Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Tut daraxti tanasining tuzilishi va xo’jalikda axamiyati



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə5/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Tut daraxti tanasining tuzilishi va xo’jalikda axamiyati. Tana o’simlik xayotida xuddi ildiz kabi katta axamiyatga ega. U daraxtda markaziy organ xisoblanib, novda va barglarni bir-biriga bog’lab turadi. Tana orqali tuproqdan so’rilib suv va mineral tuzlarni barglarga, bargda tayyorlangan organik moddalarni esa o’simlikning barcha organlariga o’tkazadi, o’z to’qimalarida oziq moddalarini to’playdi, tana, gul va mevalarni ushlab turadi. Shu bilan birga tutning novdasi vegetativ ko’paytirish uchun ham xizmat qiladi.
Daraxtning shoxlari bilan birga novdalari uning shox-shabbasi deyiladi. Tutning yer ustki qismidagi shox-shabbalari singdiruvchi va bug’lantiruvchi juda katta barg sathini vujudga keltiradi. Tut barglarining umumiy sathi katta daraxtlarda 60-80 m ni tashkil etib, o’simlik shox-shabbalari sathidan 2-2,5 marta kattadir. Shu sababli tut daraxti yorug’lik va karbonat angidriddan yaxshi foydalanib, ko’plab organik moddalarni hosil qiladi.
Tut daraxtining tanasi uzoq vaqtlar davomida tepa kurtagidagi o’sish konusi va novdaning bo’g’im oraliqlari bilan bo’yiga o’sadi. Ko’p yillik tut daraxtining tepa qismidan bir necha yo’g’on shoxlar o’sib, ular ham o’z navbatida shoxlaydi. Tut daraxti monopodial shoxlanadi, ya’ni asosiy tanasi xar yili uchidan o’sadi. Yosh kurtaklaridan yon shoxlar hosil bo’ladi. Yon novdalar yon kurtak bilan bir qatorda qo’ltik kurtaklaridan ham taraqqiy etadi.
Daraxtning asosiy tanasining uzunligi va shox-shabbasining shoxlanish darajasi, uni qaysi maqsadda o’stirilishiga bog’liqdir. Mevasi yoki urug’ olish uchun o’stiriladigan tut daraxtlarining shox-shabbalari kesilmaydi. Ular kattalashgan sari bir necha pog’ona (yarus) bo’lib shoxlaydi, xar tomonga taralib o’sadi va tobora ko’proq tartib shox hosil qiladi.
Tut bargining hosilini ko’paytirish va oziq sifatini yaxshilash maqsadida unga ikki pog’onali qilib shakl beriladi. Bunda asosiy tana yerdan 1,2-1,3 m balandlikda kesiladi va kallaklaganda uchta shox 0,5 m uzunlikda qoldiriladi (GOST-14335-69). Kelgusi yili har bir shoxda ikkitadan , jami oltita novdani 0,3 m uzunlikda qoldirib kesiladi. Tut tanasi 0,3- 0,5 m uzunlikda va yer bag’irlatib buta shaklida ham kesib o’stiriladi.
Bargli novdalar ipak qurtiga kesiladigan tut daraxtlarining shox- shabbasi to’garak va tuxumsimon shakllarda bo’ladi.
Tutning novdalari tashqi ko’rinishi jixatidan turli shaklda bo’ladi. Ko’pchiligi to’g’ri novdali bo’lib tik o’sadi. Bundan tashqari novdalari egri- bugri (Ilon tut), tirsaksimon va shox-shabbasi pastga qarab o’suvchi (Majnun tut) xillari ham bor.
Yosh novdaning po’sti yashil tusli bo’lib, u qisman fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Keyinchalik tutning po’sti uning naviga qarab kulrangdan qizg’ish- qo’ng’ir, shotutniki esa to’q ko’kish tusda bo’ladi.
Tut naviga qarab novdaning sirti tekis yoki g’adir-budir bo’ladi. Novda po’stlog’ining sirti siyrak yoki qalin sarg’imtir tusli do’mboqchalar bilan qoplangan. Bularga yasmiqcha (chechevichka) lar deyiladi. Ko’p yillik novdalar usha yasmiqchalar orqali nafas oladi.
Novdaning xar bir barg qo’ltig’ida bitta katta qo’ltiq kurtagi va bir yoki ikkita kichkina yon kurtakcha o’rnashgan bo’ladi. Yon kurtakchalar bir qancha vaqtgacha o’smasdan tinch xolda qoladi. Agarda qo’ltiq kurtagi biror sabab bilan zararlansa yoki uni sovuq ursa, yon kurtakchalar uyg’onib o’sa boshlaydi.
Tut novdalarining uzunligi uning naviga va parvarish qilishga bog’liqdir. Navdor tutlarning novdalari jaydari tutlarnikiga nisbatan uzun va yo’g’on bo’lib, O’rta Osiyo sharoitida 2 m dan 3,5 m gacha o’sadi. Novdaning ikki kurtak oralig’i bo’g’im deyiladi. Bo’g’im oraliqlarini uzun- kaltaligi xo’jalik jixatidan katta axamiyatga egadir. Chunki bo’g’im orasi qanchalik kalta bo’lsa, novdada shunchalik ko’p barg joylashadi; binobarin bunday tut navining barg xosili ko’p bo’ladi. Tutning naviga qarab bo’g’im oralig’i kalta (1,5-2,5 sm gacha), o’rtacha (2,5-5,0 sm gacha) va uzun (5-8 sm gacha) bo’ladi. Shu boisdan nav yetishtirishda ko’proq qisqa bo’g’imli va baquvvat novdalar bo’lishiga axamiyat berish kerak (M. Grebinskaya, F. Gatin, 1965).
N.P.Krenkening (1940) nazariyasiga ko’ra, tutning yoshiga qarab bo’g’im oralig’ining kalta-uzunligi va bargning oziqli sifati o’zgarishi mumkin. Bo’g’im oralig’ining va bargning oziqli sifati o’zgarishi mumkin. Bo’g’im oralig’ining o’rtacha uzunligi novda asosidan yuqoriga qarab sekin- asta orta borib, eng ko’p uzunlikka yetgach, aksincha kamayadi.
Navdor va yirik bargli duragay tutlarning bargli novdalari ko’klamgi yoki takroriy ipak qurti boqishga kesilgandan keyin yangi o’sgan novdalari shoxlamaydi. Ular barg va kurtaklardan iborat bo’ladi. Ikkinchi yili ko’klamda bu kurtaklar yozilib faqat ikkinchi tartib yon novdalar xosil qiladi. Tutlar qurtning 5-yoshigacha ko’p yosh novda chiqaradi va bargi yirik bo’ladi. Ko’pchilik navdor tutlar bargi yirik va novdalarining bo’g’im orasi kaltaligi uchun barg xosili ko’p bo’ladi.
Jaydari Xasak va mayda bargli duragay tutlar ko’p shoxlaydi. Bunday tutlarning novdalari ko’klamgi qurtga kesib olingandan keyin bir oy o’tgach, yangi o’sgan novdalarning ostki qismida joylashgan kurtaklardan ikkinchi tartib yon shoxlar chiqadi. Ammo novdaning yarmidan yuqori qismi kuzgacha shoxlamaydi. Ikkinchi yili ko’klamda novdaning yuqori qismidagi kurtaklardan ikkinchi tartib va quyi qismidagi yon novdalardan esa uchinchi tartib shoxlar xosil bo’ladi. Jaydari tutlarning bu xilda ko’p shoxlanishi maqsadga muvofiq emas. Chunki birinchidan, novda qancha shoxlansa, barglari shuncha maydalashadi, ikkinchidan qurtga barg tayyorlash uchun ko’p mexnat sarf bo’ladi.
Shu sababli ko’p va to’g’ri novda beradigan, bo’g’im oralari kalta bo’lgan , bir yillik novdalari shoxlanmaydigan tut navlari qurt boqish uchun eng qimmatli xisoblanadi.
Bir yillik tut novdasining po’stlog’i sirt tomondan bir necha qator xujayralardan tuzilgan epidermis (po’st) va kutikula bilan qoplangan bo’ladi. Yozning ikkinchi yarmida epidermis yo’qolib, uning o’rnida periderma (po’kak) to’qima paydo bo’ladi. Po’stloqning epidermisi tagida 4-5 qator xujayralardan tashkil topgan mexanik to’qima-kollenxima joylashgan. Kollenxima ichi moddalar bilan to’lgan tirik xujayralardan iboratdir. Bu to’qimadan keyin po’stloq parenximasi joylashib, unda kraxmal, oqsil va qand kabi oziq moddalar xamda kalsiy oqsalat kristallari bo’ladi. Ulardan so’ng tup-tup bo’lib o’rnashgan qalin po’stli perisikl tolalari, dastlabki po’stloq va ikkilamchi po’stloq to’qimalari o’rin olgan.
Tut novdasida po’stloq to’qimasi asosan jamg’arma oziq moddalariga boy bo’lgan parenxima to’qimasidan tuziladi, ya’ni unda organik moddalarni o’zidan o’tkazadigan to’rsimon naylari va mexanik vazifani utovchi po’stloq tolalari bo’ladi. Po’stloq tolalarini bir qanchasi yig’ilib, tola- xalqasini tashkil qiladi. Bundan tashqari po’stloq parenxima xujayralari orasida tup bo’lib joylashgan sutlama naylari bo’ladi, ularning ichida sutsimon shira xarakat qilib turadi.
Po’stloq to’qimasi yog’och qismiga yondosh joylashadi, lekin bu ikki to’qimaning orasida xosil etuvchi to’qima - kambiy doirasi o’rnashgan bo’ladi. O’simlikning eng faoliyatli xujayrasi kambiydir. Kambiy uzunasiga ikkiga bo’linib, novdaning ichqari tomoniga yog’Ochlik va tashqari tomoniga po’stloq xujayralarini xosil qilib turadi. Bu esa bir yillik novdalarning yo’g’onlashib o’sishiga sababchi bo’ladi.
