28
1.
Resurslarni ajratish
(birgalikda foydalanish): taqsimlangan
tizimda turli resurslar turli kompyuterlarda saqlanishi mumkin.
Dasturlar yoki ma’lumotlarning nusxalarini bir necha kompyuterlarda
saqlash bilan zahiralashning zarurati yo‘q.
2.
Birgalikda yuklash
(load sharing): taqsimlangan tizimda har
bir kompyuterga ma’lum
topshiriq berilishi mumkin, uni u boshqa
kompyuterlar o‘z topshiriqlarini bajarishi bilan parallel bajaradi.
3.
Ishonchlilik
: taqsimlangan tizimning
kompyuterlaridan biri
rad etganda yoki uzilganda uning topshirig‘i uzilish yakuniy natijaga
minimal darajada ta’sir etishi yoki umuman ta’sir
etmasligi uchun
boshqa kompyuterga taqsimlanishi mumkin.
4.
Aloqa
: taqsimlangan tizimda barcha kompyuterlar bir-birlari
bilan bog‘langan,
shunday ekan, masalan, zarurat bo‘lganda
quvvatliroq kompyuterning resurslaridan foydalanish maqsadida bitta
kompyuterdan boshqa kompyuterga masofadan kirish mumkin.
Taqsimlangan tizimda kompyuterlar
tarmoq infratuzilmasiga
bog‘langan, u quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1. Lokal tarmoq (local area network - LAN);
2. Global yoki hududiy tarmoq (wide area network - WAN).
O‘zining tashkil etilishi bo‘yicha taqsimlangan tizimlar mijoz-
serverli (client-server) yoki bir darajali (peer-to-peer) tizimlar bo‘lishi
mumkin. Mijoz-serverli tizimda ma’lum kompyuterlar serverlar rolini,
boshqalari esa ularning xizmatlaridan foydalanadigan
mijozlar rolini
o‘ynaydi.
Taqsimlangan tizimlarning bunday tashkil etilishi eng keng
tarqalgan va uni atroflicha ko‘rib chiqamiz. Bir darajali taqsimlangan
tizimda barcha kompyuterlar teng huquqli.
Mijoz-server tizimining
tuzilishi 1.4- rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: