129
RISKLARNING ASOSIY TURLARI
Ta
dbirkorlik riskini juda ko‘p
turlarga, masalan, tabiiy iqlim, siyo
-
siy, xo‘jalik, transport va boshqalarga ajratish mumkin. Biz uning uchta
asosiy turini –
ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion riskni ko‘rib
chiqamiz.
Ishlab chiqarish riski
korxonaning xo‘jalik yuritish faoliyati bilan
bog‘liq. Bunda korxona o‘zining majburiyatlarini bajarmaslik ehtimoli tu-
shuniladi. Masalan, korxona buyurtmachi yoki
xaridorlar oldidagi shart
-
nomaviy majburiyatlarini bajarmasligi, o‘z tovar va xizmatlarini sota ol
-
masligi, ular narxlarini to‘g‘ri
belgilay olmasligi, bankrotlikka yuz tutishi
mumkin.
Moliyaviy operatsiyalar tavsifidan kelib chiqqan holda yuzaga keluvchi
zararlar
moliyaviy risk
ni vujudga keltiradi. Moliyaviy risk moliya-kredit,
fond birjasi sohalarida, qimmatli qog‘ozlar operatsiyasini amalga oshirish
-
da yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni ifodalaydi.
Moliyaviy
risklarga, shuningdek, kredit riski, foiz riski, valuta riski, moliyaviy natija-
ni boy berish riski kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: