U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi


Eftaliylar.  0 ‘rta  Osiyoda  eftaliylar  davlatining  shakllanishi,  uning  hu-



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix01.01.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#50780
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbe

Eftaliylar.  0 ‘rta  Osiyoda  eftaliylar  davlatining  shakllanishi,  uning  hu- 

dudiy  chegarasi.  U lam ing  etnik  tarkibi,  davlat  tashkil  etishlari  xususida  tarixiy 

m anbalarda turli  xil  qarashlar mavjud.  Rim  va Vizantiya tarixchilari  Martselin  (IV 

asr),  Prokopiy  Kesariyskiy,  Feofan  Vizantiyskiy  (VI  asr),  arman tarixchilari  Lazar 

Parbskiy (V asr),  Favst Buzand (IV  asr), Xitoy solnomalaridan  Beyshi (VI asr) ber- 

gan  m a’lumotlar  shular jum lasidandir.  Masalan,  eftaliylar  Xitoy  manbalarida  “i- 

da”,  “yeda”,  arm anlarda  “ idal”,  “tetal”,  xeptal,  arablarda  “haytal”,  Suriya  va  lotin 

manbalarida  ’’eptalit”,  “eftalat”,  “abdal”  deb  nomlanadi.  Bunday  turlicha  atamalar 

har bir til  va yozuvning o ‘ziga xos  xususiyatlari  ifodasidir, albatta.  Rus va Vizanti­

ya  tarixchilarining  aksariyati  eftaliylami  turkiy  qabila  -   massagetlaming  so‘nggi 

bo‘g ‘inidan  kelib  chiqqan  deb  fikr bildiradilar.  Feofan Vizantiyskiy eftallar nomini

V  asrning  ikkinchi  yarm ida  podshohlik  qilgan  Vaxshunvor  Eftalon  nomi  bilan 

bogiaydi.  Biroq  nim a  b o ig a n d a   ham  shu  narsa  haqiqatki,  eftaliylar  Turkiston 

mintaqasida ko‘pdan  buyon  yashab  kelgan  tub joy,  yerli  qavmlardandir.  Eftaliylar 

hukmdori  Vaxshunvor  Eftalon  457-yilda  Chag‘oniyon  (hozirgi  Surxon  yerlari), 

Toxariston  va  Badaxshonni  o‘ziga  bo‘ysundiradi.  S o'ngra  eftaliylar  Sug‘dda  ham 

mustahkamlanib  oladi.  U lar  ko‘p  o ‘tmay  o ‘z  hududiy  yerlarini  kengaytirishda  da- 

vom  etib,  Kobil  va  Panjob  vodiysini,  shuningdek,  Kuchu,  Koshg‘ar  va  X o‘tonni 

(Sharqiy  Turkiston)  zabt  etadilar.  Xullas,  ular  a w a ld a   kushonlar  saltanati  egalla- 

gan  hududlami  birin-ketin  qo‘lga  kiritib,  o ‘z  siyosiy  hokimiyatini  kuchaytirishga 

erishadilar.  U lar tuzgan qudratli  davlat 0 ‘rta Osiyodan tashqari  Sharqiy Turkiston, 

Shimoliy  Hindiston,  Sharqiy  Eron  hududlariga  ham  yoyilgan  edi.  Eftaliylar  davri- 

ning  yirik  madaniy  markazlari  Poykand,  Varaxsha  va  Balx  shaharlari  bo ig an . 

Davlat tepasida podsho turgan (manbalarda u “sho”, y a’ni shoh deb atalgan).

Shunday  qilib,  Eftaliylar  0 ‘rta  Osiyo,  Sharqiy  Eron,  Shimoliy  Hindiston  va 

Sharqiy Turkiston  xalqlarini  yagona  davlatga birlashtirib,  o‘z o ‘tmishdoshlari  (ku­

shonlar) siyosatini davom ettirganlar.

9




Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin