(a - l)a:2 = x;(5- 1) • 5 :2 = 4-5 : 2 = 20: 2 = 10
Musobaqada 5 ta jamoa qatnashganida o’nta uchrashuv bo’lar ekan;
(a - 1) ■ a : 2 = x; (6 - l)-6:2 = 5- 6:2 = 30 : 2 = 15
Oltita jamoa ishtirok etgan musobaqada o’n beshta uchrashuv
bo’lar ekan.
Aralash tizim. Musobaqalar aralash tizimsi bo’yicha o’tkazilganda
uchrashuvlarning bir qismi chiqib ketish, ikkinchi qismi esa aylanma
tizimsida o’tkaziladi. Bu usul musobaqalarda qatnashayotgan
jamoalarning soni ko’p hamda ular bir-birlaridan hududiy jihatdan
uzoqda joylashganlarida qo’llaniladi. Bunday holda hamma jantoalar
hududiy guruhlarga bo’linadi. Musobaqalar guruhlarda chiqib ketish
tizimsi bo’yicha o’tkazilsa, final musobaqalari esa aylanma tizim
bo’yicha o’tkaziladi, va aksincha, o’tkazilishi muntkin.
Basketbol bo’yicha musobaqa tashkil qilinganda musobaqa
kalendarining liar bir juftida birinchi bo’lib yozilgan jamoa mezbon,
uning raqibi esa mehmon bo’lib hisoblanadi. Uchrashayotgan
jamoalarning sport kiyintlari bir xil rangda bo’lib qolsa, mezbonlar
formalarini almashtirishlari shart.
7.3.4. Musobaqa natijalarini hisoblash
Qoidalarda qayd etilganidek, “Sof g’alaba” uchun- 3 ochko,
“Galaba” uchun -2 ochko, Mag’lubiyat uchun-0 ochko, jantoalar
uchrashuvda ishtiroki uchun-1 ochko beriladi.
43