172
oshirish, yuqori sifatli materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektron
texnikasi mahsulotlarining tavsiflarini yaxshilash va ishonchliligini oshirish lozim.
Ko‘rinib turibdiki, bu masalalarni echish uchun o‘z navbatida o‘lchash-
nazorat texnikasini mukammallashtirish zarurdir. Bu jarayonning
dialektik birligi
ilmiy-texnik taraqqiyot muammolariga hamma talablarni chuqur tahlil qilish
asosida atroflicha yondoshish lozimligini ta’kidlaydi. Shubha yo‘qki, bu
muammolar echilib, ular ortidan yangilari, yanada murakkabliroqlari kun tartibiga
qo‘yiladi. Ilmiy-texnik tafakkurning oldingi qatorlarida doimo olg‘a qarab
harakat qilish - metrologiya fanining asosiy shioridir.
173
Ayrim atamalar qisqacha izohlari(Glossariy)
“
Metrologiya”
– o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash
usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari
haqidagi
fan;
“
Yagona o‘lchov birligi”
– o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan
birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan
o‘lchov holati;
“
O‘lchov vositasi”
– o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan
metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
“
Birlik etaloni”
– fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish
maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
“
Davlat etaloni”
– vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
“
Metrologik xizmati”
– davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya
xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini
ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
“
Davlat metrologiya nazorati”
– metrologiya qoidalariga rioya etilishini
tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari
amalga oshiradigan
faoliyat;
“
O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish”
– o‘lchov vositalarining
belgilab qo‘yilgan texnik talablariga muvqofiqligini aniqlash va tasdiqlash
maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar,
tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
“
O‘lchov vositalarini kalibrlash”
– metrologik
jihatlarning haqiqiy
qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda
tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘n birinchi xatboshi chiqarib
tashlangan “o‘lchov vositalarini yasash(ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun
listenziya” – davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik
va jismoniy shaxslarga
beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini guvohlantiruvchi
hujjat;
174
“O‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish”
– yagona namunalarda
ishlab chiqariladigan(yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib
kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular
qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof
etilishi;
“
Metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya
qilish”
– o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya
qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari,
laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
“
O‘lchov vositalarni kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik
Dostları ilə paylaş: