.
Yorug’likdagi yashil o’simliklarda fotosintez va nafas olish xodisalari bir vaqtda yuz berib turadi; ammo bunda fotosintez jarayoni bir necha baravar tezroq kechadi. K,oroetilikda esa fotosintez to’xtab, nafas olish davom etaveradi.
Bargda gaz og’izchalar, novdada esa yasmiqchalar yordamida almashadi.
Ustunsimon to’qima soyadagiga nisbatan yorug’ yerda yaxshiroq rivojlanadi. Bunday sharoitda ustunsimon to’qimalar ikki va undan xam ko’proq qatorni tashkil etadi va shu sababli bargning eti ancha qalin bo’ladi. Soya yerda esa, aksincha, labsimon g’ovak) to’qimalar yaxshiroq rivojlanib, barg yupqa bo’ladi.
Bargda suvni bug’lantirish (transpiratsiya) xodisasi xam fotosintez va nafas olish jarayonlari kabi, o’simlik xayotida juda katta rol o’ynaydi. Bargdagi suvlarning og’izchalar orqali bug’lanishi natijasida tuproqdagi suv va unda erigan moddalarning ildiz orqali tanaga xamda boshqa organlarga o’tishi kuchayadi. Suvning o’zi esa bargda organik moddalarni xosil qilish va xujayralarni to’ldirish uchun xizmat etadi. Suv bug’ining parlanishi tufayli barglar issiq kunlari qizib ketishdan saqlanadi. Bargda bug’lanish qanchalik kuchli bo’lsa, fotosintez jarayoni ham shunchalik yaxshi va tez kechadi.
Bargning ipak qurti uchun tuyimlilik darajasi tutning naviga, yoshiga, shakllanish xoliga, bargli novdalarni kesish muddati va miqdoriga xamda o’sish sharoitiga bog’liqdir. O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining ma’lumotiga Qaraganda ko’klamda beshinchi yoshga kirgan ipak qurtining normal xayot kechirishi uchun tut bargining tarkibida kamida 6873% gacha suv va absolyut quruq modda xisobida 3,5-4 % azot, 7-9 % eruvchan uglevod, 1,6-2 % kaliy, 2,5- 3% kalsiy, 0,2-0,3 % fosfor, 200 birlikda C vitamini va boshqa moddalar bo’lishi zarur.
Kelajakda pillachilik sanoat negiziga o’tkazilsa, xar yili ikki-uch marta qurt boqish mumkin bo’ladi. Shuni xisobga olib xar qaysi yoshdagi xamda xar bir qurt boqish muddatiga mos keladigan tut navlarini yetishtirish, maxsus tutzorlarni tashkil etish, tutlarni bargidan to’g’ri foydalanish, ishlov berish va o’g’itlashni eng samarali usulda olib borish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni muntazam amalga oshirish talab etiladi. Bunday agrotexnik va seleksion tadbirlarga amal qilinganda pilla xosili yil sayin oshadi va uning sifati yaxshilanadi.