U. A. Nurmanov toshkent 2016


Mavzu: Mol-mulk va resurs soliqlari hisobi


səhifə63/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Mavzu: Mol-mulk va resurs soliqlari hisobi. 
REJA. 
1. Mol-mulk solig‘i hisoboti. 
2. Er solig‘i hisobi va hisoboti. 
3. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi va hisoboti. 
4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi va hisoboti. 
 
Tayanch so‘zlar: 
Mol-mulk, er solig‘i, er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq, suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq, bonus, soliqlar bo‘yicha imtiyoz, soliq hisobi, soliq hisoboti. 
 
1. Mol-mulk solig‘i hisoboti. 
Soliq kodeksining 47-bobida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
masalalari tartibga solinadi. 
Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar quyidagilar: 

respublika hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar - 
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari; 

agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va 
(yoki) hududda o‘z mulkida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar - O‘zbekiston 
Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini 
aniqlash imkoni bo‘lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) 
foydalanishida bo‘lsa, shu shaxs soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Quyidagilar mol-mulk solig‘i to‘lovchilari bo‘lmaydi: 

notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan 
taqdirda, SKda nazarda tutilgan tartibda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan 
soliqni to‘lovchilardir; 

soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. 
Quyidagilar mol-mulk solig‘i solish ob’ektidir: 
1) asosiy vositalar, shu jumladan Moliyviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha 
olingan asosiy vositalar; 
2) nomoddiy aktivlar; 
3) tugallanmagan qurilish ob’ektlari. Tugallanmagan qurilish ob’ektlari jumlasiga 
muayyan qurilish ob’ektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ 
muddatda, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, qurilish 
boshlanganidan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar kiradi;
4) belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar. Belgilangan 
muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar jumlasiga montaj qilinishi talab etiladigan 
hamda rekonstruktsiya va (yoki) modernizatsiya qilinayotgan ob’ektlarda loyiha-smeta 
hujjatlarida belgilangan muddatlarga muvofiq kapital qo‘yilmalar hisobiga ishga 
tushiriladigan asbob-uskunalar kiradi. Loyiha-smeta hujjatlarida asbob-uskunalarni ishga 
tushirish muddatlari bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi sifatida ish ko‘rayotgan yuridik 
shaxsning rahbari tomonidan tasdiqlangan muddatlar soliq solish ob’ektini belgilash 


90 
uchun qabul qilinadi, lekin bu muddatlar asbob-uskunalar montaj qilishga topshirilgan 
paytdan e’tiboran bir yildan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
mamlakatimiz norezidentlari uchun quyidagilar soliq solish ob’ektidir: 
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga muvofiq doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq qaysi asosiy vositalar 
bo‘yicha hisob yuritayotgan bo‘lsa, o‘sha asosiy vositalar; 
ushbu doimiy muassasa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, mazkur norezidentlarga 
mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk. 
Respublikada faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirmaydigan O‘zbekiston 
Respublikasining norezidentlari uchun mamlakatimiz hududida joylashgan, ularga mulk 
huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk soliq solish ob’ektidir. Ko‘chmas mulkka 
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining 
norezidenti tomonidan mulk qilib olingan (realizatsiya qilingan) ko‘chmas mulk ob’ekti 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu ob’ektlar joylashgan erdagi davlat soliq xizmati 
organiga ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin o‘n kun ichida ma’lum qilishi shart. 
Qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan er uchastkalari va (yoki) nomoddiy 
aktivlar tarkibida hisobga olinadigan ulardan foydalanish huquqi soliq solish ob’ekti 
sifatida qaralmaydi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin