U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


texnika va  texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

texnika va 
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish
uchun kurash 
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab 
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat 
foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat 
ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, 
o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini 
ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda 
ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari 
o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida 
marketing
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va 
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat 
kurashida yutib chiqadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni 
o‘zgartirish uchun o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 
kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik 
davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi. 
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat 
muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar 
sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan 
sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy 
jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta 
jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar. 
3.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 
 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 


114 
iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. 
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki 
jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni 
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) 
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko‘rsatadi. Shu 
mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina naflilik yoki 
sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning 
ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi.
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-
sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, 
nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi 
o‘z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq 
foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga 
intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq 
naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega bo‘lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari 
to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi 
sodir bo‘ladi. 
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi 2-chizmaga e’tiborni 
jalb etamiz. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin