Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə28/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Hayot kechirishi. Tut odimchisi tuproqda daraxt tupidan 1 m narida taxminan 10 sm chuqurlikda G’umbaklik stadiyasida qishlaydi. Ba’zi G’umbaklar esa yuzarokda ba’zan atigi 3 sm chuqurlikda, boshqalari 2 sm gacha chuqurlikda yotadi va, xatto undan xam pastga tushadi.
Fevralning ikkinchi yarmi-martda, xarorat 4°S dan past bo’lmaganda, odatda kechkurunlari G’umbaklardan kapalaklar paydo bo’ladi va ular yerdan o’rmalab chiqadi. Kapalaklar tunda xayot kechiradi, shu bilan birga erkaklari elektr yoki kerosin lampa yorug’ida yaxshi uchadi. Urtochilari kechasi daraxtlarning tanasiga o’rmalab chiqadi va ular daraxtlar tanasida tez orada juftlashadi.
Xarorat 5°S dan past bo’lmaganda urg’ochi xasharot daraxtlar po’stlog’ining yoriqlariga va kuchgan joylariga, ayniqsa tut daraxtining kallaklangan uchiga tup-tup qilib 5 tadan 250 tagacha tuxum qo’yadi; bu tuxumlarini jinsiy sistemasidan chiqqan yopishqoq modda bilan daraxt po’stlog’iga yopishtirib qo’yadi. Urg’ochi xasharot umrida 750 tacha tuxum qo’yadi.
Qora sovuq tushganda kapalaklar yana xavo isib ketguncha kotib yotadi. Barvaqt paydo bo’lgan kapalaklar bir oycha, keyinroq paydo bo’lgan kapalaklar esa ikki xaftacha tuxum qo’yadi. Kapalaklar tuxum kuygandan keyin uladi.
Tuxum inkubatsiyasi 20-35 kunga cho’ziladi. Martning ikkinchi yarmi -aprelning birinchi yarmida tuxumdan qurtlar chiqib, kurtaklar va yozilayotgan barglar bilan oziqlana boshlaydi. Aprelning ikkinchi yarmida va may oyida qurtlar oziqlanishidan to’xtaydi, daraxtlardan tushib, yerni uyib kiradida, uyachalar yasaydi va u yerda G’umbakka aylanadi. Qurtlar 30-40 kun oziqlanadi, shu davrda daraxtlarni batamom yalang’ochlab qo’yadi.
Bu zararkunanda yiliga bitta nasl beradi.
Kurash choralari. Birinchi-uchinchi yoshlardagi ipak qurtlariga dori purkalgan tut daraxtlarining bargini yo’lib berish yoki yangi yosh tut ko’chatlaridan barg olish kerak. Qurtlarga qarshi kurash uchun ikki marta piretrum purkash xam tavsiya etiladi (Nevskiy). Bunda 1 l suvga piretrumning 2 % li ekstraktidan 2 g solinib, 2 g sovun qo’shiladi. Dori birinchi marta qurtlar ikkinchi yoshga ko’plab o’tgan davrda, ikkinchi marta-shundan 5 kun keyin purkaladi.
Qanotsiz urg’ochi xasharot tuxum quyish uchun daraxtlarga o’rmalab chiqadi, shu sababli mexanik metod xam qo’llaniladi. Bu metod kimyoviy choralar ishlab chiqilguncha tut odimchisiga qarshi kurashda eng asosiy metod bo’lib kelgan. Daraxtlarning tanasiga, dastlabki shoxlari chiqqan joyning pastki qismi po’stlog’i gir aylantirib temir qirg’ich bilan kamida 6 sm kenglikda kirib tozalangandan keyin, yog’Och kurakcha bilan 2-3 mm qalinlikda qurt yelimi (tangelfut) suriladi. Sovuqda yoki salqinda yelim juda kuyo’lib qoladi, shuning uchun uni kunning issiq vaqtida so’rish kerak Bunday yelim xalqalari fevralning ikkinchi yarmigacha, G’umbaklardan kapalaklar chiqquncha qo’yiladi. Daraxtlarga o’rmalab chiqadigan urg’ochi odimchilar va ayniqsa, ularning yoniga uchib keladigan erkak odimchilar ko’pincha yelim xalqalarida xalok bo’ladi. Odatda, bunday xollarda urg’ochi xasharot yelim xalqasining pastiga tuxum qo’yadi, ammo tuxumdan chiqqan qurtlar xalqadan barglarga utolmaydi. Fevralning ikkinchi yarmidan aprel boshlarigacha, ya’ni odimchilar tuxum qo’yadigan va tuxumdan lichinkalar chiqadigan davrda, yelim xalqalari ko’zdan kechiriladi, nobud bo’lgan kapalaklar chang va chup-xaslardan muntazam ravishda tozalab turiladi, zarur bo’lsa, yelim xalqasida urg’ochi kapalak yoki qurtlarning shoxlarga o’tish «ko’priklari» paydo bo’lmasligi uchun boshqatdan yelim suriladi.
Ba’zan tagiga chodir tutib latta o’ralgan tayoqlar bilan daraxtlar qoqilib, qurtlar yig’ib olinadi, ammo bu metod unchalik samarali emas. Daraxt silkitilganda o’rgimchak iplariga osilib qolgan qurtlar tayok bilan yig’ib olinib, ustiga yupqa qatlam qilib kerosin qo’yilgan suvli paqirlarda yo’q qilinadi. Daraxtlar xar 4-5 kunda 2-3 marta kattaroq yoshdagi qurtlarni qoqib tushirish mayda qurtlarni qoqib tushirishga qaraganda osonrok.
Tut odimimchining G’umbaklari tinchlikning sal buzilishiga xam chiday olmasligini nazarda tutib, 15 maydan noyabrgacha daraxtlar tagidagi bir metrcha joyni taxminan 20 sm chuqurlikda chopib yumshatib, keyin sug’orib turilsa, ko’pgina G’umbaklar nobud bo’ladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin