2.4. O‘simlik kasalliklariga qarshi agrotexnik kurash choralari O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish va dehqonchilikning intensiv metodlarini qo‘llash bilan bir qatorda kasalliklarga qarshi ishlatiladigan agrotexnik-tashkiliy, biologik (jumladan genetik-seleksion) va kimyoviy kurash chorlarini tadqiq qilish va ulardan eng samaralilarini tanlab olib, amaliyotda qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda ekinzorlarning fitosanitar holatini yaxshilash uchun urug‘lik va ekish uchun qo‘llaniladigan materiallar sifatli, ularning ichki va ustki qismlari kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlardan toza bo‘lishini hamda tuproqdagi infeksiya miqdori iqtisodiy zarar keltiradigan miqdordan kamroq bo‘lishini ta’minlash, o‘suv davrida o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishni tashkil qilish talab etiladi. Undan keyin, hosilni yig‘ish, idishlarga joylash, tashish, omborxonalarga qo‘yish va u yerda saqlash davrida kasalliklardan himoya qilish ham o‘ta muhim vazifalar qatoriga kiradi, chunki, bu ishlarni tashkillash davrida qoidaga rioya qilmaslik natijasida dala ekinlari va mevali bog‘lardan olingan mahsulotlarning ancha qismi yo‘qotiladi.
Har qaysi zonaning tuproq iqlimi sharoitini hisobga olib ishlab chiqilgan barcha agrotexnik tabirlari o‘simliklarni zararli orgainlmlardan himoya qilishga yordam beradi. Agrotexnika tadbirlarni o‘simlik zararli organizmlariga bevosita tasnr qiladi. Bu tadbirlar dalalarga xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararkunanda vaydo bo‘lishidan saqlaydi shuningdek ular o‘simliklarning rivojlanishini yaxshilaydi, bunda o‘simliklarning zararli organizmlarga chidamliligini oshnradi, himoya qilish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. Agrotexnik tadbir qo‘llanilganda,boshqa tadbirlar singari asosan zararli organizmlar miqdori kamaytiriladi va o‘simlikning yashash sharoiti yaxshilanadi, bu esa hosildorlikning oshishiga imkon beradi.
Agrotexnika tadbirlari zararli organizmlarniig hayot kechirish va ko‘vayishini bilishga asoslangan bo‘lishi kerak, chunki bu tadbirlar zararli organizmlar eng ko‘p uchraydigan paytlarda qo‘llanilishi lozim. Quyida biz atrotexnik tadbirning ba’zi yo‘nalishlarini misollar keltirish bilan izohlab beramiz.
O‘simlik navlari va ularni zararli organizmlar bilan munosabatlari. Har qanday madaniy o‘simlik ekilgan maydonda barcha vegetatsiya davrida zararli organizmlarni urchitish mumknn.
Masalan, har bir paxta dalasida erta bahorda ko‘kqurt tunlami, keyinroq esa shira, trips gommoz yoki ildiz chirishkagalliklari vaydo bo‘ladi. g‘uncha shonalash davridan boshlab o‘rgimchakkana, karadrina, ko‘sak qurti va boshqalar uchraydi Bularning barchasi birdan kurashishida o‘simlikniig tabiiy chidamliligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlikning zararlanish organizmiga nisbatan qarshi kurashish qobiliyatiga uning chidamligi deyiladi. Rus entomologi I.D. Shapirotakidlashicha, chidamlilik - bu o‘simlikning zararli orgaiizmiga iisbatan salbiy tasir natijasidir. Chidamlilik juda murakkab protses bo‘lib, birinchidai o‘simlikda zararli organizm uchun noqulay ekologik (mikroklimatik) sharoit vujudga kelsa, ikkinchidan zararli organizmda va shu o‘simlikka nisbatan salbiy fiziologik reaksiya vujudga kelib, ovqatlanish, tuxum qo‘yish va ovqatni hazm qilish borasida undan uzoqlashishga intiladi. Bunday chidamli o‘simlik bilan ovqaqlangan zararkunanda tanasida antibiotik vujudga keladn. Antibiozchidamli sort bilan ovqatlangan zararkunanda hayot faoliyatiga salbiy ta’sir etishidir.
Agrotexnik usul bir qator tadbirlardan (yerni tayyorlash, ekinni parvarishlash, almashlab ekish tizimini yo‘lga qo‘yish va h.) iborat bo‘lib, ular yordamida ekin uchun qulay, kasallik rivojlanishi, qo‘zg‘atuvchilar tuproqda ko‘payishi va tarqalishi uchun noqulay sharoitlar yaratiladi. Bu tadbirlar quyidagilardan iborat:
1) Muayyan tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan, jumladan kasalliklar kuchli tarqalishi va rivojlanishi xavfi bo‘lgan joylarda chidamli navlar ekish.
2) Yerni agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlash; ekish vaqtini, ekin qalinligini to‘g‘ri tanlash. Bu qoidalarga rioya qilmaslik ekinlarning kasalliklarga chidamliligi pasayishiga olib keladi. Misol uchun, ko‘chat va nihollar juda qalin ekilishi ularda kasalliklar tez tarqalishi va daraxtlar kuchli zararlanishi yoki nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘simliklar kasalliklar bilan zararlanishiga o‘g‘itlarning ta’siri katta. Organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash o‘simliklar ko‘p (ayniqsa tuproq zamburug‘lari qo‘zg‘atadigan) kasalliklar bilan zararlanishini kamaytiradi, saprotrof mikobiotani faollashtiradi, tuproqdagi infeksiya zahirasini kamaytiradi, o‘simliklar o‘sish sharoitlarini yaxshilaydi, natijada ularning kasalliklarga chidamliligi ortadi. Kaliy va fosforli o‘g‘itlar o‘simliklarning kasallik qo‘zg‘atuvchilariga chidamliligini kuchaytiradi. Elementlar balansi saqlanmagan o‘g‘it ishlatish, ayniqsa faqat azot moddasining katta miqdorlarini berish, o‘simliklar kasalliklar bilan zararlanishini kuchaytiradi. Mikroelementlar o‘simliklarning modda almashinuvini faollashtirishi tufayli ularning patogenlarga chidamliligini oshiradi.
Chuqur kuzgi shudgor o‘simlik qoldiqlarida saqlanadigan kasallik qo‘zg‘atuvchilarning faoliyatini kamaytiradi yoki ularni yo‘qotadi. Shudgor qatlamlaridagi o‘simlik qoldiqlari (o‘t-o‘lan, barglar, zamburug‘ sklerotsiylari va h.) tuproq zarrachalari bilan aralashib, tezda minerallashadi va ulardagi patogenlar hayotchanligini yo‘qotadi.
Almashlab ekish o‘ta muhim usul hisoblanadi, chunki bitta ekinni bir necha yil davomida ekish tuproqda uni kuchli zararlaydigan infeksiya yildan yilga ko‘payishiga va ekin kasallikbilan zararlanish darajasi ham yildan yilga oshib borishiga sabab bo‘ladi.
Fizik-mexanik usul kasallik qo‘zg‘atuvchilarini bevosita yo‘qotish – o‘simlik qoldiqlarini to‘plab, ko‘mib tashlash, tuproqqa termik ishlov berish, urug‘larni saralash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘chatxona (issiqxona) larda tashqi muhit faktorlarini tartibga solish, ko‘chatxona ichini va ish anjomlarini va tuprog‘ini zararsizlantirish.