U. T. Berdiev



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə55/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Almashtirish sxemalari. Asinxron mashinalarining toki, quvvati va kuchlanish pasayishini aniqlash uchun almashtirish sxemasidan foydalaniladi. Mashinaning almashtirish sxemasi uning asosiy (11.19) tenglamalari asosida quriladi. Almashtirish sxema bir-biriga elektromagnit vositasida bog‘langan stator va rotor zanjirlari parametrlarining qarshiliklari orqali ko‘rsatiladi.
T-simon almashtirish cxemasi. 11.3,b-rasmda asinxron mashinaning T- simon almashtirish sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxema asosiy uchta shoxobchadan: 1) qarshiliklari r1, x1 va toki bo‘lgan stator zanjiri; 2) qarshiliklari r0, x0 va toki bo‘lgan magnit zanjiri; 3) qarshiliklari + (1–s)s = s , , va toki (– ) bo‘lgan rotor zanjiridan iborat.
Asinxron motorning magnit jihatdan bog‘langan stator va rotor chulg‘amlari T-simon almashtirish sxemasida (11.4,b-rasm) stator va rotor elektr zanjirlari bilan almashtirilgan. Bundagi aktiv qarshilik (1–s)s ni qo‘zg‘almas rotor chulg‘amiga ulangan tashqi qarshilik sifatida qarash mumkin bo‘ladi. Bu holda asinxron mashina aktiv yuklama ulangan transformator sifatida ishlaydi va bu jarayonda sxemadagi (1–s)s qarshilik yagona o‘zgaruvchan parametr hisoblanadi. Bu qarshilikning qiymati sirpanish bilan, demak, asinxron motorning valiga qo‘yiladigan mexanik yuk bilan aniqlanadi. Masalan, agar motor validagi foydali (yuk) momenti M2 = 0 bo‘lsa, u holda sirpanish s  0 bo‘lganligidan (1–s)s =  bo‘lib, bu hol motorning salt ishlash rejimiga mos keladi. Agar valdagi yuk momenti aylantiruvchi momentdan katta bo‘lsa, u holda motorning rotori to‘xtaydi, demak, s = 1 bo‘ladi. Bunda (1–s)s = 0 bo‘lib, bu hol asinxron motorning qisqa tutashuv rejimiga mos keladi.
T-simon almashtirish sxema ish jarayonni to‘la aks ettiradi, lekin unda bir-biriga ta’sirlashadigan konturlar mavjud bo‘lib, ularni hisobga olish ancha murakkabligi uning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun amaliyotda soddalashtirilgan G-simon almashtirish sxema ishlatiladi (11.4, c-rasm). Bunda soddalashtirish magnitlovchi kontur (Z0= r0 + jx0)ni umumiy klemmalariga chiqarish bilan amalga oshiriladi. Bunda magnitlovchi tokning qiymati o‘zgarmay qolishi uchun bu konturga r1 va x1 qarshiliklar ketma-ket ulanadi. Almashtirishning hosil qilingan sxemasida stator va rotor konturlarining qarshiliklari ketma-ket ulangan bo‘lib, ular ish konturini hosil qiladi. Magnitlovchi kontur ana shu konturga parallel ulangan bo‘ladi; bu holda konturlar bir-biri bilan ta’sirlashmaydi.G-simon almashtirish sxemasi ish konturiining parametrlarini hisoblashda aniqlik qilishni talab etadi, ya’ni ideal salt ishlashda (s=0) tarmoq kuchlanishi U1 ning stator chulg‘ami EYuK E1 ga nisbati bilan aniqlanadigan s1= U1/ E1 kompleks koeffitsientini hisoblash formulalariga kiritish bilan amalga oshiriladi. G-simon almashtirish sxema uchun quyidagilarni yozish mumkin:
I1 = I0 + (–I2); I2 = I2/ s1 (11.26)
bu yerda: I1 va I2 – tegishlicha T-simon va G-simon almashtirish sxemasining ish konturi toklari; hisoblarda  deb olganda xatolik kam bo‘ladi;
c1=1 + (r1 + jx1)/ (r0 + jx0) (11.27)
– G-simon almashtirish sxemaga kiritilgan kompleks son.
Bu sxemada kompleks c1 ni uning moduli bilan almashtirish mumkin. Quvvati 10 kVt dan katta bo‘lgan asinxron mashinalar uchun c11,02 1,05. Asinxron mashinalardagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish uchun ko‘pincha s11 deb olinadi va hisob ishlarini yengillashtirib olingan natijalarning aniqligiga uncha ta’sir qilmaydi. G-simon almashtirish sxemasi magnitlovchi konturi ko‘chirilgan soddalashtirilgan almashtirish sxemasi deyiladi. Aylanayotgan rotor zanjirining toki sirpanish s da (11.22) va (11.23) larni hisobga olgan holda quyidagisha bo‘ladi:
I2s = E2s / . (11.28)
G-simon almashtirish sxemadan ish konturidagi tok qiymati quyidagicha hisoblanadi:
I2 = U1/ . (11.29)


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin