12.2§. Asinxron mashinaning mexanik xarakteristikalari va asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari Ko‘rilayotgan asinxron mashinani ideal mashina deb hisoblab, undagi mexanik isroflar (qiymati kichikligidan) e’tiborga olinmasa, elektromagnit moment M valdagi moment Myuga teng deb hisoblagan holda, quyidagi tahlillarda «elektromagnit moment M» tushunchasi o‘rniga asosan «aylantiruvchi moment M» tushunchasi ishlatiladi.
Stator chulg‘amiga beriladigan kuchlanish U1= U1N bo‘lgandagi M =f (n) yoki M =f (s) ko‘rinishdagi bog‘lanishga asinxron motorning mexanik xarakteristikasi (12.2,a-rasm) deyiladi.
Aylantiruvchi momentning sirpanishga bog‘liqligi (yoki mexanik xarakteristika) – M = f (s). Mexanik xarakteristikani qurish uchun (12.8,a)
M = (m1 p ) /{(2f1s)[(r1+ /s)2 + (x1+ )2]} formuladan foydalanish mumkin.
Sirpanish s ga qiymatlar berib, parametrlari ma’lum bo‘lgan asinxron motor uchun izlangan mexanik xarakteristikani qurish mumkin (12.2,a-rasm). Maksimal momentga to‘g‘ri keladigan sirpanishni kritik sirpanish skr deyiladi. Uning qiymatini aniqlash uchun (parametrlari o‘zgarmas deb hisoblagan holda) momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olib, uni nolga tenglaymiz (ya’ni dM/ds = 0), bunda umumiy hol uchun quyidagi natijaga ega bo‘lamiz:
. (12.9)
Agarda c1 1 va qiymati ancha kichikligidan r1 0 deb olinsa, u holda kritik sirpanish skr ni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
= r2/ xqt , (12.9,a)
Maksimal (kritik) moment Mmax ning qiymatini aniqlash uchun (12.9) dan skr ning qiymatini (12.8,a) ga qo‘yib hisoblanadi:
Mmax (1/2) m1p / {2f1c1[ r1+ ] }, (12.10)
( 12.9), (12.9,a) va (12.10)larda musbat (+) ishora motor rejimiga, manfiy (–) ishora esa generator rejimiga tegishli (12.2,b-rasm).
Umumiy maqsadli asinxron mashinalar uchun stator chulg‘amining aktiv qarshiligi induktiv qarshiliklar yig‘indisidan ancha kichik [r1<< (x1 + x2), ya’ni taxminan 1012 foizini tashkil qiladi xolos] bo‘lganligidan r1 0 deb hamda s1 1 ekanligini e’tiborga olgan holda Mmax ni aniqlashning soddalashgan ifodasiga ega bo‘lamiz:
Mmax (1/2) m1p / [2f1 (x1 + x2)], (12.10,a)
(12.10) ifodaning tahlili shuni ko‘rsatadiki, asinxron mashina generator rejimda ishlaganida uning maksimal momenti Mmax.G motor rejimdagi maksimal momenti Mmax.M ga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Bunga sabab, generator rejimda (12.10) ning maxrajidagi r1 ning ishorasi minus « – » olinib kasrning maxrajidagi son motor rejimdagiga nisbatan kichikroq bo‘lganligidandir. Asinxron motorning maksimal momenti tarmoq kuchlanishi kvadratiga mutanosib ekan, ya’ni M . Bu esa uning kamchiligi hisoblanadi, chunki kuchlanish, masalan, 10% ga kamaysa elektromagnit moment M= 0,92M = 0,81MN ga, ya’ni 19% ga kamayadi. Asinxron motor maksimal momentining karraligi kM=Mmax/MN standart tomonidan qat’iy belgilangan bo‘ladi, ya’ni kM 1,8. Ayrim maxsus asinxron motorlarda kM ning qiymati 3,0 gacha yetadi. Bu koeffitsient asinxron motorning o‘ta yuklanish qobiliyatini xarakterlaydi.
(12.9) va (12.10) formulalarning tahlilidan quyidagi muhim xulosalar qilish mumkin:
1) kritik sirpanish skr rotor zanjirining aktiv qarshiligi r2 ga mutanosib ravishda o‘zgaradi;
2) maksimal moment Mmax ning qiymati rotor zanjiri aktiv qarshiligi r2 ga bog‘liq emas;
3) asinxron motorning maksimal momenti Mmax va o‘ta yuklanish qobiliyati kM asosan stator va rotor chulg‘amlari tarqoq induktiv qarshiliklari (tegishlicha x1 va x2)ga teskari mutanosibda bo‘ladi;
4) maksimal moment Mmax har qanday sirpanishdagi moment singari ga mutanosibdir, ya’ni berilayotgan kuchlanish kamayganda motorning o‘ta yuklanish qobiliyati pasayadi.
M= f (s) – mexanik xarakterstikaning motor rejimda o‘zgarish xarakteri quyidagicha tushuntiriladi. Yuk momenti salt ishlash rejimidan oshirilsa, sirpanish s oshadi. Bunda aktiv-induktiv xarakterli rotor zanjiri qarshiligidan o‘tadigan tok I2 ni va uning shu zanjirdagi EYuK E2 dan orqada qoluvchi 2 burchakni hisoblash formulalariga:
I2 = sE2 / (r2 + jsx2) = E2 / (r2/s + jx2), (12.11)
2 = arctg(x2s/ r2) = arctg(sx2/r2) = arctg(x2/ (r2/s) (12.12)
asosan rotor toki I2 va faza siljish burchagi 2 oshadi, sos2 esa kamayadi.
Sirpanish osha borgan sari rotor tokining induktiv xarakteri tobora osha boradi, uning aktiv tashkil etuvchisi esa avval (2 kichik paytda) oshib, so‘ngra (umumiy tok ning oshishidan qat’iy nazar) kamaya boradi (12.3,b-rasm), chunki EYuK E2 va tok I2 orasidagi siljish burchak 2 oshadi. M= f (s) bog‘lanishning o‘zgarish xarakterini asinxron motorning ishlash prinsipidan kelib chiqqan holda analitik yo‘l bilan ham isbotlash mumkin, ya’ni (12.1) ga asosan uning elektromagnit momenti ishchi oqim Ф va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi I2a larning ko‘paytmasiga mutanosibdir. Bundan, Ф = const bo‘lganda mexanik xarakteristikaning o‘zgarish xarakteri I2a= f (s) grafigi bilan aniqlanar ekan.