Kambiyning yog’Ochlik vujudga keltiradigan xujayralari po’stloq paydo qiladigan xujayralarga nisbatan o’n marta ko’pdir. Shu sababli tananing yog’ochlik xalqasi po’stloqqa qaraganda kengroq bo’ladi.
Kambiyning ko’klamgi va yozgi faoliyatidan xamda novda va tananing o’zaro birikib ketish xususiyatidan foydalanib, tutchilikda xar xil payvandlash ishlari olib boriladi. Ko’p yillik daraxtlarning tanasi xam kambiy xujayrasining faoliyati natijasida yildan yilga yo’g’onlashib boradi.
Kambiy ko’klamda tez bo’linib, yog’Ochlikning birmuncha yirik yupqa devorli naylarini, kuzda esa kamroq va maydaroq naylarini xamda qalin devorli yog’Och tolalarini xosil qiladi. Kech kuz va kish faslida kambiy yangi to’qimalar xosil qilmaydi.
Kuz va ko’klamda paydo bo’lgan yog’Ochlik to’qimalari o’rtasida yaxshi ko’rinib turadigan chegara bo’lgan yog’Ochlik to’qimalari o’rtasida yaxshi ko’rinib turadigan chegara xosil bo’ladi, ya’ni daraxt tanasida yillik xalqa vujudga keladi.
Daraxt to’nkasidagi xalqalarning soniga qarab uning yoshini aniqlash mumkin. Yillik xalqaning kengligi daraxtning o’sish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Masalan, ob-xavo yaxshi kelgan yillarda, unumdor nami yetarli tuproqda va sifatli ishlov berilgan daraxtning yillik xalqasi keng bo’ladi.
Halqalarning kengligiga qurt boqish uchun tutning bargli novdasini kesish miqdori va usuli xam ta’sir etadi. Agar bir mavsumda tutning yangi chiqqan novdalari ikki marta kesilsa, yog’Ochlikning yillik xalqasi ensiz bo’ladi. Bunday daraxt kelgusi yili yaxshi o’smaydi. Shuni xisobga olib mavsumda ikki marta qurt boqilgan vaqtda tutni normadan ko’ra ko’proq miqdorda o’g’itlash, sug’orish va ishlov berishni yuqori saviyada olib borish talab etiladi.
Tut daraxti 3-5 yoshga kirgach, tananing yog’Ochlik qismida o’zaklanish xodisasi ro’y beradi. Bu vaqtda sog’lom daraxtning markazdagi yog’Ochlik qismini eng eski naylari ichiga qo’shni tirik xujayralarning o’simtalari kirib, undagi suyuklikni siqib chiqaradi. Bu xolda xujayra po’stlari o’zining ma’lum miqdordagi suvini yo’qotib, uning o’rnini rang beruvchi smola, meva yelimlari kabi moddalar to’ldiriladi. Shundan keyin yog’Ochlik qismi ikkiga: o’zak (yadro) va o’zak atrofiga (zabolon) ga bo’linadi.
O’zak qizg’ish-ko’kish rangli o’lik to’qimalardan iborat bo’lib, unda shira xarakati ro’y bermaydi. U tanani mustaxkam qilib turadi va uning yillik xalqasi tobora oshaveradi.
O’zak tevarakligi yog’Ochlikning tirik to’qimasi deb xisoblanadi.U suv va tuproqdagi erigan mineral moddalarni o’zidan o’tkazib, jamg’arilgan oziq moddalarni saqlab turadi. O’zak tevarakligi och sariq tusda bo’lib, 4-5 ta tashqi yillik xalqadan iboratdir.
Yuqorida qayd qilganimizdek, tananing po’stloq qismi uning yog’Ochligi kabi ko’p yo’g’onlashmaydi, chunki po’stloqning sirtki qobiq qismi doimo uvalanib, to’kilib turadi, ikkinchidan, kambiy po’stloq tomoniga kamroq xujayra xosil qiladi.
Po’stloqning tashqi qismidagi qobiq bir necha qavat po’kak va chetga so’rilib qolgan o’lik to’qimalardan tuziladi. Qobiq va po’kak to’qimalari xuddi epidermis kabi qoplagich to’qimalar jumlasiga kirib, po’stloqning ichki noziq xujayralarini shikastlanishdan, sovuqdan va tanadagi suvni bug’lanib ketishidan saqlaydi.
Tut tanasi to’g’risida yana shuni aytish kerakki, uning eng muxim qismi po’stloq to’qimalari va o’zak tevarakligidir.
Tut bargidan oziq sifatida foydalanganda, uning novdalarini pala- partish kesish va kallaklash birinchi navbatda po’stloq va o’zak tevarakligini shikastlaydi. Natijada to’qimalarda suv va organik moddalarning xarakatlanish jarayonlari buzilib, daraxtning barcha organlari yetarli oziq moddalar bilan ta’minlanmaydi. Shu sababli tutning bargli novdalarini kesishda, tutzor qator oralarini ishlashda, daraxtni yoshartirish va shakl berishda tanasini zararlantirmaslik kerak.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin