TK2:axborot manbalari (televizor, telefon)dan to‘g‘ri foydalana olish
FK1suhbatdoshni tinglash, sukut saqlash va o‘z fikrini to‘g‘ri bayon qilish ;
Tarbiyaviy: Odob-inson ko’rki va ma’naviy boyligi ekanligini va mutafakkir ma’rifatparvarlar asarlaridagi hikmat, rivoyat va o’g’itlarini, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o’zbekona urf-odat va an’analarining millliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o’rgatish.
TK4: Davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish;
Rivojlantiruvchi:O`quvchilarning mavzuga oid bilim, ko`nikma , malakalarini rivojlantirish, matn bilan ishlash orqali fikrlash qobiliyatlarini, og`zaki nutqini o`stirish.
FK1:O‘zbekistonda yashayotgan millatlar va elatlar haqida ma’lumot bera olish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:Darslik, taxta, bo`r, mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar, texnik vositalar.
Darsning borishi.
T/R
Bo’limlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O`tgan mavzuni mustahkamlash
5 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
1O daqiqa
5
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
1O daqiqa
6
Uyga vazifa
2 daqiqa
Jami
45 daqiqa
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilar ehtiyojlari aniqlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan suhbat, savol-javob o`tkaziladi. O`tilgan mavzuga oid savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O`quvchilar topshiriqlarni bajarib, o`tilgan mazuni qismlarga bo`lib gapirishadi, xulosa chiqarishadi, o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. G‘oya nima? Misol keltiring.
2. Jamiyat rivojiga ta’sir ko‘rsatgan qanday g‘oyalarni bilasiz?
3. Kichik g‘oya qanday qilib insoniyat hayotini o‘zgartirib yuboradigan katta voqeaga aylanishi mumkin?
Odamlar hayotini osonlashtirgan o‘zbek Kech bo‘lib qolgani tufayli Botir do‘kondan qo‘l telefoni hisobini to‘ldirish uchun karta topa olmadi. Shunda uning xayolida kartaning o‘rnini bosuvchi elektron to‘lov tizimini yaratish g‘oyasi tug‘iladi. Mobil kompaniyada ishlagan hamkasblari uning bu fikrini kulgi bilan qarshi olishsa-da, Botir g‘oyasining o‘ziga xosligiga ishondi. Shuning uchun u qayta-qayta mutaxassislar bilan uchrashdi, rejalarini muhokama qildi. Rad javoblar, moliyaviy mavzudagi natijasiz muzokaralar uning umidini so‘ndirolmadi. Nihoyat, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydigan sarmoyador topildi.
Xomaki g‘oya izlanishlar natijasida ilg‘or fikrga va keyinchalik yirik biznesga aylandi. 300 ming AQSH dollari miqdorida kiritilgan sarmoya 6 oyda o‘zini oqlagani biznes olamidagilarni hayratga soldi. Bu g‘oya O‘zbekistondan tashqari yana bir nechta davlatlarda ham joriy qilindi.
Bilasizmi? Botir Orifjonov – 1978-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda PAYNET to‘lov tizimiga, 2017-yilda LeBazar internet do‘koni, 2018-yilda bepul ta’lim platformasi – Khan Academy O‘zbek loyihasiga asos solgan.
Botir xorijiy tilni yaxshi bilgani va universitetda biznes boshqaruvi yo‘nalishida faolligi uchun Angliyada magistraturada tahsil olish imkoniga ega bo‘ldi. «Muvaffaqiyat sari intilayotgan bo‘lsangiz, g‘oyangizni asrab qoling. Boshqalar taslim bo‘lganida, siz mo‘jizaga ishoning. Bu hayotingizni bir umrga o‘zgartiradi».