U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan 
e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, 
noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning 
obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat 
deb yuritiladi.
G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib 
kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni 
yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi 
mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy 
usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, 
iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda 
umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi 
qoidalarga asoslanadi.
2. Raqobat kurashining zamonaviy shakllari 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va 
narxsiz raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab 
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining 
shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. 
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb 
ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish 
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni 
qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq 
texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni 
yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining 
individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish 
imkoniyatini beradi. 


112 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin