4-Bob. Simmetrik yuklama ulangan transformatordagi elektromagnit jarayonlar 4.1§. Lyens qoidasi, yuklama ulangan transformatorning muvozanat tenglamalari Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga yuklama (Zyu) ulansa (3.1-rasmda kalit «K» ulangan hol), EYuK E2 ta’sirida shu chulg‘amdan I2 tok o‘tib, MYuK I2w2 ni vujudga keltiradi. Bu MYuK asosiy magnit oqimga aks ta’sir qilishdan tashqari kuch chiziqlari nomagnit yo‘llar orqali faqat shu chulg‘am o‘ramlari bilan ilashadigan tarqoq magnit oqim F2 ni ham hosil qiladi. Ikkilamchi chulg‘am MYuK I2w2 ning asosiy magnit oqimga ko‘rsatadigan ta’sirini Lens qoidasi yordamida tushuntirish mumkin.
Lyens qoidasining ta’rifi:«O‘zgarayotgan magnit oqim ilashgan berk o‘tkazuvchi kontur (zanjir)da shunday yo‘nalishdagi EYuK hosil bo‘ladiki, uning vujudga keltirgan toki va u bilan bog‘liq bo‘lgan mexanik kuchlar magnit oqimning o‘zgarishiga aks ta’sir qiladi».
Demak, agar ikkilamchi chulg‘amga aktiv-induktiv yuklama ulansa, undan o‘tayotgan tokning reaktiv tashkil etuvchisi I2r vujudga keltirgan MYuK I2rw2 transformatorning birlamchi chulg‘am MYuK I0w1 ga teskari yo‘nalgan bo‘lib, asosiy magnit oqim F ni kamaytirishga, aktiv-sig‘imiy yuklamada esa I0w1 ga mos yo‘nalgan bo‘lib, asosiy magnit oqimni oshirishga intiladi. Aktiv-induktiv yuklamada natijaviy oqimning kamayishi birlamchi chulg‘amda EYuK E1 ning kamayishiga olib keladi. Natijada, elektr tarmog‘ining kuchlanishi U1 U1N const bo‘lganligidan U1–E1= E tufayli hosil bo‘lgan birlamchi chulg‘amdagi tokning qiymati I0 dan I1 gacha, ya’ni yuklama tokining magnitsizlovchi ta’siri to‘la kompensatsiya bo‘lgunga qadar oshishiga sababchi bo‘ladi va natijada transformatordagi magnit oqim o‘zining dastlabki qiymatiga taxminan tenglashadi. Shunday qilib, ikkilamchi chulg‘amiga yuklama ulangan tranformatorda magnit oqim F to‘la tok qonuniga binoan birlamchi va ikkilamchi chulg‘am MYuK larining birgalikdagi ta’siri tufayli yaratilib, ularning ta’sir etuvchi qiymatlarining geometrik yig‘indisi salt ishlashdagi birlamchi chulg‘am MYuK I0w1 ga taxminan teng bo‘ladi:
I1w1+I2w2 I0w1 . (4.1)
Bu ifodani transformatorning MYuK lari muvozanat tenglamasi deyiladi. Bunda: I1w1– yuklama ulangan transformatorning birlamchi chulg‘amida vujudga keladigan MYuK; I2w2 – ikkilamchi chulg‘amda hosil bo‘ladigan MYuK; I0w1 – salt ishlayotgan transformator birlamchi chulg‘amining MYuK.
(4.1) tenglamaning ikkala tomonini w1 ga bo‘lamiz va I2(w2w1) I2 belgilashdan keyin hosil bo‘lgan tenglamani quyidagicha yozamiz:
I1 I0 + (–I'2). (4.2)
Bu ifoda transformatorning toklar muvozanat tenglamasidir. (4.2) dan quyidagi xulosa kelib chiqadi: transformator birlamchi chulg‘amining toki I1 2 ta tokning geometrik yig‘indisidan iborat ekan: 1) I0–birlamchi chulg‘amda MYuK I0w1 ni hosil qilib magnit o‘tkazgichda asosiy magnit oqimni vujudga keltiradi; 2) (–I2) – yuklama tokining ta’siri tufayli birlamchi chulg‘amdagi tok shu kattalikka oshadi va uning birlamchi chulg‘amda hosil qilgan (–I2w1) MYuK, Lens qoidasiga binoan ikkilamchi chulg‘am MYuK I2w2 ning ta’sirini kompensatsiya qiladi.
Natijaviy (asosiy) magnit oqimning maksimal qiymati Fmax ni aniqlashda magnit zanjirlari uchun Om qonunidan foydalanamiz:
Fmax= ( I1w1+ I2w2)/rm. (4.3)
Magnit oqimning bu qiymatini (3.3) formuladan ham aniqlash mumkin. Bu holda (3.8) dagi U1 E1 ni hisobga olib quyidagiga ega bo‘lamiz:
Fmax U1(4,44 f w1). (4.4)
D emak, birlamchi chulg‘amga berilgan kuchlanish U1 va uning chastotasi f =const bo‘lganda transformator magnit o‘tkazgichidagi asosiy oqim F ikkilamchi chulg‘amga ulangan yuklamaning qiymatiga bog‘liq emas ekanligi transformatorning muhim xossalaridan biridir. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar elektr zanjirlari uchun EYuK va kuchlanishlar muvozanat tenglamalari tegishlicha ularning ta’sir etuvchi qiymatlari orqali quyidagicha ifodalanadi:
Kuch transformatorlarida yuklama tokining nominal va unga yaqin qiymatlarida birlamchi chulg‘amdagi kuchlanish tushishi (U1 I1r1I1x1) nominal kuchlanish U1N ning taxminan 25 foizidan oshmaydi. Shu sababli transformatorga yuklama ulangan rejimda ham fizik jarayonni oydinlashtirish maqsadida U10 deyilganda, (3.8) dagi singari U1E1 ga ega bo‘lamiz.
Transformatorning salt ishlashdagi MYuK I0w1 uning normal yuklama bilan ishlagandagi MYuK I1w1 ning taxminan 0,53,0 (ya’ni juda kam) foizini tashkil etganligidan (4.1) tenglikdagi I0w1 0 deb qabul qilinsa, jarayonning fizik ma’nosini oydinlashtirishga imkon yaratiladi. Bunday cheklanmada chulg‘amlardagi toklar, ular vujudga keltirgan MYuK lar o‘zaro muvozanatlashadigan ravishda yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni
I2 –I1 (w1w2), (4.6)
bundan quyidagi nisbatni yozish mumkin:
I1I2 w2w1. (4.7)
(4.7) dan, YuK va PK chulg‘amlardagi toklar nisbati ularning o‘ramlari soni nisbatiga teskari mutanosibda bo‘lar ekan, degan xulosa kelib chiqadi. Zamonaviy kuch transformatorlarining FIK katta ( 0,97 0,99) bo‘lganligidan, yuklama ulangan hol uchun fizik jarayonning mohiyatini ochish maqsadida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi elektr quvvatlarni bir-biriga tenglaganda (I1U1 I2U2) quyidagi nisbatlar tengligi kelib chiqadi:
I1I2 U2U1 , (4.8)
demak, transformatorda toklar uning kuchlanishiga teskari mutanosiblikda bo‘lar ekan.