Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Tutni yoshiga qarab suvga bo’lgan talabi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə15/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Tutni yoshiga qarab suvga bo’lgan talabi. Umuman o’simliklarga suv omilining ta’siri yog’ingarchilik, tuproq va xavodagi namliklar darajasini yig’indisi bilan bog’liqdir. O’simlikning normal o’sishi va rivojlanishi uning ildiz sistemasi orqali shimiladigan va barglari bilan bug’lanadigan suv miqdori mutanosibligi bo’lishi kerak. Agar shimiladigan suvga nisbatan bug’lanadigan suv miqdori ko’payib ketsa, o’simlikda turgor xolati yo’qolib, u so’liy boshlaydi.
Suv o’simlik to’qimalarining asosiy qismini tashkil qilib, xujayralarni tarang xolatda saqlab turadi. O’simlik ichidagi mineral va organik moddalar, xamda ildiz orqali tuproqdan keladigan tuzlar suv tufayli xarakatlanib turadi. Suv tuproqdagi mineral moddalarni o’simlik o’zlashtira oladigan holatgacha eritadi, Unda erigan bu tuzlar o’simlikning bargiga o’tib, fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Bundan tashqari suv o’simlikda bug’lanish jarayonida ishtirok etib, yozgi jazirama issiqlarda o’simlikni qizib ketishdan saqlaydi. Nihoyat, o’simlik ildizi va novdalarinig o’sishi, daraxtning barg hosili va sifati tuproqdagi suv miqdoriga bog’liqdir.
Tut daraxtinig yoshi va rivojlanish davrlari tuproqda namlikning har xil miqdorda bo’lishini talab qiladi. Masalan: urug’dan unib chiqish va niholchaning ko’qarib chiqishi davrida tuproqdagi namlikka talabchan bo’ladi. Chunki endigina o’sa boshlagan niholchaning hali rivojlanib ulgurmagan ildizi tuproqning yuza qatlamidagi namlikdangina foydalana oladi. Bu davrda tuproq namligi yetarli bo’lmasa niholchaning o’sishi sustlashadi va oxiri ko’rib qoladi. Yosh niholchalarni dastlabki o’sish davrida tez - tez sug’orib turish kerak.

  1. Tut bargining sifati va hosiliga tuproq unumdorligining ta’siri. Tut daraxtinigng ildizi rivojlangan bo’lishiga qaramay, u oziq moddalarga juda talabchandir. Chunki ko’p yillik o’rmon daraxtlarining oziq moddaga boy barglari xazonrezgilikdan so’ng yerga to’kilib, tuproqdagi chirindi miqdo-rini ko’paytirgani holda, tut daraxtlarining xamma bargli novdalari ko’klamgi va takroriy qurt boqish uchun bir yoki bir necha marta kesib olinadi. Natijada tut barglari kuzda yerga juda kam to’kiladi, ya’ni tuproqni chirindiga boyita olmaydi. Yangi bargli novdalar hosil qilish uchun tut tanadagi jamg’arilgan oziq moddalarning bir qismini sarflaydi va o’rnini qoplash uchun tuproqdan ko’p oziq moddalarni suradi. Tutzorning tuprog’i kuchsizlanib, unga ko’p o’g’it solish talab qilinadi.

Demak, tut daraxti ildiz sistemasining rivojlangan bo’lishiga qaramay, undan mo’l va sifatli barg hosili olish uchun, tutzorlar serunum, yumshoq tuproqli yerlarda tashkil qilinishi lozim.
O’rta Osiyoning ko’pchilik yerlari qumli va qumoqli (qoraqum: qizilqum, qarshi cho’llari) tuproqdan iborat bo’lib, ular o’zidan suv, issiqlik hamda havoni yaxshi o’tkazadi, ammo namlik va oziq moddalarni o’zida saqlab qola olmaydi. Bunga sabab tuproqda chirindi juda oz ( 0,2 - 0,5 % ) bo’lib, chirindili qatlamning qalinligi bir necha sm dan oshmasligidir. Shuning uchun bunday tuproqlarda tut daraxti juda yomon o’sadi.
Tutzordagi daraxt qator oralarini o’z vaqtida ishlash va sug’orishni to’g’ri uyushtirish kabi tadbirlarni qo’llash tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun tutzorlarning qator orasini va urug’ sepiladigan, hamda ko’chat ekiladigan yerlarni kuzda shudgorlab qo’yish, ko’klamda tuproq yetilishi bilan boronalash va molalash zarur. Shuni ham aytish kerakki, yerni yoppasiga bostirib sug’orish yo’li bilan tuproqning unumdorlik xususiyatini buzib quyish va xatto uni botqoqlantirib yuborish mumkin. Bunday hol yuz bermasligi uchun tutzorlarni egatlardan jildiratib sugorish lozim.
Havoning ta’siri . Havo o’simlikning xamma qismini urab olgan bo’lib, uning xayot kechirishida muxim rol o’ynaydi.
O’simlikning yer ustki qismi uchun kislorod yetarli xisoblanib, u atmosferaning 21% ini tashkil etadi. Ammo tuproqda kislorod atmosferadagidan ancha kam bo’lib, u ko’pincha o’simlikning urug’ini unishi va ildizni o’sishiga yetishmaydi.
O’simliklar uchun zarur bo’lgan karbonat angidrid gazi tuproqdagi o’simlik va xayvon qoldiqlarini parchalovchi mikroorganizmlar, xamda ildizlarning nafas olishidan xosil bo’ladi va tuproq o’simlikka ta’sir etadi. Tuproqda karbonat angidrid miqdori ko’payib, o’simlik extiyojidan ortiqchasi yuqori (atmosfera) ga ko’tariladi va o’simliklarda ro’y beradigan fotosintez jarayoni uchun foydalaniladi. Bunda o’simliklar tuproqdan 40% ga yaqin miqdorda karbonat angidrid oladi. Karbonat angidrid yetishmasa, o’simlik fotosintez tezligini kamaytiradi. U o’rtacha darajada bo’lsa, bu jarayon o’simlikda kuchayadi.
Havosi kam tuproqlar karbonat angidridga serob bo’lishi tufayli tut ildizining o’sishiga va urug’ining unishiga salbiy ta’sir qilsa, bargda esa aksincha , assimilyatsiya jarayonning keskin kuchayishiga va shuncha barg hosilining ortishiga ijobiy ta’sir etadi. Karbonat angidridning ko’payishi va uni tuproqdan ko’plab xavoga ko’tarilishi uchun tutzorlarga yetarlicha organik, xamda mineral o’g’itlar solib, tuproqqa yaxshi ishlov berish bilan sug’orish orqali mikroorganizmlar faoliyatini kuchaytirish lozim.
Kuchli shamollar ta’sirida yosh daraxtlarning o’sishi susayadi, tanasi bir tomonga kiyshayib o’sadi. Shamolning kuchi sekundiga 410 m. dan oshsa daraxt tanasi sinadi va xatto uni ildizi bilan qo’parishi mumkin.
Tut daraxti shamolga chidamlidir. Undan qishloq xo’jalik ekinlarini sovuq va issiq shamollardan muxofaza qilishda ixota sifatida xam foydalaniladi.
Muxokama uchun savollar:

  1. Tut urug’ining unib chiqishi uchun qancha foydali issiqlik yig’indisi kerak?

  2. Qalamchaning ildiz olishi uchun qancha foydali issiqlik yig’indisi kerak?

  3. Yorug’lik yetishmasa bargda qaysi to’qima ko’proq rivojlanadi?

  4. Tut nixolchalariga bir mavsumda necha marta suv beriladi?

  5. Qalamchani ildiz olishi uchun necha foiz nam bo’lishi kerak?

O’simlik necha foiz CO2 ni oladi?

5-mavzu:Tut daraxtini ko’paytirish va tut ko’chatzori tashkil qilish - 2 soat.


Reja:

  1. Tut daraxtini ko’paytirish usullari.

  2. Tut nixoli va ko’chatlarini yetishtirish.

  3. Ko’chatzorda almashlab ekish.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin