Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya



Yüklə 63,76 Kb.
səhifə10/12
tarix16.06.2023
ölçüsü63,76 Kb.
#131592
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Nazokat

III. Eksperimental qismi
3.1. Tadqiqotni maqsad va vazifasi
Tajribaning maqsadi: Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi.
Tajribani o‘tkazishdan maqsad o‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralari o‘rganish.
Tajribaning vazifasi quyidagilardan iborat:
- O‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralarini o‘rganish;
- O‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralari xususiyatlarini o‘rganish;
- O‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralarini aniqlash.
3.2. Tadqiqot olib borish usullari va joylari
Tadqiqot uslublari. Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. Tajriba davomida laboratoriya sharoitida o‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash usullariga aniqlik kiritdik.
Tadqiqotlarda o‘simliklarga agrotexnik tadbirlardan ekinni parvarishlash, tuproqqa ishlov berish, ular yordamida ekin uchun qulay, kasallik rivojlanishi, qo‘zg‘atuvchilar tuproqda ko‘payishi va tarqalishi uchun noqulay sharoitlar yaratildi.
3.3. Tadqiqot natijalari.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, o‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurashning samarali usullari haqida kerakli xulosalarga ega bo‘ldik. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Tabiiy muhitda – tuproq, o‘simlik va hayvon qoldiqlarida o‘simliklar vegetatsiyasi va saqlanish davrida mikroorganizmlar assotsiatsiya dunyosi hosil bo‘lib, ular orasida turli tuman o‘zaro munosabatlar yuzaga keladi. Bunday mikroorganizmlar guruhlari orasidagi o‘zaro munosabatlar hayvonlarnikiga o‘xshash bo‘lib, ular keng va xilma-xil shaklda: birgalikda tinch yashash – simbiozdan to oshkora antagonizmgacha va uning eng so‘nggi shakli- parazitlikgacha amalga oshiriladi.
Hosil miqdori, sifati va shakllanish muddati o‘simlik bilan tashqi muhitning murakkab o‘zaro ta’siri natijasidir. Muhitning holatini hisobga olmasdan ekinlardan yuqori, mustahkam hosil ta’minlovchi agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, o‘simlikning hayotiy omillari 5 ta; harorat, yorug‘lik, namlik, havo va oziq moddalar bo‘lib, ular teng ahamiyatli, almashinmaydi va o‘zaro birgalikda ta’sir etadi. O‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligini belgilashda muayyan sharoitga qarab omillar o‘rni yoki miqdori o‘zgaradi.
Agrotexnika tadbirlari zararli organizmlarniig hayot kechirish va ko‘vayishini bilishga asoslangan bo‘lishi kerak, chunki bu tadbirlar zararli organizmlar eng ko‘p uchraydigan paytlarda qo‘llanilishi lozim.

Yüklə 63,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin