Qarshi kurash choralari. Po’kaklar yaxshilab kirib tashlangach, o’rni 1 kisim fomalinga 100 kisim suv qo’shib yuviladi va forsit zamazkasi (ikki qism mol go’ngiga bir qism oxak yoki alebastr aralashmasi) bilan chaplanadi. Po’kak o’rnini 5% li temir yoki mis kuporosi eritmasi bilan yuvilib ikki xissa mol go’ngiga bir xissa yangi sundirilgan oxak va bir xissa loy qo’shilgan qorishma bilan chaplansa xam bo’ladi. Qirib olingan po’kaklarni yondirish yoki jigarrang po’kakni bo’yoq tayyorlashda ishlatish mumkin. Shu bilan birga bargli novdalarni qurtga extiyotlik bilan kesish zarur. Chunki, shikastlangan joydan parazitlar kirib kasallikni qo’zg’atadi.
Tut daraxtining zararkunandalari Komstok qurti
Pseudococcus cotstocki Kiw. Zarari. Komstok qurti birinchi marta 1936 yilda Toshkentda va uning atroflarida topilgan va uning asosan tut daraxtiga zarar yetkazishi aniqlandi. Komstok qurtining zararidan novdalar qo’ng’ir-qiyshiq bo’lib, barglar sarg’ayadi va ko’rib qoladi, daraxt tanasi, ildizlari va shoxlarida shish va yoriqlar xosil bo’ladi va daraxtni umuman kuvvatdan ketkizadi. Qurt tezagi bilan ifloslangan tut bargi esa ipak qurti uchun zararlidir. Komstok qurti tut daraxtidan tashqari, shaftoli, katalpa, anorga, shuningdek makkajuxori, kartoshka, sabzi, lavlagi, qaram, pomidor, qovoq, kovun, tarvuzga va bir qadar boshqa ko’pgina daraxtsimon va o’tsimon o’simliklarga zarar yetkazadi. Komstok qurti anchagina ko’payganda barcha o’simliklarning o’sishini sekinlashtiradi, daraxt va butalarning shoxlarini kinFir-qiyshiq qilib qo’yadi, mevali ekinlar, ildizmevalar va tuganak mevalilarning xosilini kamaytiradi xamda sifatini pasaytiradi. Komstok qurti karantin zararkunandadir.
Tarqalishi. Komstok qurti Toshkent viloyatida, Janubiy Qozog’istonning qo’shni tumanlarida, O’zbekistonning Farg’ona vodiysida, Tojikistonning Vaxsh vodiysida topilgan. So’nggi vaqtda u O’zbekistonning Samarqand va Surxondaryo viloyatlariga va Markaziy Gruziyaga utdi. Xitoy, Tayvan, Yaponiya, Xindiston, Falastin, Yangi Zelandiya, Keniyada, Kanar orollarida, Madeyra orolida, Amerika Kushma Shtatlarida, Kanada janubida va Angliya issiqxonalarida xam tarqalgan.