Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
45._Gelmintlar to’g’risida umumiy tushuncha. Gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar. Gelmintozlarga qarshi kurash. Profilaktik chora-tadbirlar. Qishloq xo‘jalik hamda mo‘ynali hayvonlami gelmintozlardan davolash yokiularning oldini olish uchun kasallikka o‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish kerak.Gelmintozlarga hayvonning tirik davrida tashxis qo‘yish. Tirik hayvonninggelmintoz kasalliklarida uning klinik belgilarini kuzatish, maxsus laboratoriya vaimmunologik tekshirishlarga asoslangan holda tashxis qo‘yiladi. Klinik belgilarni kuzatish. Kasallikning xarakterli va sezilarli belgilari — markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi (senurozda), teridan qon ketishi (setariozda), konyunktivit va keratit (telyaziozda) kabi belgilardan iborat. Ko‘pchilik gelmintozlarda kasallikning ko‘zga ko‘rinarli klinik belgilari bo‘lmaydi, tez-tez uchraydigan va kam xarakterli belgilar bilan chegaralanadi. U ham boisa, ovqat hazm qilish organlari faoliyatining buzilishi, oriqlashi, yosh mollaming o‘sishidan orqada qolishi, kundalik o‘sislining pasayishi, sog‘iladigan sut va boshqa mahsulotining kamayishi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham maxsus klinik kuzatishlar gelmintoz kasalliklarini aniqlashda niuhim ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, juda ko‘p hayvonlaming ichi ketishi, mahsuldorligining kamayishi gelmintoz kasalliklaridan darak berishi mumkin, lekin bu belgilar aniq tashxis qo‘yishga imkon bermaydi. Juda ko‘p gelmintoz kasalliklami qo‘zg‘atuvchilaming tuxum va lichinkalari (fassiolla, moniyeziya, diktiokaula vaboshqalar) tashqi muhitga axlat bilan chiqariladi. Shunday ekan, axlatdagi gelmintlaming tuxum va lichinkalarini aniqlash uchun ko‘pincha laboratoriya usuliqo‘llaniladi.Gelmintokoprologik metod sifat va miqdoriy tekshirishlarga boiinadi.Sifat gelmintokoprologik tekshirish. Sifat gelmintokoprologik tekshirish organizmda u yoki bu turdagi gelmintlami uchratgandagina o‘tkaziladi. Ulaming bajarilishi oddiy, faqatgina shartli suratda invaziyaning intensivligini aytish mumkin boigan miqdoriy tekshirishdan farq qiladi va ishlab chiqarish sharoitida ko‘p qoilaniladi.