Arab xaiifaligidagi ichki sulolaviy kurashning o‘lkamiz ijtimoiy-siyosiy
hayotiga ta’siri. Abu M uslim boshchiligidagi harakat. M ustamlaka zulmining
yanada kuchayishi. G ‘urak va Divashtich. Xalq g‘alayonlari. Muqanna qo‘z-
g ‘oloni va uning tarixiy ahamiyati. 0 ‘rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo‘z-
g ‘olonlari.
•S u g ‘diyonada 720-722-yillarda G ‘urak va Divashtich boshchiligidagi
qo‘zg‘olon.
•725-729-yillarda Samarqand, Buxoro, Xuttolondagi qo‘zg‘olon.
•736-737-yillarda Tohariston va Sug‘ddagi qo‘zg‘olon.
• 746-749-yi 1 larda Xuroson va M ovarounnahrda Abu Muslim boshchiligida
gi qo‘zg‘olon.
•769-784-yillarda M uqanna qo‘zg‘oloni.
•806-809-yillarda Rofe ibn Lais qo‘zg‘oloni.
720-722 yillarda So‘g ‘diyonada yuz bergan G ‘urak (Samarqand hukmdori)
va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo‘zg‘olon arablar hukmronli-
giga qarshi yo ‘nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo'lgan. Unda
arablar siyosati va zulmidan g ‘azabga kelgan o ‘n m inglab mahalliy xalq vakillari
ishtirok etgan. X urosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan
noibi Said Xaroshiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni shaf-
qatsizlik bilan bostirishga muvaffaq boMadi. Q o‘zg‘olon rahbarlaridan biri - Di
vashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729-yillar davom ida xalifalikning ogMr so
liq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko'tarilgan qo‘z-
g'olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Q o‘zg‘olonchilarning
ancha qismi arab m a’murlari siyosatiga norozilik bildirib, islom dinidan chiqadilar.
Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to ‘qnashuvi rostmona
jang-u jadal tusini olgan. 736-737-yillarda Tohariston va Sug‘dda yangidan ko‘ta-
rilgan kuchli qo‘zg‘olon o ‘z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgan-
di. Faqat Xuroson va M ovarounnahming yangi hukmdori, usta diplomat Nasr ibn
Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalami hal etish borasidagi
epchil tadbirlari tufayligina qo‘zg‘olon harakatlarini bartaraf etish, oMkada muvo-
zanatni bir qadar saqlash mumkin boMdi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa, uning
nufuzli qatlam iga muayyan yon berishga majbur boMdi. Jumladan, u arablarning
mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O 'zi ham
Buxorxudot Tug‘shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan
ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj soligM
toMash barcha uchun baravar deb eMon qilinadi. VIII asr 40-yillarida xalifalikda
23
toj-u taxt uchun kurash boshlanadi. 748-yilda Abu M islimning Xurosonda ko‘tar-
gan qo‘zg‘oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Ummaviy Marvon
11 taxtdan ag‘dariladi. 749-yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffoh taxtga
ko ‘tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilan-
madi. Shu boisdan xalq qo‘zg‘olonlari tez-tez k o ‘tarilib turdi.
M uqanna qo‘zg‘oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib
borgan kurashi tarixida alohida o ‘rin tutadi. Tarixda “oq kiyim lilar” nomi bilan
m ashhur bo‘lgan bu qo‘zg‘olonga o‘z zamonasining har tom onlam a yetuk kishisi,
xalq dardi, qayg‘usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Ha
kim, ammo M uqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan m a’noda) nomi bilan tanilgan
buyuk shaxs rahnamo bo‘ldi. M uqanna ummaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir
k o ‘rsatgan Abu Muslim qo‘zg‘olonida ham faol ishtirok etgan. M uqanna hayot-
ning katta mashaqqatli yo‘lini bosib o ‘tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkar-
boshi, keyin vazirlik darajasiga ko'tarilgan (757-759). 759-yilda Xuroson amiri
A bdujabbom ing xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan.
Zindondan qochib, 769-yilda M arvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi.
U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g ‘oyalarini o ‘ziga singdirgan taniqli siy-
mo bo‘lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh boMishi bu
harakatning keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyor-
garlik ko‘rish jarayonlarini ham hisobga olganda, 14 yilni o ‘z ichiga oladi) sabab
boMibgina qolmay, ayni chog‘da, arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan
oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Q o‘zg‘olon Marv-
da boshlangan bo‘lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi.
M uqanna qo ‘zg‘oloni davom ida Samarqandu Buxoro, Naxshobu Kesh hududlari
aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg‘ona vodiysi-
ning ko ‘p sonli aholisi ham q u w atlab chiqdi. Q o‘zg‘olonning bosh g ‘oyasi - Va
tanim iz xalqlari, ulaming asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlar-
dan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo‘lga kiritish g ‘oyasi bo‘lgan. Ma-
na shu yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi qo‘zg‘olonchilarga hayotiy ruh, m a’naviy
madad bag‘ishlagan, ulam ing uzoq vaqt davom ida arablaming katta harbiy kuch-
lari bilan jo n berib, jo n olishib kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga
sabab b o ‘lgan. Biroq, shu bilan birga, qo‘zg‘olonga tortilgan aholining ham m a ijti
moiy tabaqalari ham shu ulug‘vor g‘oyaga sodiq bo‘lgan, unga oxirigacha amal
qilgan, deb xulosa chiqarib bo ‘lmaydi, albatta. Negaki, qo‘zg‘olon kuchaygan kez-
larda undan o ‘z xudbin maqsadlari y o ‘lida foydalanishni ko ‘zlab, xalq kurashiga
qo‘shilgan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo‘lgan. Ular, keyinchalik, qo‘zg‘o-
lon pasayishi va m agiubiyat sari yuz tutgan kezda darhol xiyonat y o ‘lini tutib, aj-
nabiylar bilan til topib, ular tom oniga o ‘tib ketganligi ham rostdir. Ammo bunday
istisnolardan qat’i nazar, bir necha yillar da-vom etgan “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni
yurtim izning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug‘ taratdi, arab bosqinchilarini
larzaga soldi, ularga sezilarli zarbalar berdi. Q o‘zg‘olon M uqannaga katta madad-
kor, jangovar safardosh bo‘lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, Kay yoki
G ‘uriy, G ‘aricha kabi xalq qahramonlarini ham yetishtirib chiqardi. U lar oxirgi
tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar.
780-783-yillarda qo‘zg‘olon harakatlari so‘nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu
24
davrda Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to ‘plangan
edi. Q o‘zg‘oIonning bosh tayanch nuqtasi - Som qal’asi ham shu joy d a b o ig a n .
Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo‘shinlari katta ustunlikka ega b o iib , ular ma
halliy aholining yuqori tabaqalarini o ‘z tom oniga jalb etib, qo'zg'olonchilam i to-
bora siqib borayotgan edi. M uqanna Somda mustahkamlanib, o ‘z tarafdorlari bilan
so‘nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida esa dushman q o iid a m a g iu b b o im a y ,
o ‘zini yonib turgan olovga otib, qahramonlarcha halok b o ia d i. Bu voqea Beruniy
m aiu m o tig a ko‘ra, 783-yilda yuz beradi. Garchand M uqanna qo‘zg‘oloni yengil-
gan b o isa -d a , biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga
qodirligini t o i a namoyon etdi. Q o‘zg‘olon, ayni chog‘da, xalifalikning Movaroun-
nahrdagi mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukm-
ronligining davom etishini shubha ostiga solib qo‘ydi. Eng muhimi, u erk va ozod-
lik uchun talpinayotgan yurtimiz kishilarida vatanparvarlik tuyg‘usini j o ‘sh urdir-
di, ularni ajnabiy zolimlarga qarshi yanada shiddatkorlik bilan kurash olib borish-
ga da’vat etdi.
Dostları ilə paylaş: |