Movarounnahrda tohiriylar va som oniylar davlatlarining vujudga kelishi,
boshqaruv tizimi. Tohiriylar davlati. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Tohiriylar bilan
safforiylar o ‘rtasidagi kurash
M a’mun xalifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 821-
yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga kelib,
873-yilga qadar davom etadi. Uning poytaxti avval Marv, keyinroq Nishopur bo‘-
ladi. Dastlab, M ovarounnahrning ko‘pgina viloyatlari ham uning tasarrufida b o i
gan. Buning boisi shuki, ikkala o ik a n in g noiblik markazi Xurosonning Nishopur
shahri b o ig a n . Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini q o ig a kiritgach, undan yurt
mustaqilligini, uning ravnaqi va qudratini oshirish y o iid a foydalanishga qat’iyan
y o ‘l tutadi. Tohir ibn Husayn o ‘z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822-
yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr qiladi. Biroq tez ora-
da uning sirli o iim i bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vo-
rislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh
(844—862), M uhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida tohiriylar davlatining mus-
taqilligi xiyla ta ’minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mul-
kiy munosabatlam i rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini tartibga keltirish, suv resursla-
ridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek, fuqarolar-
dan olinadigan soliqlam i m o‘tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Poytaxt Marv-
dan Nishopurga ko‘chiriladi. Jumladan, Abdulloh ibn Tohim ing chiqargan bir far-
m onida “dehqonlam i ranjitmaslik”, buningsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq
tushmasligi alohida uqtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amal-
da dehqonlarni emas, balki ko‘proq yirik mulkdorlar, savdogarlam ing manfaatla-
rini himoya qilardilar. Shu bois tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar
o g i r asoratda yashash, haddan ziyod soliq-oiponlar to ia sh g a majbur etilgandi.
Birgina 844-yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirhamni tashkil etgan. Bu
o ‘sha davr sharoiti uchun mislsiz ko‘p edi. Shuning uchun ham mamlakatning Se-
yiston va boshqa viloyatlarida dehqon g ‘alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.
25
Xurosonning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan g‘oziylar harakati va dehqonchi-
lik vohalaridagi g ‘alayonlar qo ‘shilib, keng miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakat-
lam ing yetakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand - miskar bo‘lgan
aka-uka Yoqub va Amir ibn Layslar 873-yilda Nishopum i egallab Tohiriylar sulo-
lasini ag‘darib tashlashga muvaffaq bo‘ladilar. Buning natijasida Yoqub ibn Lays
asos solgan safforiy (m iskar)lar sulolasi hokimiyatga keladi. Biroq yangi hukmdor
Yoqub ibn Lays shaxsiy hayotda qanchalik oddiy turmush tarziga amal qilib ya-
shamasin, o ‘z armiyasining jangovarligini kuchaytirish, askarlarni maosh bilan ta ’-
m inlashga urinmasin, mehnatkash xalqning og‘ir soliqlar to‘lashi, boshqa to ‘lovlar
va majbu-riyatlami o ‘tashi avvalgidek o‘zgarmay qola berdi. Bu hoi oxir-oqibatda
safforiylar sulolasi hukmronligining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini qaqshatib, uni ha-
lokatga mahkum etmay qolmadi.
Dostları ilə paylaş: |