Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy


Ixtirochi kabi fikrlash uchun zarur ko‘nikmalar



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə55/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Ixtirochi kabi fikrlash uchun zarur ko‘nikmalar
Ehtiyojni aniqlang
Yon-atrof, odamlar hayotiga nazar tashlang. Ularning hayotlarini yengillashtirish uchun qanday ixtirolarga ehtiyoj bor?
Ulardan birini tanlang
Mavjud ehtiyojlardan qaysi biriga yechim topish uchun zarur ixtironi yaratishga ko‘zingiz yetadi? Ulardan birini tanlang.
G‘oyani pishiting
O‘zaro fikr almashib, o‘zingiz yaratmoqchi bo‘lgan ixtiro g‘oyasini muhokama qiling va boyiting.
G‘oya taqdimotini o‘tkazing
Jamoangiz bilan birga o‘ylagan ixtiroingiz to‘g‘risida taqdimot tayyorlang.
Quyidagi ta’riflarni tinglang va savollarga javob bering.
1-ta’rif: U doimo yangi g‘oyalar bilan to‘lib-toshib yuradi; biror muammoni aytsangiz, qo‘llab-quvvatlaydi va bir necha yechimlarini topib beradi. Bir qarasangiz tadbirlarda qatnashadi, bir qarasangiz qo‘shiq kuylaydi yoki she’rlar yozadi. U ko‘p qirrali ijodkor inson.
2-ta’rif: Unga biror fikr aytsangiz, hafsalasiz javob beradi yoki o‘z muammosini aytadi; hech narsaga qiziqmaydi; kamgap va qiziqishlarini hech kim bilan o‘rtoqlashmaydi. Unda na iqtidor va na muomala bor, u bilan tez zerikib qolasiz.
Odamlar madaniy rivojlanishning ovchilik va temirchilik bosqichidan o‘tganlaridan keyin, ma’lum shaxslarga muayyan vazifalarni bo‘lib berish odat tusiga kirgan. Bu vazifa avloddan avlodga o‘tib, bora-bora aksar odamlarning qaysi kasbni egallashlari tug‘ilishlariga qadar aniq bo‘lgan. O‘sha davrlarda temirchining bolasi temirchi bo‘lishi ehtimoli yuqori edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan sanoat inqilobi tufayli bunyod bo‘lgan fabrika va zavodlarda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘payib ketadi. Xususan, 1800-yillarda mashinist va metallurglarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan.Ishlab chiqarishda avtomatlashtirish jarayoni rivojlangani tufayli ko‘p vazifani bajaruvchi mashinalar ixtiro qilinib, keyinchalik ularni boshqaradigan va tuzatadigan mutaxassislarning davri keldi. Bugun esa bunday mashinalarni ishlatish uchun zarur dasturni tayyorlaydigan dasturchilarga ehtiyoj yuqori. 1970-yillarda qurilishdagi chizmalarni tayyorlovchilarning ishi bo‘lgan bo‘lsa, 1990-yillarga kelib ularning vazifalari kompyuterlarga o‘tdi. Bugun chizmalar o‘rnini 3D loyihalashtirish egalladi.
XXI asrda statistika, matematikadan xabardor insonlarning davri keldi. Endi ular dasturchi yoki dasturiy ta’minot hisob-kitoblarini – axborotlarni tahlil va talqin qiluvchi mutaxassislarga aylanishdi. Texnikaga oid bilimlar muhim bo‘lib turgan bir davrda, XXI asr mehnat bozoriga muloqot va hamkorlik qilish, jamoaviylik, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin