29
1.4- rasm.Mijoz-server tizimi tuzilishi
Mijoz-server kompyuter tizimlaridagi serverlarning turlari
Taqsimlangan tizimlarning mijoz-server
arxitekturasi juda keng
tarqalgan va operatsion tizimlar bilan qo‘llanadi. Shuning uchun
zamonaviy taqsimlangan tizimlar
qanday serverlar turlari va
funksiyalarini tashkil etishini bilish juda muhim.
Fayl-server (file server)
– kompyuter va dasturiy ta’minot
bo‘lib, u kompyuter-serverning disklarida joylashgan fayllar tizimlari
to‘plamiga, lokal tarmoqning (LAN)
boshqa kompyuterlariga
ulanishni taqdim etadi. Misol uchun, UNIX (Linux, FreeBSD, Solaris
va boshqalar) turdagi OT uchun SAMBA (SMB – Server Message
Block) serverlar dasturiy ta’minoti
lokal tarmoqning Windows-
kompyuterlaridan UNIX-mashinalarning fayllar tizimlariga ulanishni
ta’minlaydi. Samba shuningdek, Macintosh/MacOS platformasi uchun
ham amalga oshirilgan.
Ilovalar serveri (application server)
–
kompyuter va dasturiy
ta’minot bo‘lib, hisoblash resurslari (xotira va protsessor) va lokal
tarmoqning boshqa kompyuterlaridan ilovalarning ma’lum
sinflarini
olisdan ishga tushirish uchun zarur muhitni taqdim etadi. Misollar
Java Enterprise Editionda (JEE) ishlaydigan ma’lum
ilovalar
serverlaridan eng yaxshilari WebSphere (IBM), WebLogic (BEA)
ilovalar serverlari hisoblanadi.
Ma’lumotlar ombori serveri (database server)
– kompyuter
va dasturiy ta’minot bo‘lib, kompyuter-serverda
joylashgan
ma’lumotlar omboriga tarmoqning boshqa kompyuterlariga ulanishni
taqdim etadi. Misol, Microsoft SQL Server ma’lumotlar
omboriga
ulanish uchun serverlar dasturiy ta’minoti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: