Boshqa zararkunandalar Yuqorida nomi aytilgan zararkunandalardan tashqari, Markaziy Osiyoda tut daraxtlariga ba’zan begona utlardan o’tadigan urgimchakkana (Tetranychus telarius L.), akatsiya soxta qalqondori (Parthenolecanium corni Bche), gunafsha qalqondor (Syndenaspis aleae Golv) zarar yetkazadi: yosh tut ko’chatlariga zararli buzoqboshi qo’ng’iz (Polyphylla adspersa Motsch) ziyon yetkazadi; toFOldi va toFlik xududlarda tut bargini ba’zan tok ipak qurti (Porthethria dispar L.) yeb qo’yadi.
CHET MAMLAKATLARDAN KELIB QOLISHI MUMKIN BO’LGAN ASOSIY ZARARKUNANDALAR Komstok qurtidan tashqari, Markaziy Osiyoda uchramaydigan qora soxta qalqondor (Saissetia nigra Nieth.), zaytun soxta qalqondori (S. Oleae Bern Amerika oq kapalagi (Hyphantria cunea Drury) va tut qalqondori karantin axamiyatiga egadir.
Tut qalqondori
Pseudaulacaspis pentagona Targ. Zarari. Qalqondor tut daraxtining shoxlarini va yosh novdalarini nobud qiladi; daraxtning o’sishini juda susaytirib yuboradi, ba’zan esa butunlay quritib qo’yadi. Bu xasharot ko’p joylarda tut daraxtlarining eng asosiy zararkunandasi bo’lib xisoblanadi. Tut qalqondori Italiyaga o’tgandan keyin bu mamlakatda pilla yetishtirish 60 % ga tushib qolgani ma’lum buldi. 1909 va 1911 yillarda Yaponiyada tut qalqondori pilla hosilini 25 % kamaytirib kuygan. Bu qalqondor tut daraxtidan tashqari ko’pgina urug’li, danakli, po’choqli meva daraxtlariga, meva va rezavor meva ekinlariga, manzarali daraxt va butalarga talaygina ziyon yetkazadi.
Tarqalishi. Garbiy Yevropa (Avstriya, Angliya, Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gresiya, Ispaniya, Bolkon yarim oroli davlatlari, Sitsiliya, Sardiniya, Malta orollari), Turkiya, Hindiston, seylon oroli, Xitoy, Yaponiya, Siam, Falastin, Suriya, Indoneziya, Filippin orollari, Shimoliy, O’rta va Janubiy Amerika, Azor, Kanar orollari, Kaliforniya, Florida, Ogayo, O’rta va Janubiy Afrika, Bermud orollari, Vest-Indiya, Gavayya va Novogeyrid orollari, Yangi Zelandiyada uchraydi. MDXda tut qalqondori Batumida bor.
Ta’rifi. Urg’ochisining qalqoni noto’g’ri yumaloq shaklda bo’lib, diametri 1,2-2,5 mm keladi. Rangi oq, sarg’ish yoki kulrang; qalqonida birinchi yoshdagi lichinkaning och sariq po’sti va ikkinchi yoshdagi lichinkaning qizil-jigar rang po’sti ajralib turadi. Pigidiyning dum tomoni botiq emas, o’z asoslari bilan tutashadigan birinchi juft bo’lakchalari uchburchak shaklida, chetlari mayda tishchali bo’ladi. Erkagining qalqoni maydaroq, go’ngurt oq, cho’zinchoqdir.
Hayot kechirishi. Bu hashorot bir joydan ikkinchi joyga ko’chat bilan o’tishi mumkin. Tut qalqondori xamma narsani yeya beradi, ammo tut daraxtini ko’proq zararlaydi. Qalqondor daraxtlarning shoh tana va yosh novdalarida zich koloniyalar hosil qiladi. Urug’langan urg’ochilari qishlab chiqadi. Ko’klamda xavoning sutkalik o’rtacha harorati 11-12°S ga yetganda urg’ochi qalqondorlar o’z qalqonlarining ostiga 100 tacha tuxum qo’yadi.
Tuxumdan lichinka chiqish davri ikki xaftacha davom etadi. Qalqonlarning ostidan yosh lichinkalar (brodyajkalar) o’rmalab chiqib, daraxtlarning shoxlariga yoki tanalariga tez orada yopishib oladi. Tut qalqondori taxminan bir oyda bir nasl beradi. Bu hashorot tarqalgan joyiga qarab yiliga 2-4 nasl beradi.
Kurash choralari. Qalqondor tushgan daraxt va butalarga erta ko’klamda (kurtaklar bo’rtguncha) 10 % li mineral moy emulsiyalari yoki 6-8 % li karbolineum emulsiyasi purkaladi.
Karantin choralari ko’chatni komstok qurtiga qarshi kurashilganidek jips berk kameralarda metil bromid yoki sianid kislota bilan fumigatsiya qilishdan iborat.
Muhokama uchun savollar:
Bakterioz kasalligi birinchi marta qachon va kim tomondan aniqlangan?
Bakterioz kasalligi qaysi viloyatlarda ko’proq tarqalgan?
Xloroz kasalligining belgilarini ayting?
Tut kasalliklariga qarshi kurash choralari nimalardan iborat?