32
Bunday tizimlardan foydalanishda umumiy maqsadlardagi OT
uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan vaqtni bo‘lish tizimlari bilan
nomuvofiqliklar vujudga kelishi mumkin.
Oddiy til bilan aytganda,
bunday tizimlarning ishlashida uzilishlarga ruxsat etilmaydi.
Tizimning asosiy ishlash sikli uchun barcha zarur ma’lumotlar
oldindan xotiraga yuklanishi kerak. Bunday tizimning kodini
bajaradigan jarayon diskka ko‘chirilishi mumkin emas.
Bunday tizimlar uchun OT odatda soddalashtirilgan,
virtual
xotira o‘rniga fizik xotira ajratiladi, qolgan barcha resurslarni
virtuallashtirish turlari bo‘lishi mumkin emas.
Real vaqt OTlarini
ommaviy ishlab chiqish amaliyoti umumiy maqsadlardagi OTlar
ochiq dastlabki kodlari asosida “barcha ortiqchaliklarni olib tashlash”
yo‘li bilan bunday OTlarni ishlab chiqish amaliyoti hisoblanadi. Lekin
bunda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: