Kurash choralari. Komstok qurtiga qarshi kurashda madaniy-xo’jalik, mexanik, biologik va kimyoviy tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Qurt tushgan yerlardagi begona utlarni o’suv mavsumining boshidan oxirigacha muntazam ravishda, sinchiklab yo’qotib turish; kuzgi-kishki tinchlik davrida daraxtlar tupi atrofidagi bachkilarni va komstok qurti tushgan deb gumon qilingan daraxtlarning ildiz bo’yni atrofidagi bachkilarni yo’lib tashlash; qurt tushgan daraxtlardan kuzda tukilgan barglarni o’z vaqtida yo’qotib turish katta axamiyatga egadir.
Komstok qurti bo’lishi mumkin bo’lgan barglar va axlatni o’tkazmaslik uchun ariqlarni, shu xasharot tushgan yerlarning atrofini chilpindi va shoxlar bilan to’sib quyish kerak. Komstok qurti tushgan daraxt tanalari erta ko’klamda qirg’ich va qattiq chutka bilan ko’rib qolgan po’stloq tangachalaridan tozalanadi va chiqqan axlat darxol yoqiladi.
Vatanimizga keltirilgan psevdavfikus paraziti 1945 yildan boshlab komstok qurtiga qarshi ishlatilmoqda, shu bilan birga 1950 yildan boshlab biologik kurash metodi komstok qurtini yo’qotish tadbirlari kompleksida asosiy zveno bo’lib qoldi. Psevdafikus faqat bir xil ovqat yeydigan parazit bo’lib, komstok qurtining lichinkalari va katta yoshli urg’ochilarining ichiga tuxum qo’yadi. Uning bitta urg’ochisi 20 tagacha qurtning ichiga 140 taga yaqin tuxum qo’yadi. Parazit tuxum kuygach 5-7 kuni qurt ulib qoladi, tanasining yonidagi usiklari va dum iplari yuqoladi, qurt tanasi bo’rtib yo’zidan kotadi, sariq , uzunchoq mumiyaga aylanadi. Bu parazit lichinkalik va G’umbaklik stadiyasini qurt tanasida o’tadi. Psevdafikus yoz o’rtalarida 12-14 kunda, erta ko’klamda va kech kuzda esa 25-40 kunda yetiladi. Gumbaklardan chiqqan parazitlar qurt mumiyasini tashlab ketadi: dastlabki yoshlardagi qurt mumiyalaridan aksari 1-2 ta, urg’ochi qurtlarning mumiyalaridan esa 27 tagacha voyaga yetgan parazit chiqadi. Psevdafikus O’zbekistonning shimolida yiliga 7-8 ta, janubiy Tojikistonda esa 11 tacha nasl beradi. Psevdafikus lichinkalik stadiyasida qurt mumiyalarida qishlaydi, xatto qattiq qishda, xarorat 20°S dan past bo’lgan da xam omon qoladi. Ko’klamda ikkinchi va qisman uchinchi yoshdagi qurt lichinkalari paydo bulayotgan davrda voyaga yetgan psevdafikuslar tutiladi. Voyaga yetgan psevdafikusning qanotlari yaxshi rivojlangan bo’lsa xam, baribir uzoqka uchmaydi, balki kalta-kalta uchib, sakraganga o’xshash xarakatlanadi. Voyaga yetgan psevdafikuslar passiv yo’l bilan-shamol yordami bilan, qurt mumiyalarining tut bargi, shoxlariga ilashib ketishi va boshqa yullar bilan tarqaladi, shunga ko’ra psevdafikus bir mavsumda 8-10 km masofaga tarqaladi. Markaziy Osiyoda psevdafikusning xam o’z paraziti - Signiphora ta1a Nik. degan yaydoqchisi bor, u psevdafikusni ba’zan anchagina miqdorda yo’q qilib tashlaydi.
Psevdafikus yo tabiiy sharoitda-komstok qurti xayot kechiradigan joylarda yoki laboratoriyalarda ko’paytiriladi. Ko’klamgi ish uchun zarur miqdordagi mumiya kuzda yoki qishda tayyorlab qo’yilishi lozim. Qurt mumiyalari xolodilniklarda + 6°S dan -3°S gacha daroratda saqlanadi. Mumiyalar ishlatilishidan 2-3 kun oldin xolodilnikdan olib, probirkalarga solinadi va ularga katta 'yoshdagi psevdafikuslar quyib yuboriladi (Yelizarova, Iosifova) yoki mumiyalarni qog’oz xaltalarga solib, komstok qurti tushgan yerlarga olib chiqiladi (Lujeskiy). Psevdafikusni uchinchi yoshdagi komstok qurtining lichinkalari ko’plab paydo bo’ladigan vaqtda quyib yuborish ma’kul.
Daraxtlarga komstok qurti ko’p tushganda dar 5—10 daraxtga 150 ta mumiyadan olingan katta yoshli psevdafikuslar, o’rtacha miqdorda tushganda esa 100 ta mumiyadan olingan psevdafikuslar quyib yuboriladi. Yakka tup daraxtlarga qurt parazitlari dam xuddi shunday normada quyib yuboriladi (Yelizarova). Boshqa avtorlar (Lujeskiy) dar 5 daraxtga 50 ta mumiya quyish kifoya deb disoblaydilar.
Psevdafikus tabiiy sharoitda ko’paytirilganda mumiyalarni yana y^ib olish uchun, komstok qurti ko’p tushgan yerdagi dar 5 daraxtga 150-200 tadan mumiya yoyib qo’yiladi.
Komstok qurtiga qarshi kimyoviy kurash choralaridan eng ta’sirlisi shuki, daraxtlar darorat 15°S dan past bo’lmaganda brezent palatka yopib, sianid kislota bilan fumigatsiya qilinadi (palatkaning dar 1 m dajmiga 60 g natriy sianid, 90 g sulfat kislota va 180 ml suv olinadi). Fumigatsiyani maxsus malakali xodimlar qiladi, chunki sianid kislota va uni tayyorlash uchun ishlatiladigan moddalar G’oyat zadarlidir. Odatda, fumigatsiya katta maydonlarda o’tkazilmay, faqat komstok qurti tushgan daraxtlar soni kam bo’lgan xo’jaliklardagina o’tkaziladi. Odatda, komstok qurti tushgan daraxtlarning tanalari nobud bo’lgan po’stloq tangachalaridan tozalangach, ularga erta ko’klamda, kurtaklar bo’rtguncha karbolineumning 6 % li emulsiyasi yoki neft moylarining 10 % li emulsiyasi purkaladi. Purkashdan oldin daraxtlarning tagi ochiladi, dori purkalgandan keyin esa yana ko’mib qo’yiladi, shuningdek daraxtlar atrofidagi tuproq paradixlorbenzol (1 m ga 150 g disobidan) yoki polixloridlar (1 m ga 250 g disobidan) bilan fumigatsiya qilinadi, bu dorilar tuproqning yuza qatlamiga solinib, keyin ustidan bosib qo’yiladi. Yozda komstok qurtiga qarshi kurash uchun daraxtlarga 30 % li tiofos konsentratining 0,1 % li emulsiyasi purkab turiladi.
Komstok qurtiga qarshi kurashda biologik metodni kimyoviy metod bilan birgalikda qo’llash va psevdafikusni erta ko’klamda kimyoviy choralarni ko’rgandan keyin quyib yuborish tavsiya etiladi.
Zararlanmagan dududlarga komstok qurti o’tishiga yo’l kuymaslik uchun karantin choralarga rioya qilish zarur: komstok qurti qishloq xo’jaligi madsulotlari va boshqa yuklar bilan kelishi mumkin, shu sababli madsulotlar va boshqa yuklarni komstok qurti tarqalgan zonadan olib chiqishdan ilgari karantin inspektori tekshiradi va zarur bo’lsa, karantin inspeksiyasi tayinlagan mutaxassislar radbarligida yuqumsizlantiriladi. Buning uchun qishloq xo’jaligi madsulotlari va boshqa yuklar germetik kameralarda metil bromid yoki sianid kislota (ko’chatlarni kon bitiga qarshi yuqumsizlantirish uchun olingan normada) bilan dorilanadi: sianid kislota bilan yuqumsizlantirishda esa kameraning 1 m xajmiga 2030 g natriy sianid, 30-45 g sulfat kislota va 60-90 ml suv olinadi. Kameralar uy-joy va molxonalardan kamida 50 m uzoqka o’rnatiladi.
Komstok qurti tarqalgan xududdan tut bargi, shoxlari, utinini olib chiqish ta’kiklanadi.