Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə19/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Tut bargidan foydalanish. Tut daraxtining bargidan to’g’ri foydalanilsa ular uzoq umr ko’rib xosili va sifati yuqori bo’ladi. To’g’ri foydalanish deganda nimani tushinish kerak , ya’ni tutlar baland yoki past tanali qilib ekilishidan qat’iy nazar ularning bargidan qaysi yili foydalanish kerakligini novdalarini qirqishni bilish kerak.
Toshkent Davlat agrar universitetining dotsenti, marxum G.B.Bobojonovni ma’lumotiga ko’ra, tutlarning novdalarini muddatidan oldin kesilsa tutlar zaiflashib, kasallanishi natijasida xosili kamayib ketad. Tut urug’idan yetishtirilgan ko’chat baland tanali tutzorlarga ekilgandan keyin 3-4 yil, buta tutlarga 2 yil kifoya ekanini ta’kidlaydi. Lekin, tutlar qalamchasidan o’stirilganida buta tutzorga ekilganidan keyingi yiliyoq bargidan foydalanish mumkinligini prof. K. Raxmanberdiev ishlab chiqarishda bir necha yillar olib borgan tajribalarida isbotlagan.
Tut bargini ipak qurtini boqishda foydalanish. Ipak qurtini faqat tut bargi bilan oziqlanishi bu tut bargining juda noyobligi, qimmatbaxo ekanligi bilan aloxida boshqa daraxtlardan ajralib turadi. Shu bilan birga tut novdalari xar yili kesilganligi tufayli ularga aloxida agrotexnika usulini qo’llash kerak bo’ladi.
Tut daraxti bargidan foydalanishda ipak qurtining yoshi, bir mavsumda takroriy qurt boqilishiga qarab tut novdalarining kesish muddatlari, usullari xamda parvarish qilish kabi zarur ishlarni to’g’ri yulga quyish kerak.
Ipak qurti yoshiga qarab tut bargini iste’mol qilish xar xil - bir quti qurt uchun: 1-yoshda 6-8 kg, 2-yoshda 20-22kg, 3-yoshda 65-70kg, 4-yoshda 165-175kg, 5-yoshda 750-800 kg barg sarflanadi.
Respublikamizda o’sayotgan tutlar ipak qurti uchun novdalari bir marta kesilishiga qaramasdan buta tutlar goxida 20-25 yoshida barg xosili kamayib ketadi. Bunga sabab tutlar doimiy joyiga o’tkazilgandan keyin o’tgan darslarda aytildi 90-95% ga mutlaqo shakl berilmaydi, ya’ni bir kallakli qilib o’stirilib xar yili novdalari bir joydan qirqilaveradi, natijada ko’rib qolgan shox-shabbalar ko’payadi, ular orasiga kuzda barglar to’kilib yorug’lik tushmaydi. Yomg’ir va qorni yog’ishi tufayli barg turgan joylar chiriydi va ko’rib qoladi.
Hosil berayotgan tut bargi yil sayin kamayib boradi, shuningdek bargini sifati xam yomonlashib boradi. Bunday kamchilikni yo’qotish uchun avval shu daraxtlar doimiy joyga yildan boshlab shakl berib borish kerak, lekin yuqorida aytganimizdek bir kallakli tut daraxtlariga shakl berish kerak.
Hosildan qolgan tutlarni yoshartirish uchun bir kallakli tutning shox- shabbasini tagidan o’tkir arra bilan qirqiladi, bu janubiy viloyatlarda fevral oyida o’rta iqlim va shimoliy viloyatlarda fevral oyining yarmidan mart oyining yarmigacha o’tkaziladi. Demak, tut daraxtini yoshartirish ishlari shira xarakati boshlanmasdan bajarilishi lozimdir.
Agarda tutlar ko’p kallakli bo’lib xosildan qolgan bo’lsa birdan xamma kallagini kesmasdan balki birinchi yili bittasini ikkinchi yili boshqasini navbatma-navbat 2-3 yil ichida qirqib borish kerak, shunda barg xosiliga ta’siri kam bo’ladi.
Tut daraxtini kallagi arra bilan kesilganida u yerdagi to’qimalarni qo’ydiradi, shuning uchun o’tkir bog’ pichog’i bilan kesilgan joyi olib tashlanadi. Yoshartirilgan tutlar shu yili (birinchi) yangi o’sib chiqqan novdalari mutlaqo qirqilmasligi kerak, faqat yaxshilab parvarish qilanadi.
Ikkinchi yili baxorda 3 ta baquvvat o’sgan novdani 50 sm uzunlikdan (balandidan) yuqorisi kesiladi, shu bilan birga yonidagi bargga novdalar tanaga takab qirqiladi. Kelgusi yili 3 ta shoxdan chiqqan novdalarda yaxshi rivojlanganida 2 ta dan 6 tasi qoldiriladi, natijada 2 yarusli 6 kallakli tut bo’ladi. So’ngi foydalanishlarda faqat 6 ta kallakdagi novdalar qirqiladi, anna shunda barg, yomg’ir, qorlar to’g’ridan to’g’ri yerga tushadi.
Yoshartirilgan tutlarni parvarish qilish juda muxim ishlardandir. Yoshartirilgan tutlar tezda rivojlanib gurkirab o’sishi uchun birinchi yili -7-8 marta , so’ngra xar yili mavsumda 5-6 marta sugorish, ikki marta mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish va qator oraliqlarini traktorda 2-3 marta xaydalishi kerak. Albatta tutlarning atrofini traktor bilan yumshatish mumkin bo’lmagani uchun shu ish kulda bajariladi.
Bunday yoshartirib tutlarni barg xosilini oshirishda yana bir usul bo’lib, bu serxosilli novdalardan qalamcha va kurtaklar olib payvand qilishdir.
Muhokama uchun savollar:

  1. Yakka qator ekilganda daraxt oralig’i qancha bo’lishi kerak?

  2. Baland tanali va buta tutlarning oralig’i necha metr bo’lishi kerak?

  3. Buta tutzor qalamchadan tashkil etilsa, nechanchi yili bargidan foydalanish mumkin?

  4. Hosildan qolgan tutlarda qachon yoshartirish ishlari bajariladi?

  5. Yoshartirilgan tutlar birinchi yili necha marta sug’oriladi?

7-mavzu: Tut daraxtining kasalliklari va zararkunandalari - 2 soat.


Reja:

  1. Tut daraxti kasalliklari xaqida umumiy tushuncha.

  2. Tut kasalliklarining guruxlanishi (yuqumli va yuqumsiz).

  3. Tut daraxti zararkunandalari

  4. Tut daraxti kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash chora tadbirlari.

Tayanch iboralar: kasallik, bakteriyalar chaqiradigan, zamburuglar chaqiradigan, viruslar chaqiradigan, yuqumli, yuqumsiz kasalliklar, kimyoviy kurash, agrotexnik kurash, zararkunandalari, qarshi kurash,.
Tut daraxtining xosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash va uni saqlab qolish, tutzorlarni serxosil navlardan tashkil qilish, tut ko’chatlarini intensiv va yuqori agrotexnik asosida parvarish qilish bilan bir qatorda tutlarni kasallik xamda zararkunandalardan asrab qolish choralarini amalda tadbik qilish katta axamiyatga egadir.
Ma’lumki, xar xil kasallik va zararkunandalarning keltirgan ziyonlari tufayli tut barg xosili xamda yetishtiriladigan ko’chatlar ko’p nobud bo’ladi va ularning sifati pasayadi. Shu boisdan pillakor va qishloq xo’jalik institutlari ipakchilik fakulteti studentlari, o’rta maxsus ukuv yurti talabalari tutga zarar keltiruvchi kasallik belgilari va zararkunanda xillarini ajrata olishlari, o’suv davrlarini o’rganishlari xamda ularga qarshi kurash choralarini aniq qo’llashni bilishlari zarur.
Tutda uchraydigan xar qanday kasallik uning to’qimalaridagi modda almashinishni(nafas olish, fotosintez, oziqni o’zlashtirish, suvni bug’lantirishni), izdan chiqarib, o’simlikning o’sishi va rivojlanishini susaytiradi, xosili kamayadi va nixoyat u nobud bo’ladi. Binobarin, tashqi muxit yoki mikroorganizmlar ta’sirida o’simlikning normal o’sish xolatining buzilishi o’simlik kasalligi deyiladi, rivojlanish jixatidan sog’lom o’simlikdan farq qiladigan birorta o’zgarishga ega bo’lgan o’simlik esa kasal xisoblanadi (X.Qodirov 1964).
O’simlik kasalliklari yuqumli va yuqumsiz guruxlarga bo’linadi. Yuqumli kasalliklar - bakteriya, zambrug’, virus, mikoplazma va gulli parazit (tekinxur) o’simliklar va virus ta’sirida ro’y bersa, yuqumsiz kasalliklar esa ob-xavoning noqulay kelishi (garmsel, kuchli sovuq tushishi), tuproqda ayrim oziq moddalarining yetishmasligi yoki ortiq bo’lishi, tutning novda va tanalari bevaqt xamda noto’g’ri kesilishi natijasida sodir bo’ladi.
Yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi bakteriya, zamburug’, virus, mikoplazma va gulli parazitlarda xlorofill donachalari bo’lmaganligi uchun xavodagi uglerodni o’zlashtira olmaydi va shu boisdan o’simlikdagi tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar bakteriya va zamburug’lar faqat tirik organizmlar xisobiga yashasa, ularni parazitlar, o’lik organizmlar qoldiqlari bilan oziqlansa saprofitlar deyiladi.
Viruslar o’simlikning xujayra shirasidagi xar xil shaklli oqsil moddalarining kristallaridan iborat bo’lib, modda almashtirish, urchish va o’z shaklini o’zgartirish qobiliyatiga ega emas. Ular yuqumli xisoblanadi.
Mikoplazma bu bakteriya va virus oralig’idagi mikroorganizmlar.
Gulli parazitlar (zarpechak va devpechak, shumg’iya) madaniy o’simlik, jumladan tut tanasi va novdalariga chirmashib olib, po’stloqdagi oziq moddalarni, shumg’iya esa tutning ildiziga yopishib so’rg’ichlari bilan suradi. Umuman tutning 100 dan ortiq kasalliklari ma’lum.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin