U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   253
os

Soft real-time - tizimlar
– vaqt bo‘yicha cheklashlar buzilganda 
u boshqaradigan obyektda xatolikka (rad etishga) olib kelmaydigan 
real vaqt tizimlari hisoblanadi. Odatda bu doimiy o‘zgaradigan 
vaziyatli bir necha o‘zaro bog‘langan tizimlarni boshqarish tizimi 
hisoblanadi. Misol, tijorat havo yo‘llaridagi parvozlarni rejalashtirish 
tizimi hisoblanadi. 
Bunday tizimdagi qandaydir kechikishda, eng yomon holda, 
ayrim parvozlarning yo‘lovchilariga aeroportda biroz kutishga to‘g‘ri 
keladi, lekin hech qanday halokatli oqibatlar bo‘lmaydi. Bunday 
tizimlar sanoat boshqarish tizimlar va robotlar texnikasi uchun 
cheklangan foydalilikka ega. Ular yana OTlar rivojlangan 
imkoniyatlarini talab qiladigan zamonaviy ilovalar uchun (masalan, 
multimedia va virtual reallik uchun) foydali bo‘ladi. 
Cho‘ntak kompyuterlari (handhelds) va ularning OTlari 
Bu sinfdagi qurilmalarga cho‘ntak personal kompyuterlari 
(ChPK) yoki Personal Digital Assistants (PDA) va mobil telefonlar 
kiradi. Bu sinfdagi kompyuterlarning o‘ziga xos xususiyatlari va 
muammolariga quyidaglar kiradi: 

cheklangan xotira hajmi;

nisbatan sekin ishlaydigan protsessorlar: mobil qurilmalar 
uchun eng oddiy komandalarni bir necha sekundlarda bajarilishini 
kutish oddiy hol, bu noqulay;


33 

monitorlar (displeylar) ekranlarining kichik o‘lchami, bu 
yerdan GUIni qo‘llash uchun maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minot 
zarurati kelib chiqadi. Masalan, Java Micro Editionda (JME) mobil 
qurilmalar uchun Java versiyalarida GUIni ishlab chiqish uchun qulay 
AWT va Swing umumiy paketlaridan foydalanish zarur. Ularning 
o‘rniga JMEda ishlab chiquvchiga Java (JSE) standart nashri bilan 
moslashuvchan bo‘lmagan javax.microelectronics…lcdui turdagi 
maxsuslash-tirilgan paketlar taklif etiladi, bu kodni qurilmaning 
turiga, ba’zan esa ekranlarning turli o‘lchamlariga ega bo‘lgan mobil 
telefonlarning aniq bir modellariga bog‘liq bo‘ladi;

Internet orqali uncha yuqori bo‘lmagan aloqa tezligi. 
Masalan, mobil telefonlarning GPRS-modemi taxminan sekundiga 3-5 
kilobayt – dial-up tezligidagi aloqani ta’minlaydi;

ma’lumotlarni uzatish uchun aloqa Bluetooth yoki IrDA 
(binobarin, u ko‘pincha bo‘lmaydi) orqali amalga oshiriladi. Barcha 
zarur portlar mavjud emas. Masalan, mobil qurilmalarning qismida 
USB port mavjud emas, ya’ni “fleshkadan” foydalanish mumkin 
emas, bu juda noqulay va Smart Media turdagi o‘ta kichik maxsus 
disklardan 
foydalanishga 
to‘g‘ri 
keladi, 
ular 
uchun 
stol 
kompyuterlarida o‘qish uchun adapterlar hamma vaqt ham 
bo‘lavermaydi. 
Shunga qaramay, 
zamonaviy 
kommunikatsiya 
vositalari 
(masalan, Wi-Fi) va personal kompyuterlar bilan moslashuvchan 
portlar va tashqi xotira modullari cho‘ntak va mobil qurilmalarda ham 
ishlatila boshlanmoqda. Cho‘ntak va mobil qurilmalar uchun 
operatsion tizimlar va boshqa tizim dasturiy ta’minotida bu barcha 
cheklashlarni, xususan, cheklangan xotira hajmini hisobga olishga 
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun qator qulay kundalik dasturiy 
imkoniyatlarni mobil qurilmalar uchun ta’qiqlashga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin