Ulug‘imsan, vatanim! Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 409,14 Kb.
səhifə57/68
tarix05.06.2023
ölçüsü409,14 Kb.
#125097
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
9-SINF TARBIYA KANSPEKTI

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

1O daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

1O daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
1. Tadbirkorlikka qanday ta’rif berasiz? Uning qoidalari bormi?
2. Tadbirkorlikning qanday yaxshi tomonlari bor?
3. Unda halollik nimani anglatadi?
BO‘LAJAK TADBIRKORGA ESLATMA
O‘zbekistonda tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilgani barchani ishbilarmonlik bilan shug‘ullanishga ilhomlantirmoqda. Ehtimol sizda ham allaqachon tadbirkor bo‘lish istagi uyg‘ongandir. Unda bir haqiqatni unutmang – yosh tadbirkor uchun muvaffaqiyatning asosi yaxshi xulq-atvordir. Tadbirkorlik – odamlarga foyda keltirish, ularning turmush tarzini yaxshilashdir.
Tadbirkor, avvalo, ma’nan boy bo‘lishi va oddiy ishga ham katta mas’uliyat, va g‘ayrat bilan kirishmog‘i kerak. Halol va to‘g‘riso‘z, sifat uchun qayg‘uradigan tadbirkorning mijozlari uning mahsulotlari to‘g‘risida boshqalarni xabardor qilsalargina, ishida unum bo‘ladi. Ilg‘or fikr va tashabbuskorlik tadbirkorni yetakchiga aylantiradi. Yangiliklarni qo‘llabquvvatlagan tadbirkor uzoqqa boradi.
Amaliy faoliyat
9-sinf o‘quvchilariga «Iqtisodiy bilim asoslari» fanidan dars berayotgan o‘qituvchi o‘quvchilariga 50 ming so‘mdan pul berdi. «Bir haftada bu pulni kim qanchaga ko‘paytira olgani va pul miqdoriga qarab, shu yerda 5 daqiqadan 10 daqiqagacha taqdimot qilishingiz uchun vaqt ajrataman», – debdi o‘qituvchi.
Dam olish kunlari kimdir sayilgohga chopdi, kimdir do‘konga. Oradan bir hafta o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilardan uchtasi o‘qituvchi bergan pulni 100 ming so‘mdan oshira olgan. 100 ming so‘m topgan o‘quvchi tajribasini o‘rtoqlashdi. U o‘qituvchi bergan pulga damurgich va shar sotib olib, parkda savdo qilibdi.
«Men esa besh kilogramm o‘rik sotib olib, dam olish kuni sharbat sotdim», – javob berdi 150 ming so‘m topgan ikkinchi o‘quvchi. Uchinchi o‘quvchi – Nigoraning muvaffaqiyat siri hammani qiziqtirdi. Sababi, u 200 ming so‘m mablag‘ ishlab topgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, u o‘qituvchi bergan pulga munchoq, zar ip va gazlama olib, tengdoshlari uchun bejirim taqinchoqlar yasab sotibdi. «Xalqimiz har kishi hunar o‘rganishi kerakligini bekorga aytmagan. Qunt bilan o‘rgan hunar, hunardan rizqing unar», xulosa qildi o‘qituvchi.

Yüklə 409,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin