Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə21/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Kurash choralari. Kuchli kasallangan ko’chatlar ajratib olinib qo’ydiriladi, qisman kasallanganlarni shishlari kesib tashlanadi va ular dizinfeksiya qilinadi. Buning uchun 5% li mis kuporosi, tuproq va qumdan atalasimon suyuklik tayyorlanib, o’simlik unga ildiz bug’izigacha tiqib olinadi. Shundan so’ng ildizlar yuvilmaydi. Shishlari kesib tashlangan ko’chatlarning ildizi 0,1-1% li mis kuporosida 5 minut yoki 0,1% li simob eritmasida 2-3 minut ushlanib (bundan keyin ildizlar albatta yuvilishi shart), so’ngra ekiladi.
Bu kasallik tarqalgan maydonda 2-3 yilgacha tut ko’chatlari ekilmaydi. Maydoning xar 1 m satxiga 50-150 g xisobida xlorli oxak sepib, xaydaladi. Kasallikga qarshi eng yaxshi tadbir almashlab ekishni joriy etishdir.
Zamburug’ kasalliklari. Yuqumli kasalliklar ichida zamburug’ kasalliklari eng ko’pchilikni tashkil etadi. Bularning ichida silindrosporioz (xol tushishi) bilan un shudring kasalliklari keng tarqalgan bo’lib, tut bargini ko’proq zararlantiradi. Bundan tashqari tutning boshqa organlarini kasallantiruvchi zamburug’lar xam bo’lib, ularga ildiz va tanani chirituvchi po’kak, sklerosial (novdada shish paydo bo’lib, qorayish va qurish) kasalligi, novdaning qurishi, urug’, o’simta, niholining fuzarioz va urug’ mog’orlash kasalliklari kiradi.
Xloroz kasalligi. Uni yuqumsiz va yuqumlikka bo’lish mumkin (M.Juraev ta’kidlashicha). Yuqumsiz xloroz kasalligi tut ko’chatlari va daraxtlari o’sgan joyda sizot suvlarining har satxga yaqin, oxak- karbonat moddasi tuproqda ko’proq bo’lishi va tuproq tarkibida temir moddasining yetishmasligi, novdalarni noto’g’ri kesish tufayli ro’y beradi. Ayrim tutlardagi kasallik ikkinchisiga yukmaydi, ammo bunday holat kam uchraydi. Yuqumli xlorozni esa vilt kasaliga tegishli zambrug’lar (mikroplazmalar) chiqarib, u kasal tutlardan sog’lomlariga payvandlash, kesish asboblari, zarpechak, hashorotlar orqali yuqishi mumkin.
Xloroz bilan nihollar, ko’chatlar va ayniqsa oziq tutlar kasallanib, uning birinchi belgisi ko’klamda (aprelni oxiri) novdaning uchidagi barglari ko’rinadi. Tutning bargli novdalarini ko’klamgi qurtga va ayniqsa yozgi qurtga kesgandan keyin (iyun-iyul oylarida) yangi o’sgan novdalardagi barglarga kasallik kuchli ta’sir qiladi va ular to’kilib ketadi. Natijada barglar oqimtir sariq-yashil tusga kiradi. Kuchli kasallangan novdalardagi barglar oqarib ketadi va barg hosili ko’klamgi qurt davrida 77% ga va yozgida 71% ga kamayadi. Kasallangan barglar bilan boqilgan qurtning o’sishi 12 kunga cho’zilib, hayotchanligi 69 % gacha kamayadi. Pilla massasi yengil bo’ladi.
Xloroz kasalligi O’zbekistonning Farg’ona va Zarafshon vodiysi viloyatlari, Qoraqalpog’iston xamda Markaziy Osiyoning boshqa jumxuriyatlarida keng tarqalgan. Bu kasallikka qarshi kurash choralari SANIISh xodimi M.Juraev tomonidan ishlab chiqildi. Bu kasallikka Kinriu navi, Xasak va tabiiy duragay tutlar chidamsizdir. Payvandi, Yozgi, oktabr navlari, K-5, GS-6 duragaylari xloroz bilan kam kasallanadi. O’zbekskiy, Magtut, Surx tut navlari va № 47,121, B-106 duragaylari umuman kasallanmaydi.
Qarshi kurash choralari. Oldini olish va agrotexnik choralariga tutzor orasini chuqur xaydash, gektariga 180 kg azot, 90 kg fosfor, 45 kg kaliyni ikki muddatda solish, begona o’tlarga qarshi kurash, payvandlash va qalamchalash uchun qalamchalarni sog’lom daraxtlardan tayyorlash kiradi. Oziq tutlarni ko’klamda qurt boqishga kesishdan oldin 2,0% li xelat preparti eritmasi bilan dorilash kimyoviy choralarga kiradi. Bunda gektar xisobiga baland tanali tutzorga 2500 litr, buta tutzorga - 3000 l preparat sarflanadi. Tutlar ko’klamgi qurt boqishga kesilgandan keyin 3% li xelat eritmasi bilan ikki muddatda: birinchi marta yangi o’sgan novdalardagi bargda xloroz belgisi ko’rinishi bilan va ikkinchi marta bundan 6 kun o’tgandan keyin dorilanadi. Tutning bargli novdalariga ko’klamgi qurt boqishga kesilgandan keyin 0,8% li antixlorozni preparati sepish ko’proq samara berib, qurtga zarar keltirmaydi. Uning hayotchanligi 95,6% ga, pilla massasi 1,8 g ga yetadi. K,olgan ko’rsatgichlari ham nazorat qurtnikiga teng bo’ladi. Dorilangan barglar 7-8 kundan keyin qurtga beriladi (M.Juraev, 1986).
Agar xelat yoki antixlorozin peparati bo’lmasa,u vaqtda tutning bargli novdalarini qurtning 4-5 yoshiga kesishdan 13-14 kun oldin 0,5% li temir kuporosining suvdagi eritmasi bilan bir marta tutzorning gektariga 2500-3000 l xisobida purkaladi. Shu tarkibdagi eritma oziq tutlarga qo’shimcha ravishda yana qurtga kesilgandan keyin yangi novdalardagi bargda kasallik belgisi ko’rinishi bilan va undan 10 kun keyin purkaladi. 8,8% li antixlorozin tayyorlash uchun 100 litr ariq suviga bu moddadan 800 g, 3% li xalet qo’shiladi. Preparatlar eritmasini tayyorlash va purkashda fungitsid (zaxarli modda)lar qo’llashdagi extiyot choralarini ko’rish shart.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin