2.3. O‘simlik kasalliklariga qarshi kurash choralari va uyg‘ulashgan himoya tizimi Ma’lumki oxirgi yillarda barcha qishloq xo‘jalik ekinlaridan, jumladan bog‘lar, uzumzorlar, sabzavot, poliz ekinlaridan yetarlicha hosil olish asosiy maqsadlardan biri, ularga turli zararkunanda, kasallik qo‘zg‘atuvchilarini va begona o‘tlarni etkazayotgan zararlarni o‘z vaqtida bartaraf qilishdan iboratdir. O‘simliklarni zararli organizmlardan uyg‘unlashgan holda himoya qilish o‘z oldiga zararkunanda va kasallik qo‘zg‘atuvchilarini iqtisodiy zarar keltirish me’yori chegarasida saqlashning imkoni bo‘lgan barcha (agrotexnik, fizik, mexanik, biologik, karantin, va hokazo) usullardan samarali foydalanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. O‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish (integrated pestsupression) so‘zidan olingan bo‘lib zararli organizmlarni mavjud usullardan foydalangan holda yo‘qotish ma’nosini bildiradi1.
Dastlabki paytda uyg‘unlashtirilgan kurash biologik va kimyoviy kurashni birgalikda qo‘llash usuli shaklida tushunilgan. Bunda asosan e’tibor agrobiotsenozdagi foydali mavjudotlarga ziyon yetkazmaygan preparatlarni tanlashga, ishlov berish sonini va miqdorini kamaytirishga qaratilgan.
Hozirgi paytda atrof muhitni himoya qilish nuqtay nazardan o‘simliklarni uyg‘unlashgan himoya qilish eng qulay choradir. Bu tadbir ba’zi bir zararli turlarni qirib tashlashdan iborat emas, balki atrof muhitga zarar yetkazmaydigan holda ularningsonini eng kam miqdorda saqlab turishni o‘z oldiga maqsad qilib quyadi. Bunday yondashish o‘simliklarni himoya qilish ilgari yo‘l qo‘yilgan pestitsidlarni yoppasiga qo‘llash oqibatlarini tugatishga imkon beradi.
Keyinchalik shu narsa aniq bo‘lib qoldiki agrobiotsenozdagi boshqa mavjudotlar rivojlanishini nisbatga olmay turib, alohida turlarga qarshi kurash choralari o‘tkazish mumkin emas ekan. Shu sababli «uyg‘unlashtirilgan kurash» usulida shunday vosita va usullarni qo‘llash kerakki ular nafaqat zararli mavjudotlarni o‘ldirsin, balki foydali hashoratlarning saqlanishini va faolligini oshirsin.
Bu kurash yo‘llari oldingilaridan shu bilan farq qiladiki, pestitsidlar bilan ishlov berish ko‘pincha zararkunandalarning aniq miqdorini hisoblamay turib qirib tashlash choralarini o‘tkazmaslikni, bu choralarni faqat zararli hasharotlar me’yoridan yuqori bo‘lgan taqdirdagina taqozo etadi.
Bazi hollarda kurash choralarini dalalarning faqat zararkunanda miqdori o‘ta ko‘p bo‘lgan joylardagina o‘tkaziladi.
O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashuvchi kurash choralari parazit va yirtqich hasharoglar va boshqa zararli organizmlar sonini boshqarib turuvchi omillarni hisobga olgan holda o‘tkazish talab qilinadi.
Uyg‘unlashgan kurash sistemasini olib borishda chidamli navlarni yetishtirish va qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki chidamli navlarni yetishtirish zararli organizmlarni (zararkunandalar yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarni) rivojlanishiga yo‘l bermaydi
Hozirgi vaytda chidamdi navlarni yetishtirish bilan bir qator ilg‘or ilmiy tekshirish firmalari (shirkatlar) shug‘ullanmoqdalar. Ular gen injeneriyasi, molekular biolgiya va chidamli navlar yetishtirish biotexnologiyalaridan foydalanib, zararkunanda va kasalliklarga qarshi bir qancha chidamli navlarpi yaratdilar. Masalan shunday yo‘llar bilan kartoshkani kolarado qo‘ng‘iziga qarshi chidamli navlarni yaratish ustida katta ishlar olib borilmokda.
O‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi chidamli navlarni yaratish o‘simliklarni himoya qilishni kimyoviy vositalarini qo‘llashni 5-15 margagacha ham kamaytirishga imkon beradi. Uyg‘unlashtirilgan kurash chorasini qo‘llash sxemasi o‘z ichiga har bir regional xususiyatlarini ham o‘z ichiga olishi kerak. Shular asosida hozirgi vaqtda uyg‘unlashgan himoya qilishni olib borish sxemasi uch bosqichga bo‘linadi:
Birinchi bosqich - o‘simliklarni himoya qilishni va pestitsidlarni qo‘llashnishi salbiy tomonlarini muhokama qilish. Bu ish alohida har bir jo‘g‘rofiy mintaqa va o‘simlik uchun olib borilishi kerak.
Ikkinchi bosqich - pestitsidlarni qo‘llashda uni tabiatda aylaiishi va ekologik o‘zgarishga uchrashini aniqlash. Turli xil sxemalarni qo‘llashning dastlabki bosqichlarida pestitsidlarni qoldiq miqdorlarini aniqlash lozim. Bu ko‘zatishlar asosiy ekologik va gigienik tomonidan keltirilgan zararni aniqlash mumkin bo‘lsin.
Uchinchi bosqich - uyg‘unlashgan himoya qilishning eng zarur masalalarini ishlab chiqish. Bunda zararkunandalarga qarshi kurashish har xil usul va choralarini qo‘shib olib borish.
Zamonaviy uyg‘unlashgan kurash chorasi nnsonlarning agrobiotsenozdagi turlarning rivojlanishi, iqtisodiy va atrof- muhit nuqtai nazaridan, me’yor darajasida yondashishni taqozo qiladi. O‘simliklarni uyg‘unlashgan kurash sistemasida himoyalashda ayniqsa kimyoviy kurash choralarini o‘tkazishda zararkunandalarni iqtisodiy havfli sonini va foydali hasharotlarga ularni soni nisbatini hisobga olish lozim. Zararkunandani iqtisodiy havfli sonini aniqlash prinsipi 1939 yili A.A. Lyubashev tomonidan aytib o‘tilgan bo‘lib, keyinchalik bu chet el olimlarini e’tiboriii o‘ziga jalb qildi.
Keyingi yillar davomida madaniy o‘simliklarni zararli organizmlardan himoyalarini tadbirlari sistemasi ishlab chiqildi. Bu sistema har bir o‘simlik uchun alohida bo‘lib, turli zonalar tabiiy sharoitini hisobga olgan holda tuzilgan. Himoyaqilish sistemasining eng mukammali o‘simliklarni uyg‘unlashtirilgan (integrirlanilgan) himoya qilish sistemasidir. O‘simliklarni uyg‘unlashgan (integrirlashgan) yo‘li bilan himoya qilinganda zararli organizmlarni yo‘qotish entomofaglarni maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi, «ingegratsiya» so‘zi lotincha bo‘lib, «integrar» - «tiklash», «to‘ldirish» degan manoni bildiradi. Bu sistemani qo‘llashdan maqsad o‘simliklarni rivojlantirishga qulay sharoit yaratib, ularni zararli organizmlar ta’siriga bardoshligini oshirishdir, shuningdek bunda zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan sharoit vujudga keltirishdan va karantin qilinadigan obektlarning chetdan keltirilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iboratdir.
O‘simliklarni uyg‘unlashtirilgan himoya qilish sistemasi qo‘llanilganda biotsenozda turlaro‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishqayta tiklanadi, bunda zararli organizm va entomofaglar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanish ham hisobga olinadi.
O‘simliklarni uyg‘unlashtirilgan himoya qilish sistemasi quyidagi tadbirlar sistemasini o‘z ichiga oladi, tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik mexanik, fizik, karantin, biologik va kimyoviy metodlar odatda o‘simliklarni zararli organizmlardan saqlash uchun yuqorida qayd etilgan tadbirlar kompleks holida qo‘llaniladi.